Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.08.2017 13.06.2006 yildagi 116-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 13.06.2006 yildagi 116-son
Date of entry into force
13.06.2006
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.08.2017
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON ELEKTR ENERGETIKA, NEFT-GAZNI QAYTA IShLASh, KIMYo VA OGʻIR SANOAT DAVLAT LOYIHA INSTITUTI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-avgustdagi 647-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida loyiha ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-martdagi PQ-2831-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston elektr energetika, neft-gazni qayta ishlash, kimyo va ogʻir sanoat davlat loyiha institutini tashkil etish toʻgʻrisida” 2006-yil 13-iyundagi PQ-377-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bir oy muddatda Oʻzbekiston elektr energetika, neft-gazni qayta ishlash, kimyo va ogʻir sanoat davlat loyiha instituti (“Oʻzogʻirneftgazkimyoloyiha” instituti) ustavini tasdiqlasin va uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Oʻzogʻirneftgazkimyoloyiha” instituti Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki hafta muddatda Institutning shtat jadvalini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda budjet mablagʻlari hisobiga 2006-yil uchun daromadlar va xarajatlar smetasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, unda “Oʻzogʻirneftgazkimyoloyiha” institutini taʼminlash, shuningdek, ajratilgan binoni mukammal taʼmirlash, zarur asbob-uskunalar, inventarlar, kompyuter texnikasi, transport vositalari sotib olish, Internet tarmogʻiga ulash, davriy va maxsus nashrlarga obuna boʻlish, ilmiy-texnika adabiyotlari kutubxonasi fondini shakllantirish uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzogʻirneftgazkimyoloyiha” institutiga uchta yengil avtomobil saqlashga limitlar ajratsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzogʻirneftgazkimyoloyiha” instituti taʼminoti uchun davlat budjetidan har yili, belgilangan tartibda mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi bilan birgalikda qisqa muddatlarda institutni uning oldiga qoʻyilgan vazifalardan kelib chiqqan holda yuqori malakali mutaxassislar bilan taʼminlash boʻyicha tashkiliy tadbirlarni amalga oshirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi belgilangan tartibda, ikki oy muddatda “Oʻzogʻirneftgazkimyoloyiha” institutini zarur aloqa turlari va vositalari, shu jumladan Hukumat aloqasi bilan, shuningdek, Internet tarmogʻiga ulashni taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Oʻzogʻirneftgazkimyoloyiha” instituti Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oliy Majlis palatalari materiallari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, vazirliklar va idoralarning normativ hamda yoʻriqnoma hujjatlari, statistika axborotlari majburiy tartibda yuboriladigan tashkilotlar roʻyxatiga kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi bir oy muddatda “Oʻzogʻirneftgazkimyoloyiha” institutini unga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun barcha zarur hujjatlar bilan taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. “Oʻzogʻirneftgazkimyoloyiha” instituti Toshkent shahar, Pushkin koʻchasi, 66-uyga joylashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda bir hafta muddatda koʻrsatib oʻtilgan binoni belgilangan tartibda “Oʻzogʻirneftgazkimyoloyiha” institutiga bepul berishni amalga oshirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2006-yil 13-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
116-son