Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.06.2009 29.08.2006 yildagi 183-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 29.08.2006 yildagi 183-son
Date of entry into force
29.08.2006
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.06.2009
Hujjat 29.08.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

KORXONALARDA XALQARO STANDARTLARGA MUVOFIQ BOʻLGAN SIFATNI BOShQARISh TIZIMLARINI JORIY ETISh BOʻYIChA QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 19-iyundagi 173-sonli “Respublika korxonalarida xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etishni kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlar va koʻrsatiladigan xizmatlarning raqobatbardoshliligini oshirish, respublikaning eksport salohiyatini koʻpaytirish va tashkilotlarda xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish yuzasidan nazarda tutilgan chora-tadbirlar bajarilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Korxonalarda xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 22-iyuldagi 349-son qarorini bajarish yuzasidan 1-ilovaga* muvofiq 25 ta korxonada sifatni boshqarish tizimlari joriy etilganligi va sertifikatlashtirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 2-ilovaga* muvofiq xoʻjalik birlashmalari va korxonalarning ularda xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan sifatni boshqarish tizimlari joriy etilishi muddatlari haqidagi takliflariga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Sifatni boshqarish tizimlari joriy etilishini muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus ishchi guruhning yangilangan tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sifatni boshqarish tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish uchun maslahatchini jalb etish ochiq tanlov asosida amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sifatni boshqarish tizimlarini sertifikatlashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtgan sertifikatlash organlari tomonidan amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat ehtiyojlari uchun mahsulot xarid qilishda tender savdolarini oʻtkazishda boshqa koʻrsatkichlar teng boʻlganda sifatni boshqarishning sertifikatlashtirilgan tizimiga ega boʻlgan mamlakatimiz yetkazib beruvchilariga ustunlik beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu qarorning 2-ilovasiga zarurat boʻlganda oʻzgartirish va qoʻshimchalar tegishli manfaatdor idoralar, xoʻjalik birlashmalari va korxonalarning takliflari asosida Sifatni boshqarish tizimlari joriy etilishini muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus ishchi guruhning qarori bilan kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Korxonalarning rahbarlariga sifatni boshqarish tizimining muvofiqligi toʻgʻrisidagi sertifikat olinganidan soʻng tizimni joriy etishda ishtirok etgan xodimlarni lavozim maoshining oʻn baravarigacha miqdorda bir yoʻla mukofotlash tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirlar Mahkamasining “Korxonalarda xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 22-iyuldagi 349-son qaroriga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda idoraviy normativ hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.R. Shoismatov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2006-yil 29-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
183-son

Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-avgustdagi 183-son qaroriga
3-ILOVA

Sifatni boshqarish tizimlari joriy etilishini
muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus ishchi guruh
tarkibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.‎ Shoismatov E.R. ‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, ishchi guruh rahbari‎
2.‎ Boʻriyev R.A.‎ —‎‎ “Oʻzstandart” agentligining bosh direktori, ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari‎
3.‎ Mamadaliyev R.M.‎ —‎‎ Vazirlar Mahkamasining Yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, metallurgiya va mashinasozlik masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri ‎
4.‎ Gʻaniyev E.M. ‎ —‎‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri ‎
5.‎ Gadoyev E.F.‎ —‎‎ Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari ‎
6.‎ Xayrullayev Sh.Sh.‎ —‎‎ Davlat bojxona qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari ‎
7.‎ Shayxov A.E.‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining raisi ‎
8.‎ Toʻlaganov Sh.A.‎ —‎‎ Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari‎
9.‎ Tursunov Y.X‎ —‎‎ Moliya vazirining oʻrinbosari‎
10.‎ Xursanov A.X. ‎ —‎‎ Vazirlar Mahkamasining Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamentining bosh mutaxassisi ‎
11.‎ Ahmedov Z.N.‎ —‎‎ “Oʻzstandart” agentligining sifatning menejment tizimlarini joriy etish boʻlimi boshligʻi, ishchi guruhning masʼul kotibi‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda guruh tarkibiga ularning oʻrniga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-avgustdagi 183-son qaroriga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Korxonalarda xalqaro standartlarga
muvofiq boʻlgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish
chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 22-iyuldagi 349-son qaroriga
kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 1-band hamda 1 va 2-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 3-bandning birinchi xatboshidagi “2-ilovaga muvofiq tarkibda” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 5-banddagi “Sinov laboratoriyalari tomonidan chetdan olib kelinadigan” soʻzlari “Sinov laboratoriyalariga ega boʻlgan korxonalar tomonidan chetdan olib kelinadigan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 34-35-son, 348-modda; 2007-y., 19-20-son, 196-modda; 2008-y., 39-son, 394-modda)