1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.02 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash tartibi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.18.00 Transport xizmatlari koʻrsatish sohasini litsenziyalash. Haydovchilik guvohnomasi. Haydovchilarga malaka talablari, ularni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash;
2.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-dekabrdagi 994-sonli “Avtomobil transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2006-yil 28-fevraldagi PQ-294-son qarorini bajarish yuzasidan hamda aholiga yoʻlovchi tashish transporti bilan transport xizmati koʻrsatishni tartibga solishni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.02.00 Davlat boji miqdorlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar berilganligi uchun davlat boji miqdorlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2006-yil 14-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
138-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-iyuldagi 138-son qaroriga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomobil transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom avtomobil transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Tijorat asosida amalga oshiriladigan yoʻlovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyati litsenziyalanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat asosida yoʻlovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyati faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholining hayoti va sogʻligʻini xavf ostiga qoʻygan tabiiy ofatlar, epidemiyalar, yirik avariyalar oqibatlarini tugatish hamda Hukumatning qarorlari boʻyicha avariya-qutqarish va tiklash ishlari amalga oshirilishi va muruvvat yuklari yetkazib berilishi talab etilishi bilan bogʻliq tashishlarni amalga oshirishga, shuningdek “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasida nazarda tutilgan korxonalar va muassasalarga litsenziya olish talab etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Litsenziya berish, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan hollarda litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish, shuningdek uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi qarorlar litsenziyalovchi organlar tomonidan qabul qilinadi:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida yoʻlovchilar va yuklarni shaharlararo va xalqaro tashishlar boʻyicha — Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi (keyingi oʻrinlarda “Agentlik” deb yuritiladi) tomonidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻlovchilar va yuklarni shaharda, shahar atrofida tashishlar boʻyicha (Toshkent shahrida va Toshkent viloyati shaharlarida yoʻlovchilarni tashish bundan mustasno) — Agentlikning hududiy boʻlimlari tomonidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahrida yoʻlovchilarni shaharda tashish boʻyicha — Toshkent shahar hokimligining Yoʻlovchilar tashish transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti (keyingi oʻrinlarda “Departament” deb yuritiladi) tomonidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent viloyati doirasida yoʻlovchilarni shaharda va shahar atrofida tashish boʻyicha — Toshkent viloyati hokimligining Yoʻlovchilar tashish transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti (keyingi oʻrinlarda “Departament” deb yuritiladi) tomonidan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomobil transportida yoʻlovchilar va yuklarni shaharlararo va xalqaro tashishlarni amalga oshirishga litsenziyalar berish toʻgʻrisidagi hujjatlarni koʻrib chiqish uchun Agentlikda ekspert komissiyasi tashkil etiladi. Ekspert komissiyasining faoliyati Agentlik tomonidan tasdiqlangan nizomga muvofiq tashkil etiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-noyabrdagi 229-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 44-son, 446-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Agentlikka litsenziyalovchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish, litsenziyalash tartibini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash, Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi litsenziyalarning yigʻma reyestrini yuritish, litsenziyalovchi organlar tomonidan avtomobil transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish vakolatlari yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Avtomobil transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish huquqi uchun namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya talabgorining arizasiga koʻra litsenziya umuman faoliyat turiga yoxud uning quyidagi qismlariga beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) yoʻlovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha avtobuslarda tashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har bir avtotransport vositasiga litsenziya kartochkasi litsenziyaning amal qilish muddatidan ortiq boʻlmagan muddatga beriladi. Agar ashyoviy huquqlarning yoki ijara shartnomasining amal qilish muddati litsenziyaning amal qilish muddatidan kam boʻlsa, litsenziya kartochkasining amal qilish muddati ashyoviy huquqlar yoki ijara shartnomasining amal qilish muddati bilan cheklanadi. Litsenziya kartochkasining amal qilishi litsenziya kartochkasi berilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziatning litsenziya kartochkalari bilan taʼminlanmagan avtomobil transporti vositasidan foydalangan holda olgan daromadi (foydasi) noqonuniy hisoblanadi va qonun hujjatlariga muvofiq budjetga olib qoʻyilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya talabgorining arizasiga koʻra litsenziyalovchi organ qaroriga binoan beriladigan litsenziya bilan birgalikda — birinchi litsenziya kartochkalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya talabgorining arizasiga koʻra avtotransport vositalari harakatdagi tarkibi koʻpaygan taqdirda mavjud litsenziya asosida — qoʻshimcha litsenziya kartochkalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya talabgorining litsenziya kartochkalarini qayta rasmiylashtirish boʻyicha arizasiga koʻra mavjud litsenziya va litsenziya kartochkalari asosida — qayta rasmiylashtirilgan litsenziya kartochkalari beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya talabgorining arizasiga koʻra yoʻqotib qoʻyilgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya oʻrniga — litsenziya kartochkalarining dublikatlari beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har bir holatda ariza beruvchi (litsenziya talabgori yoki litsenziat) avtotransport vositalarining mulk huquqi, ashyoviy huquqlar bilan yoki ijara asosida tegishliligini, shuningdek avtotransport vositalarining texnik jihatdan sozligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga avtotransport vositalarining roʻyxatini taqdim etadi, dublikat berish holati bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Litsenziya talablari va shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Quyidagilar avtomobil transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) litsenziat tomonidan avtotransport vositalaridan foydalanishda, ularni shaylashda qonun hujjatlariga, tashish qoidalariga majburiy rioya qilinishi, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish chora-tadbirlarining amalga oshirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) shtatda yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash uchun masʼul boʻlgan, tegishli lavozimni egallash huquqi uchun Agentlik tomonidan belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtgan mansabdor shaxslarning mavjud boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) litsenziat foydalanayotgan har bir avtotransport vositasi uchun litsenziya kartochkasi mavjud boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) avtotransport vositasining belgilangan tartibda texnik koʻrikdan oʻtganligini va texnik jihatdan sozligini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjud boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) avtomobil transportida yuk tashuvchi yakka tartibdagi tadbirkorning va yuridik shaxs xodimlarining avtomobil transportida yoʻlovchilar va yuk tashishlarni amalga oshirishda qoʻyiladigan malaka talablariga muvofiqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) qonun hujjatlariga muvofiq fuqarolarning ayrim toifalari imtiyozli tashilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) tendyerlar natijalari boʻyicha, vakolatli organlar bilan shartnoma asosida, shu jumladan Toshkent shahrida va Toshkent viloyati doirasida tegishli Departament bilan shartnoma asosida yoʻlovchilarni avtomobilda muntazam tashish (yoʻnalishli taksilardan tashqari);
(9-bandning “j” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-noyabrdagi 229-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 44-son, 446-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) tashish va yongʻin xavfsizligi talablarini bajarish, avtotransport vositasini texnik jihatdan soz holatda saqlash, uni asrash, texnik koʻrikdan oʻtkazish, texnika xavfsizligini taʼminlash, avtotransport vositalarini yoʻlga chiqishdan oldin texnik koʻrikdan oʻtkazish va haydovchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) yangidan olinayotgan va toʻldirilayotgan avtotransport vositalariga litsenziatlar tomonidan qoʻshimcha litsenziya kartochkalarining oʻz vaqtida olinishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
k) shaharlararo, viloyatlararo va xalqaro yoʻnalishda avtomobilda tashishlarni amalga oshirayotgan avtotransport vositalarida servis ustaxonasining tamgʻasi qoʻyilgan nazorat priborlari (taxograflar) mavjud boʻlishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
l) yoʻnalishsiz taksilarning texnik holati va asbob-uskunalarining yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashga doir normativ-huquqiy hujjatlar talablariga, tashqi koʻrinishiga va anjomlariga, yagona tanish belgilari bilan jihozlashga qoʻyiladigan talablarga muvofiqligi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-maydagi 139-sonli qaroriga asosan oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 20-21-son, 201-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya bitimida mazkur bandda sanab oʻtilganlardan aniq litsenziya talablari va shartlari nazarda tutilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Litsenziya olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) yuridik shaxs uchun — yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami; jismoniy shaxs uchun yuk tashish huquqiga litsenziya olishda — familiyasi, ismi, otasining ismi, pasportga oid maʼlumotlar va haydovchilik guvohnomasi; faoliyatning litsenziyalanadigan turi (yoxud uning bir qismi) va faoliyatning mazkur turi amalga oshiriladigan muddat koʻrsatilgan holda litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) yuridik shaxs uchun — yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning tasdiqlangan nusxasi; jismoniy shaxs uchun yuk tashish huquqiga litsenziya olishda — yakka tartibdagi tadbirkorning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;
(10-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) mavjud avtotransport vositalarining mulk huquqi, boshqa ashyoviy huquqlar yoki ijara shartnomalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlari, shuningdek Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmatining tegishli boʻlinmasi tomonidan berilgan avtotransport vositasining texnik jihatdan soz ekanligi toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan avtotransport vositasi texnik pasportining yoki avtotransport vositalari guruhi texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi dalolatnomasining nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) litsenziya talabgorida haydovchilarni tibbiy koʻrikdan va avtotransport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish yoxud litsenziya talabgorining tegishli ixtisoslikdagi tashkilot bilan unga tibbiy koʻrik va texnik koʻrikdan oʻtish imkoniyati berilishi toʻgʻrisidagi shartnomasi nusxasi mavjudligi haqidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) yuk tashish huquqiga litsenziya olishda yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs xodimlari malakasining belgilangan talablar va shartlarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) yuridik shaxslar uchun — yuridik shaxsning yoʻl harakati xavfsizligi taʼminlanishi uchun masʼul boʻlgan mansabdor shaxslarining tegishli attestatsiyadan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) litsenziya talabgori tomonidan ariza koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya talabgoridan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlar taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Hujjatlar litsenziyalovchi organga bevosita litsenziya talabgori tomonidan yoxud ular olinganligini tasdiqlovchi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali yetkazib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hujjatlar roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, uning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana koʻrsatilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Arizalarni koʻrib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Litsenziya talabgorining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxslardan yuklarni tashish faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya olish uchun — eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻntagacha avtotransport vositasidan foydalanuvchi yuridik shaxslardan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida, oʻnta va undan ortiq avtotransport vositalaridan foydalanuvchi yuridik shaxslardan — eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Litsenziya talabgorining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim summasi tegishli ravishda Agentlik yoki Departamentning bankdagi hisob raqamiga oʻtkaziladi. Litsenziya talabgori oʻz hujjatlari koʻrib chiqilayotgan davrda berilgan arizadan voz kechgan taqdirda yigʻim qaytarilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Avtomobil transportida yoʻlovchilar hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash mazkur Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Litsenziya va litsenziya kartochkalari blankalari qatʼiy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanish darajasiga ega boʻladi. Litsenziya blankalari va litsenziya kartochkalari namunalari tegishli ravishda Agentlik yoki Departament tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi hamda ularning buyurtmasiga koʻra “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi. Litsenziya blankalarining hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun litsenziyalovchi organ rahbari javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Litsenziya talabgoriga avtomobil transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashishga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab oʻn besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Litsenziya berishga qaror qilinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bank hisob raqamining rekvizitlari, davlat bojini toʻlash muddati koʻrsatilgan holda yozma shaklda litsenziya talabgoriga yuboriladi (topshiriladi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya talabgori davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etgandan va litsenziya bitimini imzolagandan keyin ikki kun muddatda rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya litsenziyalovchi organ (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi va litsenziatlarga litsenziyalovchi organ tomonidan beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Litsenziat litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida litsenziyalovchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmagan yoxud litsenziya bitimini imzolamagan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya talabgori litsenziya berish rad etilishi toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berish rad etilishiga asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish litsenziya talabgorining rad etish sabablari bartaraf etilgani toʻgʻrisidagi arizasi va rad etish sabablari bartaraf etilganini tasdiqlovchi hujjatlar olingan kundan boshlab besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hujjatlarni takroriy koʻrib chiqishda litsenziyalovchi organ tomonidan ariza beruvchiga ilgari yozma ravishda bayon qilinmagan rad etish sabablari koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Rad etish sabablari bartaraf etilganini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq boʻlgan rad etish sabablarini koʻrsatish bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya talabgorlarining arizalari takroran koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Litsenziya bitimlari, litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish, dublikat berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Litsenziyalovchi organ bilan litsenziat oʻrtasidagi oʻzaro huquq va majburiyatlarni belgilovchi litsenziya bitimlari litsenziyalovchi organ va litsenziat oʻrtasida tuziladi hamda ularda quyidagilar boʻlishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tomonlarning rekvizitlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan faoliyat turining (yoki faoliyat turi qismlarining) nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyaning amal qilish muddati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziatga qoʻyiladigan litsenziya talablari va shartlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishi ustidan litsenziyalovchi organning nazorat qilish tartibi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va litsenziyalovchi organ uchun bir nusxadan tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Litsenziat — yuridik shaxs qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bir oy muddatda koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni taʼsis hujjatlariga kiritilgan roʻyxatdan oʻtkazilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarning notarial tasdiqlangan nusxalari, shuningdek davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasini ilova qilgan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida litsenziyalovchi organga ariza berishi shart.
(23-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziat — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki yashash joyi oʻzgargan taqdirda litsenziat qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bir oy muddatda koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida litsenziyalovchi organga ariza berishi shart.
(23-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar litsenziat unda koʻrsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Litsenziyalovchi organ litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza litsenziyalovchi organ tomonidan olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi.
(24-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziatning arizasiga koʻra amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza litsenziat tomonidan litsenziyalovchi organga litsenziyaning amal qilish muddati tamom boʻlgungacha ikki oydan kechikmay berilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uni uzaytirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Yoʻqotib qoʻyilgan yoki yaroqsiz holga kelib qolgan amal qilish muddati tugamagan litsenziya oʻrniga litsenziatning arizasiga koʻra dublikat berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyalovchi organ litsenziya dublikatini tegishli ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida berishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya dublikati berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi.
(26-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirishda litsenziyalovchi organ:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud boʻlgan taqdirda litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonunda belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida paydo boʻluvchi masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni soʻraydi va oladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshirishlar natijalari asosida litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishini koʻrsatgan holda dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aniqlangan qonun buzilishlarini bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqaradi, bunday qonun buzilishlarini bartaraf etish muddatlarini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida belgilangan hollarda litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish yoxud ularni bekor qilish masalasi boʻyicha qaror chiqaradi va/yoki sudga murojaat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobil transportida yoʻlovchilar hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyasiz amalga oshirishning aniqlangan hollari toʻgʻrisidagi materiallarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlar koʻrish uchun belgilangan tartibda soliq organlariga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilish muddatini oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib turadi. Litsenziyaning amal qilish muddatini oʻn ish kunidan ortiq muddatga toʻxtatib turish litsenziyalovchi organning arizasiga koʻra sud tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qaror sud yoki litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziatga yozma shaklda, qaror qabul qilingan (chiqarilgan) kundan boshlab uch ish kunidan kechikmay, litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilishiga sabab boʻlgan holatlarning litsenziat tomonidan bartaraf etish muddati koʻrsatilgan holda yetkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilishiga sabab boʻlgan holatlar litsenziat tomonidan bartaraf etilgan taqdirda litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turgan litsenziyalovchi organ yoki oʻzining arizasiga koʻra litsenziyaning amal qilishi sud tomonidan toʻxtatib turilgan organ koʻrsatib oʻtilgan holatlarning bartaraf etilgani toʻgʻrisidagi tasdiqnoma olingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida uning amal qilishini tiklash yoki tiklashni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyalovchi organ yoki sudning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxs tugatilganda — tugatilgan vaqtdan boshlab yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida toʻxtatilganda — qayta tashkil etish vaqtidan boshlab, uning oʻzgartirilishi bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobil transportida shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashishni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorning — litsenziatning davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi toʻxtatilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobil transportida shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashishni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorning — litsenziatning huquqiy muomalaga layoqatliligi cheklanganda yoki u huquqiy muomalaga layoqatli emas deb eʼtirof etilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyaning amal qilish muddati tugaganda qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya talablari va shartlari bir yil mobaynida litsenziat tomonidan ikki va undan koʻp marta buzilganda, agar ushbu buzilishlar fuqarolarning huquqlariga, qonuniy manfaatlariga va sogʻligʻiga, jamoat xavfsizligiga hamda atrof muhitga zarar yetkazilishiga sabab boʻlganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlar litsenziyalovchi organ yoki sud belgilagan muddatda litsenziat tomonidan bartaraf etilmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qaror sud yoki litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziatga yozma shaklda, qarorni puxta asoslagan holda qaror qabul qilingan (chiqarilgan) sanadan boshlab besh kundan kechikmay yetkaziladi. Litsenziyaning amal qilishi uni toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan boshlab toʻxtatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyalovchi organ yoki sudning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasida nazarda tutilgan hollarda faqat sud orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror ushbu qarorni qabul qilgan sud tomonidan litsenziatga yozma shaklda, qarorni puxta asoslagan holda uning qabul qilingan kunidan boshlab uch kundan kechikmay yetkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VIII. Litsenziyalar reyestri
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Litsenziyalovchi organ belgilangan tartibda litsenziyalar reyestrini yuritadi. Litsenziyalar reyestrida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxs — yakka tartibdagi tadbirkor — avtomobil transportida yuk tashishni amalga oshirish boʻyicha litsenziat uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyalarning berilgan sanasi va tartib raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umuman faoliyat turiga yoki uning bir qismiga litsenziya berish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish, amal qilish muddatini toʻxtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatish asoslari va sanasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyalarni bekor qilishning asoslari va sanasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud boʻlgan maʼlumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytida joylashtiriladi va tanishish uchun ochiq boʻladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.04.00 Davlat bojini toʻlash tartibi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IX. Davlat boji toʻlash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Avtomobil transportida yoʻlovchilar hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashishga litsenziyalar berilganligi va ularning amal qilish muddati uzaytirilganligi uchun davlat boji Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorlarda undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtotransport vositalari soni toʻldirilgan (koʻpaytirilgan) taqdirda davlat boji har bir litsenziya kartochkasi uchun qoʻshimcha ravishda undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyalar berilganligi uchun undiriladigan davlat boji mablagʻlari litsenziyalovchi organning maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi, uning 75 foizi respublika budjetiga yoʻnaltiriladi, qolgan mablagʻlardan litsenziyalovchi organ tomonidan, belgilangan tartibda shaharda yoʻlovchilar tashishni rivojlantirishda foydalaniladi, mablagʻlarning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan smetaga muvofiq litsenziyalovchi organ taʼminotiga sarflanadigan qismi bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomobil transportida yoʻlovchilar hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomobil transportida yoʻlovchilar hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash sxemasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-iyuldagi 138-son qaroriga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar berilganligi uchun davlat boji miqdorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-iyuldagi 138-son qaroriga 3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Transport sohasidagi faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2003-yil 21-avgustdagi 360-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 8-son, 73-modda) 1-bandining oltinchi xatboshi, shuningdek 5-ilova, qarorga 7-ilovaning 3-boʻlimi va izohlarining ikkinchi—toʻrtinchi xatboshi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida yoʻlovchi transporti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 31-yanvardagi 11-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 1-son, 6-modda) 1-bandining uchinchi xatboshi, shuningdek qarorga 2-ilova.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun ruxsatnoma turlarini qisqartirish va ularni berish tartib-qoidalarini soddalashtirish toʻgʻrisida” 2005-yil 21-sentabrdagi PQ–186-son qarori)” 2006-yil 22-maydagi 92-son qaroriga ilova 25-bandining “yo” kichik bandi.