Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.05.1992 20.09.1991 yildagi 239-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori, 20.09.1991 yildagi 239-son
Date of entry into force
20.09.1991
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.05.1992
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IShLAR VAZIRLIGINING
FAOLIYATINI YaXShILASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 25-maydagi 244-son “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlar bilan hamkorligini yanada rivojlantirish va mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga Respublikaning xalqaro aloqalarini diplomatik-huquqiy jihatdan taʼminlash vazifasi yuklatilsin. Shu maqsadda Vazirlik hayʼatiga quyidagilar topshirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq xorijiy davlatlar bilan diplomatik, qonunchilik, iqtisodiy, ilmiy-madaniy va boshqa xil aloqalarni oʻrnatish va rivojlantirish ishlarini faollashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasining davlat protokoli toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shu yilning IV choragi mobaynida SSSR Tashqi ishlar vazirligida xorijiy mamlakatlardagi SSSR elchixonalari va bosh konsulxonalarida Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakilligini taʼminlash uchun respublikaga oʻrin ajratish bilan bogʻliq masalalarni ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diplomatik xodimlar tayyorlaydigan respublika oʻquv markazi tashkil etish haqida taklif ishlab chiqish va uni shu yilning 1-dekabrigacha Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1992-yil 1-yanvargacha SSSR Tashqi ishlar vazirligi va BMTning Moskva shahridagi Axborot markazi bilan Toshkent shahrida BMTning xalqaro munosabatlar va xalqaro huquq muammolari boʻyicha ixtisoslashtirilgan kutubxonasini tashkil etish masalasini kelishib olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar va idoralar, korxonalar, jamoat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarga xorijiy sheriklar bilan toʻgʻridan toʻgʻri iqtisodiy va ilmiy-madaniy aloqalar rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda, birgalikda oʻtkaziladigan tadbirlarni protokol bilan rasmiylashtirishda metodik, konsultativ va huquqiy yordam koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddat ichida, yangi vazifalarni hisobga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlik markaziy apparati xodimlarining eng koʻp soni 80 kishidan iborat qilish belgilansin va u respublika budjeti mablagʻlari hisobiga saqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moskva shahrida harakatlari respublika budjetidan taʼminlanadigan, xodimlari soni 7 kishidan iborat konsullik agentligi ochishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan kelishilgan holda, saqlash xarajatlarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti hisobidan mablagʻ bilan taʼminlashni nazarda tutib, Vazirlikning 9 kishidan iborat Qoraqalpogʻiston boʻlimini tashkil etishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Termiz shahrida mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan taʼminlanadigan 3 kishidan iborat diplomatik agentlik ochishga ruxsat berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot qoʻmitasi, Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasi, savdo vazirligi asoslangan ehtiyojlarga muvofiq, birkitilgan nomenklatura boʻyicha Tashqi ishlar vazirligiga asbob-uskunalar, inventar va boshqa moddiy-texnika resurslari ajratishni taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu yilning IV choragida va 1992-yilning birinchi yarim yilligida, xalqaro munosabatlar masalalari boʻyicha axborotni qayta ishlashning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish uchun, Vazirlikka birinchi toifali 100 ming chet el valyuta puli ajratish nazarda tutilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi bir oy muddat ichida Tashqi ishlar vazirligini zarur aloqa vositalari bilan jihozlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Tashqi ishlar vazirligiga markaziy apparat xodimlarining qoʻshimcha sonini va Moskva shahridagi Konsullik agentligini saqlash, moddiy-texnika vositalari sotib olish uchun zarur mablagʻlar, shuningdek, ikkita yengil avtomashinaga limitlar ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi Vazirlik binosining yangi korpusini qurish haqida birgalikdagi taklifni ishlab chiqsinlar va 1991-yil dekabrda Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7.Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Toshkent viloyat ijroiya qoʻmitasi va Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi bilan birgalikda shu yilning oxirigacha Toshkent shahrida yangi chet el diplomatik muassasalari qurilishiga yer ajratish masalasini koʻrib chiqsin va hal etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1988-yil 12-avgustdagi 280-son (3-bandidan tashqari) va 1988-yil 22-dekabrdagi 475-son qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1991-yil 20-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
239-son