16.09.1991 yildagi 233-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori, 16.09.1991 yildagi 233-son
Date of entry into force
16.09.1991
Hujjat 13.01.2003 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi PRezidenti huzuridagi
Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
AVTOMOTOTRANSPORT VOSITALARINI XARID
QILISH-SOTISH, ALMASHTIRISH VA HADYA ETISH BITIMLARINI
RASMIYLASHTIRISH TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomototransport vositalarini xarid qilish-sotish, almashtirish va hadya etish bitimlarini rasmiylashtirishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi notarial idoralariga, mulkchilikning shaklidan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar oʻrtasida, fuqarolar oʻrtasida, shuningdek, fuqarolar, korxonalar va tashkilotlar oʻrtasida barcha turdagi avtomototransport vositalarini xarid qilish-sotish, almashtirish va hadya etishni tasdiqlash boʻyicha vazifalar yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomototransport vositalarini xarid qilish-sotish, almashtirish va hadya etish bitimlarini tasdiqlaganlik uchun korxonalar, tashkilotlar, muassasalardan va fuqarolardan ilovaga muvofiq miqdorlarda poshlina olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda avtomototransport vositalarini xarid qilish-sotish, almashtirish va hadya etish bitimlarini tasdiqlashda fuqarolar oʻz daromadlari manbalari toʻgʻrisida deklaratsiya taqdim etmaydilar.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 8-apreldagi 177-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-sentabrdagi 491-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilab qoʻyilsinki, Avtotransport vositalarini xarid qilish-sotish, almashtirish va hadya etish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun notarial idoralari tomonidan undiriladigan poshlinasi summasining 80 foizi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlari avtotransport vositalarini qayta roʻyxatga olganliklari uchun undiriladigan summaning 85 foizi mahalliy budjetlarga oʻtkaziladi. Qolgan 20 va 15 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining adliya va sud muassalarini rivojlantirish fondining va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining YHX bosh boshqarmasining hisob-kitob schyotlariga oʻtkaziladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 12-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 1-2-son, 8-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan avtotransport ishlab chiqaruvchi korxonalardan, ularning vakillaridan, vositachi (distribyutor) tashkilotlardan, shuningdek, kimoshdi savdolaridan sotib olingan avtomototransportni roʻyxatga olish davlat notarial idorasida xarid qilish-sotish shartnomasini tasdiqlamasdan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlarida amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 12-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 1-2-son, 8-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligiga 62 tadan iborat qoʻshimcha davlat notariuslari va ularni saqlash uchun tegishli budjet mablagʻlari ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Avtomototransport vositalarining qayta roʻyxatdan oʻtkazilganligi uchun poshlina summasining va toʻlovlarning toʻliq kelib tushishini nazorat qilish respublika soliq organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vitse-Prezidenti Sh.Mirsaidov
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1991-yil 16-sentabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
233-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 26-apreldagi 192-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan —OʻRHQT, 1993-y., 3-son, 15-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 1991-y., 9-son,30-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 8-modda; 7-8-son, 66-modda; 22-son, 223-modda; 2006-y., 19-son, 164-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2017-y., 09/17/873/0180-son)