22.06.2006 yildagi O‘RQ-37-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni, 22.06.2006 yildagi O‘RQ-37-son
Date of entry into force
23.06.2006
Hujjat 23.06.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING JINOYAT, JINOYAT-PROTSESSUAL KODEKSLARIGA
HAMDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING MAʼMURIY JAVOBGARLIK TOʻGʻRISIDAGI KODEKSIGA
OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi tomonidan
2006-yil 20-aprelda qabul qilingan

Senat tomonidan 2006-yil 9-iyunda maʼqullangan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda; № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda, 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda; № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda; № 12, 417, 418-moddalar) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1)130-moddaning sanksiyasidagi “eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha” degan soʻzlar “eng kam oylik ish haqining toʻrt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) 156-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“156-modda. Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qoʻzgʻatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targʻib qiluvchi materiallarni tarqatish maqsadida tayyorlash, saqlash yoki tarqatish, shunday qilmishlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eng kam oylik ish haqining olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy, irqiy, etnik yoki diniy mansubligiga qarab, aholi guruhlariga nisbatan adovat, murosasizlik yoki nifoq keltirib chiqarish maqsadida milliy shaʼn-sharaf va qadr-qimmatni kamsitishga, diniy eʼtiqodiga yoki daxriyligiga qarab, fuqarolarning his-tuygʻularini haqoratlashga qaratilgan qasddan qilingan harakatlar, shuningdek, milliy, irqiy, etnik mansubligi yoki dinga munosabatiga qarab, fuqarolarning huquqlarini bevosita yoki bilvosita cheklash yoxud ularga bevosita yoki bilvosita afzalliklar berish, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) boshqa shaxslarning hayoti uchun xavfli usulda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) badanga ogʻir shikast yetkazgan holda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) fuqarolarni doimiy yashash joyidan zoʻrlik ishlatib koʻchirgan holda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) masʼul mansabdor shaxs tomonidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3)159-moddaning birinchi qismi “bunday mazmundagi materiallarni” degan soʻzlardan keyin “tarqatish maqsadida tayyorlash, saqlash yoki” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) quyidagi mazmundagi 2443-modda bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“2443-modda. Diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy mazmundagi materiallarni tarqatish maqsadida qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki tarqatish, shunday qilmishlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda) 345-moddasining oltinchi qismi “2442”raqamidan keyin “2443” raqami bilan toʻldirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) quyidagi mazmundagi 1842 va 1843-moddalar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1842-modda. Diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy mazmundagi materiallarni tarqatish maqsadida qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki tarqatish, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
materiallarni va ularni tayyorlash hamda tarqatish uchun tegishli vositalarni musodara qilib, fuqarolarga eng kam oylik ish haqining yigirma baravaridan yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravaridan yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1843 -modda.Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targʻib qiluvchi materiallarni tayyorlash, saqlash yoki tarqatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targʻib qiluvchi materiallarni tarqatish maqsadida tayyorlash, saqlash yoki tarqatish, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
materiallarni va ularni tayyorlash hamda tarqatish uchun tegishli vositalarni musodara qilib, fuqarolarga eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yuz baravaridan yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) 189-moddaning sanksiyasidagi “ikki baravaridan besh baravarigacha” degan soʻzlar “qirq baravaridan yuz baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) 245-moddaning birinchi qismi “1841” raqamidan keyin “1842, 1843” raqamlari bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bandi “184” raqamidan keyin “1841, 1842, 1843” raqamlari bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bandi “ushbu Kodeksning” degan soʻzlardan keyin “1842, 1843” raqamlari bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bandi “ushbu Kodeksning” degan soʻzlardan keyin “1842, 1843” raqamlari bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) 288-moddaning uchinchi qismi “184” raqamidan keyin “1842, 1843” raqamlari bilan toʻldirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2006-yil 22-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻRQ-37-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 25-26-son, 226-modda)