21.06.2006 yildagi O‘RQ-36-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 21.06.2006 yildagi O‘RQ-36-son
Date of entry into force
22.06.2006
Hujjat 22.06.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“AHOLINI ISh BILAN TAʼMINLASh TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA, OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING SOLIQ KODEKSIGA HAMDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING UY-JOY KODEKSIGA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi tomonidan
2006-yil 19-aprelda qabul qilingan

Senat tomonidan 2006-yil 9-iyunda maʼqullangan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 13-yanvarda qabul qilingan 510-XII-sonli “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 1-mayda qabul qilingan 616–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 97-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda) 2-moddasi toʻrtinchi qismining ikkinchi xatboshisi “ishni toʻliqsiz ish vaqtida haq evaziga bajarayotgan” degan soʻzlardan keyin “kasanachilik bilan shugʻullanayotgan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan 396-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 4-5-songa ilova, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda; № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 4-5, 74-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda, № 9, 310, 311, 312, 313-moddalar) 92-moddasining birinchi qismi quyidagi mazmundagi oʻn uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“belgilangan tartibda kasanachilik bilan shugʻullanayotgan fuqarolarga yuridik shaxsning buyurtmasi boʻyicha ishlarni bajarish uchun mazkur yuridik shaxs tomonidan tekin foydalanishga berilgan asbob-uskunalar, jihozlar va inventarlarning, foydalanish muddatiga”.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan 713-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 4-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda) 9-moddasi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Belgilangan tartibda kasanachilik mehnati amalga oshirilayotgan turar joylarni yashash uchun moʻljallanmagan joylar toifasiga oʻtkazish talab etilmaydi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2006-yil 21-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
№ OʻRQ-36-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 25-26-son, 225-modda; 2007-y., 52-son, 533-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.10.2020-y., 03/20/642/1396-son)