O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “ARXIV IShI BO‘YIChA ME’YORIY HUJJATLARNI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA” 1999 YIL 30 OKTYABRDAGI 482-SON QARORIGA QO‘ShIMChA KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-oktabrdagi 482-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 10-son, 62-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga quyidagi tahrirdagi birinchi xatboshi qo‘shilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni”;
birinchi—o‘n uchinchi xatboshi tegishli ravishda ikkinchi—o‘n to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 6-iyul,
131-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 27-son, 251-modda)