31.05.2006 yildagi PQ-362-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 31.05.2006 yildagi PQ-362-son
Date of entry into force
31.05.2006
Hujjat 31.05.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
UMUMTAʼLIM MAKTABLARI OʻQUVCHILARINI DARSLIKLAR BILAN TAʼMINLASH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH BORASIDAGI QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi yillarda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini va 2004—2009-yillarda Maktab taʼlimini rivojlantirish davlat umummilliy dasturini amalga oshirish doirasida respublikada davlat taʼlim standartlari, umumiy oʻrta taʼlim oʻquv rejalari va dasturlari talay darajada takomillashtirildi, ularga muvofiq zamon talablariga mos keladigan yangi darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalari nashr etilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha aniq maqsadga yoʻnaltirilgan ishlar olib borilmoqda. Birinchi sinf oʻquvchilarini, “Mehribonlik” uylari, maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablarning tarbiyalanuvchilarini, shuningdek kam taʼminlangan oilalarning bolalarini darsliklar hamda boshqa oʻquv qoʻllanmalari bilan bepul taʼminlash tizimi joriy etilgan. Oʻquvchilarni ijara asosida darsliklar bilan taʼminlash tizimi sinov tariqasida joriy etilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga darsliklarni sotish mexanizmi aholining ularga boʻlgan talab-ehtiyojini toʻla qondirishni hisobga olgan holda butun respublika hududida chakana savdoning puxta tizimini tashkil etish hamda ularni nashr etishga buyurtmanomalarni shakllantirish jarayoniga pedagoglar jamoatchiligi va oʻquvchilarning ota-onalarini keng jalb etish yoʻli bilan takomillashtirishni taqozo etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarini darsliklar bilan taʼminlash tizimini yanada rivojlantirish, ularni nashr etishga buyurtmanomalarni shakllantirish mexanizmi hamda ijara tizimini, shuningdek, darsliklar chakana savdosi keng tarmogʻini tashkil qilishni takomillashtirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2006-2007 oʻquv yilidan boshlab umumtaʼlim maktablari uchun darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar nashr etishga buyurtmanomalar toʻplamini shakllantirishning yangi mexanizmini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin, bunda darsliklar hamda oʻquv-metodik qoʻllanmalarini chiqarish va sotishga yillik prognoz kvotalari pedagoglar jamoatchiligi va oʻquvchilarning ota-onalari ishtirokida har yili oʻtkaziladigan ixtisoslashtirilgan kitob koʻrgazma-yarmarkalari, shuningdek, umumtaʼlim maktablari kutubxona fondlarini xatlovdan oʻtkazish natijasida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi “Oʻzkitobsavdo” DAK, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda har yili oktabr-noyabr oylarida barcha viloyat markazlari, Nukus va Toshkent shaharlarida umumtaʼlim maktablari uchun keyingi oʻquv yiliga moʻljallangan darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalarining ixtisoslashtirilgan koʻrgazma-yarmarkalarini tashkil qilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, bunda umumtaʼlim maktablari birinchi sinflarining oʻquvchilari uchun darsliklar har yili, 2—4-sinflar uchun — ikki yilda bir marta va 5—9-sinflar uchun — toʻrt yilda bir marta yangilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uzluksiz taʼlim tizimi uchun oʻquv dasturlari hamda darsliklarni qayta koʻrib chiqish va yangilarini yaratish boʻyicha hukumat komissiyasi (R.S. Qosimov) umumtaʼlim maktablari uchun yangi oʻquv rejalari, darsliklarni ekspertizadan oʻtkazish va maʼqullash chogʻida darsliklarni yangilashning belgilangan muddatiga rioya etilishi hamda ularning mazmuni asossiz oʻzgartirilishiga barham berilishiga alohida eʼtibor qaratsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi har yili 1-dekabrgacha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
keyingi oʻquv yiliga tavsiya etiladigan darsliklar roʻyxatini, shuningdek yangilangan varianti chiqarilgani munosabati bilan bekor qilingan darsliklar roʻyxatini ota-onalarga maʼlum qilishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumtaʼlim maktablari kutubxona fondlarining zarur darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalari bilan taʼminlanganligini, shuningdek, utilizatsiya qilinadigan jismoniy va maʼnaviy eskirgan darsliklar hamda oʻquv-metodik qoʻllanmalarini aniqlash maqsadida mazkur kutubxona fondlarini xatlovdan oʻtkazishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
navbatdagi oʻquv yili uchun oʻqitiladigan tillar, nomlar va sinflarga qarab umumtaʼlim maktablari uchun darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalarining ixtisoslashtirilgan yarmarkalari, pedagoglar jamoatchiligi va oʻquvchilarning ota-onalari fikrini oʻrganish, shuningdek xatlovdan oʻtkazish natijalari asosida predmetlar boʻyicha darsliklar hamda oʻquv-metodik qoʻllanmalari chiqarish va sotishga prognoz kvotalari shakllantirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan darsliklarni yarmarkalarda tuzilgan shartnomalar boʻyicha chakana savdo tarmogʻi orqali erkin sotishni hisobga olgan holda har yili shakllantiriladigan prognoz kvotalari asosida har yili 1-iyulga qadar zarur hajmlar va nomlardagi darsliklar hamda oʻquv-metodik qoʻllanmalari chiqarilishini tashkil etishni taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda darsliklar hamda oʻquv qoʻllanmalarining nashriyot rasmiylashtiruvi va matbaa ijrosi davlat standartini belgilangan tartibda qayta koʻrib chiqsin va qaytadan tasdiqlasin, ularning sanitariya-gigiyena normalariga muvofiqligi hamda belgilangan foydalanish muddati davomida tegishli jismoniy holatini taʼminlashni hisobga olgan holda ularni nashr etish chogʻida foydalanadigan qogʻoz hamda boshqa matbaa materiallarining sifat koʻrsatkichlariga nisbatan talablar oshirilishiga alohida eʼtibor qaratsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
matbaa korxonalarida oʻrnatilgan standartlarga rioya etilishi ustidan samarali ichki nazorat mexanizmini joriy etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Oʻzkitobsavdo” DAK Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda shaharlar va tuman markazlarida aholiga darsliklar sotish uchun ixtisoslashtirilgan yarmarka-savdo shoxobchalari tashkil etilishini taʼminlasin, shuningdek, olis aholi punktlarida darsliklar chakana savdosini tashkillashtirish chora-tadbirlarini qabul qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligining umumtaʼlim maktablari kutubxona fondlaridan oʻquvchilarga darsliklarni ixtiyoriylik asosida ijaraga berish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2006-yilning 1-sentabridan boshlab Umumtaʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirishning direktor jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga kutubxonachilarning tarif stavkasiga mansab maoshining 20 foizigacha miqdorda vaqtinchalik ustama haq belgilash vositasida kutubxona fondi saqlanishi uchun xodimlarni ragʻbatlantirish mexanizmi joriy etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda shu narsa nazarda tutilsinki, kutubxonalardagi darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalarni saqlash uchun tegishli shart-sharoitlarni taʼminlash hamda oʻquvchilar oʻrtasida darsliklarni avaylab asrash tuygʻusini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan tarbiyaviy ishlar olib borilishini tashkil etish umumtaʼlim maktablari kutubxonachilari ishining asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Umumtaʼlim maktablarini darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin, unda quyidagilar nazarda tutilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumtaʼlim maktablarining kutubxona fondlari uchun hamda yarmarka savdosi va chakana savdo tarmogʻi orqali erkin sotish uchun darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalari tayyorlashga buyurtmanomani shakllantirish va bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumtaʼlim maktablarining ayrim toifadagi oʻquvchilarini davlat budjeti mablagʻlari hisobiga darsliklar bilan aniq taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
darsliklarni ijaraga berish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kutubxonalardagi darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalarni saqlash uchun tegishli shart-sharoitlarni taʼminlash hamda oʻquvchilar oʻrtasida darsliklarni avaylab asrash tuygʻusini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan tarbiyaviy ishlar olib borilishini tashkil etish umumtaʼlim maktablari kutubxonachilari mehnati natijalariga baho berish mezonlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydalanishga yaroqsiz boʻlib qolgan darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalarni utilizatsiya qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi bilan birgalikda darsliklarning narxi va ularni yetkazib berish bilan bogʻliq sarf-xarajatlar sunʼiy ravishda oshirilishiga yoʻl qoʻymaslik ustidan qattiq nazorat oʻrnatsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va R.S. Qosimov zimmalariga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2006-yil 31-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-362-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 22-son, 190-modda; 2010-y., 17-son, 130-modda; 2013-y., 21-son, 268-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)