01.05.2006 yildagi 74-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 01.05.2006 yildagi 74-son
Date of entry into force
01.05.2006
Hujjat 01.05.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XORIJIY INVESTITSIYALAR ISHTIROKIDAGI KORXONALARGA BERILAYOTGAN IMTIYOZLARNING RAGʻBATLANTIRUVCHI ROLINI OSHIRISHGA DOIR QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Xorijiy investitsiyalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining xorijiy investorlarga va xorijiy investitsiyalarga teng huquqli rejim berish haqidagi 9-moddasi qoidalarini amalga oshirishni davom ettirish, respublika hududida investitsiya faoliyatini faollashtirish, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga berilayotgan soliq hamda bojxona imtiyozlari va preferensiyalarining ragʻbatlantiruvchi rolini kuchaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtkazilgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga soliq solish soliq solinayotgan vaqtda amalda boʻlgan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtkazilgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar qonun hujjatlarida belgilangan barcha umumiy soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalaridan, shuningdek, qonun hujjatlarida (shu jumladan investitsiya shartnomalarida, mahsulot taqsimotiga oid bitimlarda) nazarda tutilgan tartibga va shartlarga qatʼiy rioya qilgan holda berilgan qoʻshimcha imtiyozlar va preferensiyalardan toʻliq hajmda foydalanadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilab qoʻyilsinki, soliqlar, bojxona toʻlovlari va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qoʻshimcha imtiyozlar xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga faqat aniq belgilangan muddatga beriladi va muddatsiz tusda boʻlishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Hukumat qarorlari bilan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga soliqlar, bojxona toʻlovlari va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha ilgari berilgan, qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan hamda muddatsiz tusdagi barcha imtiyozlar 2006-yil 1-iyundan boshlab bekor qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi faoliyat koʻrsatayotgan, tarmoqqa kiradigan yoki qonun hujjatlarida ustuvor deb eʼtirof etilgan loyihalarni amalga oshirayotgan korxonalarga kelgusida qoʻshimcha imtiyozlar va preferensiyalar berishning zarurligi va samaradorligi masalalarini mufassal ishlab chiqishni taʼminlash uchun ilovaga* muvofiq tarkibda maxsus ishchi guruh tuzilsin, unga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*Ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilgari Hukumat qarorlari bilan soliqlar, yigʻimlar, bojxona toʻlovlari va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha muddatsiz qoʻshimcha imtiyozlar berilgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi ayrim korxonalarning murojaatlarini har tomonlama koʻrib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ayrim korxonalarning murojaatlarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ilgari muddatsiz imtiyozlarga ega boʻlgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi ayrim korxonalarga aniq muayyan muddatga, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2005-yil 2-avgustdagi 180-son qarorida belgilangan tartibda investitsiya shartnomalari tuzgan holda soliqlar, yigʻimlar, bojxona toʻlovlari va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha asoslangan imtiyozlar belgilash yuzasidan asoslangan tegishli takliflar kiritish yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2006-yil 1-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
74-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 18-son, 151-modda; 2009-y., 52-son, 574-modda; 2012-y., 8-9-son, 82-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)