ONLINE TRANSLATE
Document passport
Qoraqalpogʻiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlarni yanada jadallashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 05.11.2026 yildagi PQ-393-son

Quyidagilar Qoraqalpog‘iston Respublikasini 2027 yilda yuqori va barqaror iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishning asosiy maqsadlari etib belgilandi:
 
yalpi hududiy mahsulot hajmi 108 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish – 107 foizga, bozor xizmatlari – 117 foizga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish – 105 foizga, qurilish ishlari – 113 foizga o‘sishini taʼminlash;
 
eksport hajmini 550 mln AQSH dollariga, jami investitsiyalar hajmini 2 baravarga oshirib 5 mlrd AQSH dollariga yetkazish;
 
1-bosqichda past daromadli 125 ming oiladagi 513 ming aholini yuqori daromadli ish o‘rinlariga joylashtirish va boshqalar.
 
Qarorga ko‘ra, Nukus shahrida Jolshilar mahallasi Ashshiko‘l hududidagi 270 gektar maydonda 50 ming aholiga mo‘ljallangan ilg‘or arxitektura yechimi va energiya tejamkor texnologiyalar asosida “Nukus city” barpo etiladi. Bunda:
 
Yangi Toshkent loyihasi bo‘yicha tajribalardan kelib chiqib, xorijiy tashkilotlarning tavsiyalari asosida ilg‘or va kreativ bosh reja ishlab chiqish hamda arxitekturaviy yechimlar qo‘llanadi;
 
“smart city” yechimlarini qamrab olgan zamonaviy ko‘p kvartirali turar joylar, savdo va biznes markazlari, mehmonxonalar, parklar, yashil hududlar, favvoralar, sport maydonchalari, ijtimoiy soha muassasalari va boshqa obyektlarni joylashtiriladi.