ONLINE TRANSLATE
Document passport
Mehnat shartnomasi alohida asoslarga koʻra bekor qilinganda, moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha kafolatlardan foydalanishda davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 28.09.2026 yildagi 519-son

Mehnat shartnomasi alohida asoslarga ko‘ra bekor qilingan shaxs bo‘shagan ish joyidan uchinchi oyga o‘rtacha oylik ish haqi to‘lash bo‘yicha mehnat shartnomasi bekor qilingan kundan so‘ng 30 kalendar kun ichida YAIDXP orqali murojaat qiladi.
 
30 kunlik muddat o‘tgandan keyin berilgan murojaat ko‘rib chiqilmaydi.

Hujjatlar to‘liq bo‘lsa, mahalliy mehnat organi shaxsni ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatga oladi va bu haqda maʼlumotnoma yuboradi.

Berilgan maʼlumotnoma asosida uchinchi oy uchun ham avvalgi ish joyidan o‘rtacha oylik ish haqini olish huquqiga ega bo‘ladi.

Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun to‘lov undirilmaydi.

Mehnat shartnomasi alohida asoslarga ko‘ra bekor qilingan, umumiy mehnat staji 25 yildan kam bo‘lmagan 58 yoshdan 60 yoshgacha erkaklar va umumiy mehnat staji 20 yildan kam bo‘lmagan 53 yoshdan 55 yoshgacha ayollar muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlash uchun taqdimnoma rasmiylashtirish bo‘yicha YAIDXP orqali so‘rovnoma yuboradi.

Mehnat shartnomasi bekor qilingani haqidagi buyruq nusxasi ilova qilinadi. Mehnat staji to‘liq raqamlashmagan bo‘lsa, mehnat daftarchasi nusxasi ham taqdim etiladi.

Mahalliy mehnat organi hujjatlarni 2 ish kuni ichida tekshiradi.

Ariza beruvchi ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatga olinadi va unga 3 oy davomida maqbul ish topish choralari ko‘riladi.

Agar 3 oy davomida maqbul ish topilmasa, shaxs ishsiz deb eʼtirof etiladi va muddatidan oldin pensiya tayinlash uchun taqdimnoma Pensiya jamg‘armasiga yuboriladi.

Pensiya tayinlanganidan keyin ishsizlik nafaqasini to‘lash keyingi oydan boshlab to‘xtatiladi.

Davlat xizmati uchun to‘lov undirilmaydi.