ONLINE TRANSLATE
Document passport
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 11.09.2026 yildagi O‘RQ-1176-son

Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, sud ishlarini hal etishga aralashish, yaʼni muayyan ishning har tomonlama, to‘la va xolisona ko‘rib chiqilishiga to‘sqinlik qilish yoxud adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarilishiga erishish maqsadida sudyaga yoki xalq maslahatchisiga turli shaklda qonunga xilof ravishda taʼsir o‘tkazish, – 
 
3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilandi.
 
Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga sud binosida tartibni buzish tarzida sudga hurmatsizlik qilganlik uchun maʼmuriy javobgarlik choralarini belgilovchi qo‘shimcha kiritildi.
 
Amaldagi tahrirda faqatgina sud majlisi paytida tartibni buzishda o‘z ifodasini topgan sudga hurmatsizlik uchun javobgarlik belgilangan edi.