Qarorga ko‘ra, quyidagilar 2030 yilgacha metropolitenda yo‘lovchi tashishni rivojlantirishning asosiy maqsadlari va ustuvor vazifalari etib belgilandi:
metropolitenda tashiladigan kunlik yo‘lovchilar sonini 1,8 mln nafarga, bekatlar sonini 79 taga va liniyalar uzunligini 103 kmga yetkazish;
harakat intervalini 2-3 daqiqagacha tushirish va boshqalar.
2028 yil yakuniga qadar:
metro bekatlariga kirish joylarida hamda bekatdan-bekatga o‘tish yo‘laklarida yo‘lovchilar xavfsizligini taʼminlagan holda vending apparatlari va kichik ko‘chma savdo obyektlarini joylashtirish choralari ko‘riladi;
metro stansiyalari oldida avtoturargohlarni tashkil qilish orqali quyidagilarni nazarda tutuvchi “Park & Ride” tizimi yo‘lga qo‘yiladi:
avtoturargohdan foydalanganlarga chiptadan chegirmalar berish;
avtoturargoh to‘lovini metro chiptasi orqali qoplash mexanizmlarini joriy etish.
xususiy tadbirkorlarga metropoliten tonnel va bekatlarida auksion orqali ijara asosida xavfsiz faoliyat turlari bilan shug‘ullanishga ruxsat beriladi.