ONLINE TRANSLATE
Document passport
“Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 26.03.2026 yildagi O‘RQ-1125-son

Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, quyidagi shaxsga doir maʼlumotlar O‘zbekiston hududida saqlanishi shart:

shaxslarning biometrik maʼlumotlari;

shaxslarning genetik maʼlumotlari;

O‘zbekiston hududida faoliyat olib borayotgan telekommunikatsiyalar operatorlaridagi ularning xizmatlaridan foydalanuvchi jismoniy shaxslarning maʼlumotlari.

Yuqorida ko‘rsatilmagan shaxsga doir maʼlumotlar quyidagi shartlardan biri bajarilganda, O‘zbekistondan tashqarida saqlanishi va ishlov berilishi mumkin:

chet davlatni shaxsga doir maʼlumotlarning bir xil himoya qilinishini taʼminlovchi davlat sifatida tan olish;

operator tomonidan vakolatli davlat organi tasdiqlaydigan talablarga javob beruvchi standart shartnomaviy shartlar yoki majburiy korporativ qoidalar qabul qilinishi va ularga rioya etilishi;

ro‘yxati vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan shaxsga doir maʼlumotlarni boshqarish va saqlash sohasidagi xalqaro standartlarga operator tomonidan rioya etilishi.