ONLINE TRANSLATE
Document passport
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 29.01.2026 yildagi 35-son

Nizomga ko‘ra, ariza beruvchi oilasini Reestrga kiritish uchun davlat xizmatlari markazi yoki vakolatli organga borgan holda yoki ijtimoiy xodim orqali murojaat qiladi.

Shuningdek, “YAMIH” AT, YAIDXP yoki “Ijtimoiy karta” mobil ilovasi orqali mustaqil ravishda ariza berish ham mumkin.

Har bir oila tomonidan ariza topshirish 1 oyda 1 marta amalga oshiriladi.

Dastlab oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holati dastlabki baholashdan o‘tkaziladi.

Baholash natijasi bo‘yicha ariza beruvchining oilasini “davlat taʼminotidagi oila” va “kambag‘al oila” deb topishni rad etish uchun asoslar aniqlanmaganda ariza ijtimoiy xodimning shaxsiy kabinetiga savolnoma to‘ldirish uchun yuboriladi. 

Ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangan savolnoma axborot modulida avtomatik ravishda “mahalla yettiligi”ga yo‘naltiriladi.

Xulosa “mahalla yettiligi” tomonidan tasdiqlangandan so‘ng “YAMIH” AT 3 ish kuni ichida oilani ijtimoiy-iqtisodiy holatini yakuniy baholashdan o‘tkazadi.

Oilaning har bir aʼzosiga to‘g‘ri keladigan 1 oylik jami o‘rtacha daromad oxirgi 3 oy uchun hisoblab chiqilgan barcha oila aʼzolarining daromadi summasini oila tarkibiga kiritiladigan oila aʼzolari soniga va 3 ga bo‘lish orqali aniqlanadi.

Reestrga oilalar “davlat taʼminotidagi oila”, “kambag‘al oila” va “kambag‘allik chegarasidagi oila” toifalariga ajratilgan holda kiritiladi.

Oilalar ular Reestrga kiritilgan kundan boshlab quyidagi muddatlarda oila aʼzolari ishtirokida savolnoma qayta to‘ldiriladi:

“davlat taʼminotidagi oila” – har 12 oyda; ▫️ “kambag‘al oila” – har 6 oyda.