ONLINE TRANSLATE
Document passport
Respublikada gʻildirakli transport vositalarining ekologik toifa talablariga muvofiqligini baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 19.09.2025 yildagi 597-son

Qarorga ko‘ra, O‘zbekistonga olib kiriladigan “M” va “N” toifalardagi g‘ildirakli yangi transport vositalarining ekologik toifa talablariga muvofiqligini ekologik sertifikatlash bekor qilinadi.

Ushbu toifalardagi g‘ildirakli transport vositalarining ekologik toifa talablariga muvofiqligi Hukumatning 2017 yil 25 apreldagi 237-son qarori (https://lex.uz/uz/docs/3180902) bilan tasdiqlangan Muomalaga chiqarilayotgan g‘ildirakli transport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament talablari asosida baholanadi.

Elektr dvigatellar bilan jihozlangan g‘ildirakli transport vositalarining ekologik toifa talablariga muvofiqligi baholanmaydi.