ONLINE TRANSLATE
Document passport
Davlat oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi, 18.07.2025 yildagi F-43-son

Farmoyish bilan 2025/2026 o‘quv yili va kelgusi 3 o‘quv yili uchun davlat oliy taʼlim tashkilotlariga davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi. Bunda:

bakalavriat bosqichiga kunduzgi taʼlim shakli bo‘yicha:

2025/2026 o‘quv yili uchun – 35 500 ta;
2026/2027 o‘quv yili uchun – 36 023 ta;
2027/2028 o‘quv yili uchun – 36 460 ta;
2028/2029 o‘quv yili uchun – 36 761 ta.

magistratura bosqichiga kunduzgi taʼlim shakli bo‘yicha:

2025/2026 o‘quv yili uchun – 9 922 ta;
2026/2027 o‘quv yili uchun – 10 191 ta;
2027/2028 o‘quv yili uchun – 10 477 ta;
2028/2029 o‘quv yili uchun – 10 784 ta.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi quyidagilar bo‘yicha takliflarni Davlat komissiyasiga taqdim etadi:

respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga ajratilgan 1 320 ta davlat grantining taqsimoti yuzasidan; 

davlat oliy taʼlim tashkilotlarida o‘qish istagini bildirgan, xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun 30 ta davlat grantining taʼlim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti bo‘yicha;

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bilan birgalikda xotin-qizlar uchun ajratilgan 4 000 ta davlat grantining taqsimoti yuzasidan.