ONLINE TRANSLATE
Document passport
Sogʻliqni saqlash va taʼlim tashkilotlarida ichimlik suvi hamda sanitariya-gigiyena infratuzilmasini kengaytirishga qaratilgan “Toza qoʻllar” dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 06.05.2025 yildagi 297-son

Qarorga ko‘ra, “Toza qo‘llar” dasturi doirasida sog‘liqni saqlash va taʼlim tashkilotlarida:

sanitariya-gigiyena vositalari bilan yetarli miqdorda taʼminlanadi;

ichimlik suvi taʼminoti va sanitariya-gigiyena obyektlari (hojatxona) infratuzilmasi yaxshilanadi, ular binoning ichki qismida joylashtiriladi;

aholi, jumladan, bolalar o‘rtasida shaxsiy gigiyena odatlarini shakllantirish va unga rioya qilish bo‘yicha targ‘ibot ishlari amalga oshiriladi.

Davlat sarmoyalarini boshqarish geoportali maʼlumotlaridan foydalangan holda umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlarining sanitariya-gigiyena infratuzilmalarini yaxshilash bo‘yicha manzilli dastur shakllantiriladi.

Shuningdek, umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlarini xalqaro tajriba asosida suv taʼminoti, sanitariya va gigiyenaning “Uch yulduzli yondashuv” metodikasi asosida baholash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Maʼlumot uchun: Prezident Farmoniga muvofiq, (https://lex.uz/docs/7369703#7371724) 2025 yil 1 maydan barcha sog‘liqni saqlash va taʼlim tashkilotlarida  “Toza qo‘llar” dasturi amalga oshirilishi belgilangan.