Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.09.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “QORA VA RANGLI METALLAR PARChALARI VA ChIQINDILARINI TAYYORLASh VA QAYTA IShLASh UChUN TOPShIRIShNI NAZORAT QILISh HAMDA MUVOFIQLAShTIRISh BOʻYIChA RESPUBLIKA KOMISSIYASI TARKIBINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA” 2005 YIL 19 DEKABRDAGI F–2400-SON FARMOYIShI)
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qora va rangli metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash uchun topshirishni nazorat qilish hamda muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 19-dekabrdagi F-2400-son farmoyishiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Qora va rangli metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlash, saqlash, ehtiyotlash va topshirish tartibi toʻgʻrisida” 1999-yil 5-fevraldagi 49-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 2-son, 8-modda) 2-bandi;
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hukumat komissiyalarini tashkil etish masalalari boʻyicha ayrim qarorlarini oʻzgartirish, ularga qoʻshimchalar kiritish va ularni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2000-yil 19-sentabrdagi 359-son qaroriga 1-ilovaning 19-bandi uchinchi va toʻrtinchi xatboshi;
Vazirlar Mahkamasining “Respublika komissiyalari va kengashlari tarkiblarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2004-yil 26-iyuldagi 358-son qaroriga 11-ilova;
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash va baʼzilariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 22-fevraldagi 73-son qaroriga 2-ilovaning 36-bandi sakkizinchi xatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 26-yanvar,
10-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 4-5-son, 28-modda)