Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 18.05.2005
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
UY-JOY FONDIGA XIZMAT KO‘RSATISh VA UNI SAqLASh UChUN HISOB-KITOBLARNING KONTRAKT (ShARTNOMA) TIZIMIGA O‘TISh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 18-maydagi 127-son “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
“O‘zbekiston Respublikasida kommunal xizmat ko‘rsatishni boshqarishni takomillashtirish to‘g‘risida” 1993-yil 15-iyuldagi Farmonga va “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1—4-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 13-fevraldagi 74-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
5. O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi ikki oy muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda, uy-joy fondining to‘liqlik va shinamlik darajasiga, shuningdek, uyning toifasiga, qulayliklar mavjudligiga va xizmat ko‘rsatish sifatiga ko‘ra, umumiy maydonning 1 kv. metri uchun haq to‘lash tarifini aniqlash tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Qopaqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga ushbu Tartib asosida umumiy maydonning bir kvadrat metri uchun haq to‘lash bo‘yicha aniq stavkalarni belgilash huquqi berilsin.
6. Kvartira haqi to‘lash bo‘yicha Fuqarolarning ayrim toifalari uchun hozirgi vaqtda amalda bo‘lgan imtiyozlar saqlab qolinsin, tariflardagi tafovut budjet manbalari, shuningdek, uy-joy fondining kimga qarashli ekanligiga ko‘ra, korxonalar va tashkilotlarning mablag‘lari hisobiga uy-joylardan foydalanish tashkilotlariga to‘lansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7—10-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 13-fevraldagi 74-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
11. O‘zSSR MIK va XKSning “Kvartira haqi hamda shaharlarda va shahar tipidagi posyolkalarda uy-joylardan foydalanishni tartibga solishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1927 yil 26-maydagi 63-son, O‘zSSR XKSning 1945-yil 31-dekabrdagi 2078-son qarorlari keyingi o‘zgarishlari bilan birga o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari o‘rtoq K. N. To‘laganov zimmasiga yuklatilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 17-iyul.
363-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 13-fevraldagi 74-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2001-y., 3-4-son, 13-modda)