Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.01.2011
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
PAXTA TOLASINI XORIJIY INVESTITSIYaLAR IShTIROKIDAGI KORXONALARGA SOTISh MEXANIZMINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2011-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Paxta tolasini xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalarga sotish mexanizmini takomillashtirish, shuningdek xorijiy investitsiyalarni respublika yengil sanoatiga jalb etishni yanada kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 29-avgustdagi PQ–456-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 36-son, 359-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Belgilab qo‘yilsinki, paxta tolasi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining tashqi savdo kompaniyalari hamda O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi orqali paxta tolasining ulgurji sotish narxida qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini schyot-fakturalarda ajratib ko‘rsatgan holda sotiladi.
(2-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 6-fevraldagi 22-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 6-7-son, 27-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda Paxta tolasini erkin almashtiriladigan valyutaga xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga sotishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash to‘g‘risidagi nizomni bir hafta muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ushbu qarorning qabul qilinishi munosabati bilan amaldagi qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari V.A. Golishev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 19-oktabr,
232-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y. ,41-42-son, 320-modda; 2006-y., 36-son, 359-modda; 2008-y., 6-7-son, 27-modda)