Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.07.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING 1992-YIL 13 IYuNDAGI 278-SON QARORINING 3-BANDINI BEKOR QILISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Avtomobilda tashish tannarxi tarkibi va korxonalarning yuqori tashkilotlar bilan oʻzaro munosabatlari tartibining oʻzgarganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 13-iyundagi 278-son qarorining yengil va yoʻnalishli taksi mashinalarida tashishlarga 30 foiz miqdorida cheklangan rentabellik belgilashga oid 3-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1994-yil 24-iyun,
320-son