Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.07.2022
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA HAVO TRANSPORTINI BOShQARISh TIZIMI TO‘G‘RISIDA” 1992-YIL 4 FEVRALDAGI 44-SON QARORIGA QO‘ShIMChA KIRITISh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 4-fevraldagi 44-son qarorining 4-bandidagi bosh direktorining 6 nafar o‘rinbosari so‘zlaridan keyin “shu jumladan bitta birinchi o‘rinbosari” degan so‘zlar kiritilsin.
Shu bandga quyidagi tahrirdagi 2-xatboshi qo‘shilsin:
“O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi Bosh direktorining o‘rinbosarlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Kompaniyaning chet eldagi vakolatxonalari rahbarlari lavozimlariga Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda aviakompaniya tomonidan tayinlanadi”.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 14-fevral,
53-son