|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.07.2022
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING BA’ZI QARORLARINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida” 1994-yil 6-maydagi qaroriga muvofiq O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining quyidagi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
“Respublikada mehnatkashlarning xatlari va shikoyatlari bilan ishlashni yanada yaxshilash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1973-yil 28-dekabrdagi 551-son qarori;
“Mehnatkashlarning xatlari, shikoyatlari va arizalarini ko‘rib chiqish va keluvchilarni qabul qilish ishlarini yanada yaxshilashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1975-yil 31-yanvardagi 37-son qarori;
KPSS XXV syezdi qarorlari asosida mehnatkashlarning xatlari bilan ishlashni yanada takomillashtirish to‘g‘risida” KPSS Markaziy Komiteti qarori yuzasidan 1976-yil 14-maydagi 286-son qarori.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport-import operatsiyalari bo‘yicha valyuta nazoratini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1994-yil 20-apreldagi Farmonini bajarish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 25-martdagi 163-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududida tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni eksport-import qilishni kvotalash va litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 9-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1994-yil 18-iyul,
367-son