|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 28.08.2012
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING 1993 YIL 23 MARTDAGI
152-SON QARORIGA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
152-SON QARORIGA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi 253-sonli “Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Moddiy-texnika resurslari narxlarining oshganligini hisobga olib va dehqon bozorlarini yanada rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining “Patta to‘lovlari miqdorlarini belgilash haqida” 1993-yil 23-martdagi 152-son qarori quyidagi mazmundagi band bilan to‘ldirilsin:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlap va Toshkent shahar hokimliklariga, mahalliy shart-sharoitlarni hisobga olib, bozorlarda, yarmarkalarda va savdo uchun maxsus belgilangan joylarda patta to‘lovlari miqdorlarini qayta ko‘rib chiqish huquqi berilsin”.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1993-yil 20-iyul,
366-son