

<!DOCTYPE html>

<html lang="en-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/en/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-7305255" id="-7305255">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-7305257" id="-7305257">Qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-7305258" id="-7305258">Fuqarolik ishlari boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7305259" id="-7305259"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305262" id="-7305262">Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligi munosabati bilan, shuningdek, sudlar tomonidan qonun normalarini bir xilda va toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash, fuqarolik ishlari boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyotida mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 22-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305263" id="-7305263">1. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, fuqarolik ishlari boʻyicha sud xarajatlari davlat boji va ishni koʻrish bilan bogʻliq chiqimlardan iborat.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305266" id="-7305266">2. Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunining (bundan buyon matnda “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun deb yuritiladi) 3-moddasiga muvofiq, davlat boji yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik va (yoki) bunday harakatlar uchun vakolatli muassasalar va (yoki) mansabdor shaxslar tomonidan hujjatlar berganlik uchun olinadigan majburiy toʻlov hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305268" id="-7305268">Davlat boji boshqa turdagi majburiy toʻlovlar qatori Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlarini shakllantirishning tarkibiy qismini tashkil etishi bois, sudlar fuqarolik ishlari boʻyicha davlat bojini undirish toʻgʻrisidagi qonun talablariga qatʼi  rioya etishlari shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305270" id="-7305270">3. Fuqarolik ishlari boʻyicha davlat bojini undirish bilan bogʻliq masalalar “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun, ushbu Qonun bilan tasdiqlangan “Davlat boji stavkalarining miqdorlari” va Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi) 13-bobiga muvofiq tartibga solinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305275" id="-7305275">4. Tushuntirilsinki, fuqarolik ishlari boʻyicha davlat boji quyidagilardan undiriladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305278" id="-7305278">1) sudlarga beriladigan daʼvo arizalardan, alohida tartibda yuritiladigan ishlarga doir arizalardan, sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizalardan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305281" id="-7305281">2) hakamlik sudining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish haqidagi arizalardan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305283" id="-7305283">3) hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizalardan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305286" id="-7305286">4) chet davlat sudining hamda chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish haqidagi arizalardan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305288" id="-7305288">5) korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining maʼmuriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan yuzaga kelmaydigan qarorlari hamda ular mansabdor shaxslarining shunday harakatlari (harakatsizligi) ustidan berilgan daʼvo arizalaridan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305290" id="-7305290">6) apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibidagi shikoyatlaridan:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305299" id="-7305299">a) sudlarning hal qiluv qarorlari ustidan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305301" id="-7305301">b) ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi, daʼvoni koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi, sud jarimalarini solish toʻgʻrisidagi ajrimlar ustidan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305302" id="-7305302">v) hakamlik sudining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish haqidagi ishlar boʻyicha ajrimlar ustidan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305303" id="-7305303">g) hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizalar boʻyicha ajrimlar ustidan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305304" id="-7305304">d) chet davlat sudining hamda chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi arizalar boʻyicha ajrimlar ustidan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305305" id="-7305305">7) hujjatlarning dublikatlarini va koʻchirma nusxalarini (shu jumladan, takroriy ravishda beriladigan sud hujjatlarining koʻchirma nusxalarini) berganlik uchun.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305307" id="-7305307">Sudlarga tushuntirilsinki, FPKning 396, 416 va 419<sup>27</sup>-moddalariga asosan apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudlari sud hujjatlarini toʻliq hajmda tekshirib chiqishi shartligidan kelib chiqib, sud qarorlarining sud xarajatlari qismidan norozi boʻlib berilgan apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyatlari boʻyicha davlat boji umumiy asoslarda toʻlanadi, davlat boji bilan bogʻliq masalalar boʻyicha chiqarilgan ajrimlarga nisbatan berilgan xususiy shikoyatlar bundan mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305323" id="-7305323">5. Davlat boji va pochta xarajati ariza, daʼvo arizasi, shikoyat (bundan buyon — ariza) sudga berilgunga qadar toʻlanadi, qonun bilan davlat boji toʻlovi boʻyicha boshqacha tartib belgilangan hollar bundan mustasno (masalan, arizachi qonun bilan davlat bojini toʻlashdan ozod qilingan, sud tomonidan davlat boji toʻlovi kechiktirilgan yoki boʻlib-boʻlib toʻlash belgilangan hollar).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305326" id="-7305326">Bunda, sudlarning eʼtibori pochta xarajatlari toʻlovidan ozod qilish, uni kechiktirish, kamaytirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash qonunda nazarda tutilmaganligiga qaratilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305328" id="-7305328">Davlat boji toʻlanganligi fakti:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305330" id="-7305330">bank tomonidan toʻlovchiga berilgan belgilangan shakldagi toʻlov hujjati (kvitansiya, toʻlov topshiriqnomasi va boshqalar);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305332" id="-7305332">belgilangan shaklda toʻlovni amalga oshirgan mansabdor shaxs yoki davlat organi va tashkilotning kassasi tomonidan toʻlovchiga berilgan toʻlov hujjati;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305333" id="-7305333">elektron toʻlov tizimidan olingan maʼlumotlar bilan tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305335" id="-7305335">Daʼvo bahosi chet el valyutasida belgilangan mulkiy nizo boʻyicha sudga ariza berilganda, davlat bojining miqdori ariza taqdim etilgan sanada Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs boʻyicha milliy valyutada belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305337" id="-7305337">Agar muayyan sudda alohida koʻrilishi kerak boʻlgan bir nechta arizalar boʻyicha davlat boji bir toʻlov hujjati bilan toʻlangan boʻlsa, toʻlov hujjati ishlardan biriga ilova qilinadi. Qolgan ishlarga toʻlov hujjatining nusxasi qoʻshilib, uning asli qoʻshib qoʻyilgan ishga havola qilingan holda sudya tomonidan davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyiladi yoki maʼlumotnoma tuziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305339" id="-7305339">Mazkur qoida pochta xarajatlari toʻlov hujjatlariga nisbatan ham qoʻllaniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305344" id="-7305344">6. Shuni nazarda tutish kerakki, toʻlanishi lozim boʻlgan davlat boji miqdori arz qilingan talabning xususiyatiga (mulkiy yoki nomulkiy) bogʻliq boʻladi va “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun bilan belgilangan stavkalar boʻyicha aniqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305347" id="-7305347">Daʼvo talabi mulkiy xususiyatga ega boʻlgan hollarda davlat boji miqdorini daʼvogar tomonidan koʻrsatilgan daʼvo bahosidan kelib chiqib, FPKning 129 va 130-moddalariga muvofiq sudya belgilaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305348" id="-7305348">Mulkiy xususiyatga ega boʻlgan bir nechta mustaqil talablardan iborat daʼvo arizalardan davlat boji umumiy daʼvo summasidan kelib chiqqan holda undiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305349" id="-7305349">Bir nechta mustaqil talablarni oʻz ichiga olgan nomulkiy xususiyatga ega boʻlgan daʼvo arizalardan har bir talab uchun alohida davlat boji undiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305350" id="-7305350">Bir vaqtning oʻzida mulkiy va nomulkiy xususiyatga ega boʻlgan mustaqil talablardan iborat boʻlgan arizalardan davlat boji har bir talab uchun alohida, mulkiy va nomulkiy xususiyatdagi arizalar uchun belgilangan stavkalar boʻyicha undiriladi. Masalan, nikohdan ajratish va mol-mulkni boʻlish haqidagi daʼvo talablari bitta arizada berilganda yoki uydan koʻchirish va uyga kiritish haqidagi talablar bitta ishga birlashtirilganda, davlat boji har bir talab boʻyicha alohida undiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305353" id="-7305353">Shu bilan birga, sudlarning eʼtibori, bir vaqtning oʻzida biri ikkinchisidan kelib chiqqan talablardan iborat boʻlgan arizalardan davlat boji faqat asosiy talab boʻyicha undirilishiga qaratilsin (masalan, qurilmani buzdirish va yerni oʻz holiga qaytarish; kredit shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish, kredit qarzdorligini undirish va undiruvni garov mulkiga qaratish; merosxoʻr deb topish, merosni taqsimlash va meros ulushlarini belgilash; uy-joyga kiritish va undan foydalanish huquqini belgilash; foydalanish huquqini yoʻqotgan deb topish va turar joydan koʻchirish haqidagi talablar va hokazo).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305386" id="-7305386">7. Agar sud tomonidan ish koʻrilishi jarayonida daʼvo bahosi koʻpaytirilgan boʻlsa, davlat boji daʼvoning koʻpaytirilgan summasidan kelib chiqqan holda hisoblanadi (“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun 19-moddasining sakkizinchi qismi).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305387" id="-7305387">Bunda, kelib chiqqan davlat bojidagi farq daʼvo rad qilinganda davlat foydasiga daʼvogardan, daʼvo toʻliq yoki qisman qanoatlantirilganda esa, javobgardan qanoatlantirilgan qismiga mutanosib ravishda undiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305388" id="-7305388">Sud qonunda belgilangan hollarda arz qilingan talablar doirasidan chetga chiqqanida ham davlat boji shunday tartibda hisoblanib, daʼvoning qanoatlantirilgan qismiga mutanosib ravishda javobgardan undiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305389" id="-7305389">Ish koʻrilishi jarayonida daʼvogar tomonidan daʼvo talablari kamaytirilgan hollarda, toʻlangan davlat boji qayta hisoblab chiqilmaydi va qaytarilmaydi (“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun 19-moddasining yettinchi qismi).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305390" id="-7305390">Sudlarning eʼtibori, dastlab davlat boji toʻlanmasdan (kechiktirish, boʻlib-boʻlib toʻlash, kamaytirish yoki ozod qilish hollarda) ish yuritishga qabul qilingan daʼvo ariza boʻyicha keyinchalik daʼvoning bahosi kamaytirilgan hollarda, davlat bojini undirish masalasi sudya tomonidan ish yakuni boʻyicha qaror qabul qilishda umumiy asoslarda hal qilinishi lozimligiga qaratilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305392" id="-7305392">8. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunning 19-moddasiga koʻra, davlat boji quyidagi hollarda umumiy asoslarda undiriladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305393" id="-7305393">qarshi daʼvo arizalardan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305394" id="-7305394">uchinchi shaxslarning ishga mustaqil daʼvo talablar bilan kirishganligi toʻgʻrisidagi arizalardan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305395" id="-7305395">Ishga kirishgan daʼvogarning huquqiy vorisidan davlat boji, agar u daʼvogar tomonidan toʻlanmagan boʻlsa, umumiy asoslarda undiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305396" id="-7305396">Bunda “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun 7-moddasining ikkinchi qismi va 8-moddasi qoidalari inobatga olinishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305410" id="-7305410">9. Daʼvo bir nechta daʼvogar tomonidan birgalikda bir yoki bir nechta javobgarga nisbatan taqdim etilganda davlat boji daʼvoning umumiy summasidan kelib chiqib hisoblanadi va daʼvogarlar tomonidan ular qoʻygan talablar ulushiga mutanosib tarzda toʻlanadi (“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun 19-moddasining oʻninchi qismi).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305412" id="-7305412">Bir daʼvogar tomonidan bir nechta javobgarga nisbatan daʼvo taqdim etilganda ham, shuningdek sudya tomonidan bir turdagi bir nechta talab bir ish yuritishga birlashtirilganda ham davlat boji daʼvoning umumiy summasidan kelib chiqqan holda undiriladi (“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun 19-moddasining oʻn birinchi qismi).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305415" id="-7305415">Birlashtirilgan bir yoki bir nechta daʼvo talablari sudya tomonidan alohida ish yuritishga ajratilganda, qonunchilik talablariga muvofiq toʻlangan davlat boji qayta hisoblab chiqilmaydi va qaytarilmaydi. U alohida ajratilgan ish yuritish boʻyicha hisobga olinadi va bu haqda sudya tomonidan tegishli maʼlumotnoma tuzilib, toʻlov hujjatining nusxasi bilan birga ish materiallariga qoʻshib qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305422" id="-7305422">10. Sudga ariza davlat boji toʻlovisiz kelib tushganda, sudya arizachi qonun bilan uni toʻlashdan ozod qilingan-qilinmaganligini tekshirishi shart.<br /></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305425" id="-7305425">Fuqarolik ishlari boʻyicha davlat boji toʻlashdan ozod qilingan jismoniy va yuridik shaxslar roʻyxati “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun 8-moddasining birinchi qismida belgilangan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305427" id="-7305427">Bunda “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunning 7-moddasiga koʻra, 2020-yil 1-yanvarga qadar qabul qilingan boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan va ushbu Qonunda nazarda tutilmagan davlat bojini toʻlashdan ozod qilish ushbu hujjatlarning amal qilish muddati tugaguniga qadar kuchda qolishi inobatga olinishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305429" id="-7305429">Agar arizachi qonun yoki boshqa qonunchilik hujjatlariga koʻra davlat bojini toʻlashdan ozod qilinmagan va arizada uni toʻlashni kechiktirish, kamaytirish, boʻlib-boʻlib toʻlash haqida iltimosnoma mavjud boʻlmasa, shuningdek pochta xarajatlari toʻlanmagan boʻlsa, sudya arizani qaytarish haqida ajrim chiqaradi (FPK 195-moddasi birinchi qismining 7-bandi). Ajrimda toʻlanishi lozim boʻlgan davlat boji, pochta xarajatlari summasi koʻrsatilishi va ushbu kamchilik bartaraf qilinganidan soʻng takroran murojaat qilish imkoniyati mavjudligi tushuntirilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305431" id="-7305431">FPK 133-moddasining ikkinchi qismi va 193-moddasiga muvofiq, sudya fuqarolik ishini qoʻzgʻatish bosqichida arizachining iltimosnomasi boʻyicha uning mulkiy ahvoliga qarab davlat bojini toʻlashni kechiktirishga, boʻlib-boʻlib toʻlashga yoki miqdorini kamaytirishga haqli boʻlib, bu haqda arizani ish yuritishga qabul qilish va ish qoʻzgʻatish haqidagi ajrimida yoxud arizachining iltimosnomasini qanoatlantirish haqidagi alohida ajrimda koʻrsatadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305432" id="-7305432">Iltimosnoma rad qilinganda, ariza va unga ilova qilingan hujjatlar sudyaning ajrimi bilan arizachiga qaytariladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305436" id="-7305436">11. “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun 8-moddasining ikkinchi qismida, ushbu modda birinchi qismining 10, 13<sup>2</sup>, 14, 33-36 va 37<sup>1</sup>-bandlarida koʻrsatilgan shaxslarning talablari qanoatlantirish toʻliq yoki qisman rad etilgan taqdirda, davlat boji shu shaxslardan talablarning qanoatlantirilishi rad etilgan miqdoriga mutanosib ravishda undirilishi nazarda tutilgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305437" id="-7305437">Shu bilan birga, “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun 19-moddasining yigirma uchinchi qismida davlat boji toʻlashdan ozod qilingan davlat organlari hamda boshqa shaxslar tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini koʻzlab bildirilgan talablarni qanoatlantirish rad etilgan yoki ular qisman qanoatlantirilgan taqdirda, davlat boji ariza qaysi shaxslarning manfaatlarini koʻzlab taqdim etilgan boʻlsa, shu shaxslardan daʼvo talablarning qanoatlantirilishi rad etilgan qismiga mutanosib ravishda undirilishi koʻrsatilgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305438" id="-7305438">Shundan kelib chiqib, sudlarga tushuntirilsinki, bunday talab FPK 138-moddasining beshinchi qismida ham belgilanganligidan kelib chiqib, davlat bojini toʻlashdan ozod etilgan davlat organlari va boshqa organlar, shuningdek tashkilotlarning yuridik shaxslar va fuqarolarning manfaatlarini koʻzlab taqdim etilgan daʼvo talablarini qanoatlantirish rad etilgan yoki ular qisman qanoatlantirilgan taqdirda, davlat boji manfaatlari koʻzlanib daʼvo taqdim etilgan shaxslardan (agar ular qonunga muvofiq davlat boji toʻlashdan ozod qilinmagan boʻlsa) daʼvo talablarining qanoatlantirilishi rad etilgan qismiga mutanosib ravishda undirilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305441" id="-7305441">Shu bilan birga, koʻrsatilgan davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan topshirilgan ariza, apellyatsiya, kassatsiya, taftish shikoyatlarini qabul qilishda, sudlar manfaatlari koʻzlangan yuridik va jismoniy shaxslarning bunday murojaat qilishga roziligi mavjudligini tekshirishlari lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305443" id="-7305443">12. FPK 133-moddasiga asosan ham jismoniy, ham yuridik shaxsdan davlat foydasiga undiriladigan sud xarajatlarini kechiktirish, boʻlib-boʻlib toʻlash yoki miqdorini kamaytirish masalasini hal qilishda, sud ularning bu xarajatlarni bir yoʻla yoki qisman toʻlashga qurbi yetmasligini tasdiqlovchi dalillar mavjudligini (masalan, ish haqi (daromadi), bankda mablagʻlari mavjud emasligi, arizachining oilasi kam taʼminlangan deb tan olinganligi toʻgʻrisidagi vakolatli organning maʼlumoti (maʼlumotnomasi) va hokazo) tekshirishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305445" id="-7305445">Yuridik shaxslar, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar davlat boji toʻlovini kechiktirish, kamaytirish, boʻlib-boʻlib toʻlash haqida iltimosnoma bilan murojaat qilib, unga bankning hisob raqamida pul mablagʻi mavjud emasligi yoki yetarli emasligi haqidagi maʼlumotnomani ilova qilganda, ushbu maʼlumotnoma sudga murojaat qilingan kundan koʻpi bilan uch kun oldingi sana bilan qayd etilgan boʻlishi lozimligi, bu muddatdan avvalgi sanadagi maʼlumotnoma inobatga olinmasligiga sudlarning eʼtibori qaratilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305449" id="-7305449">13. Davlat bojini qaytarish “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun 18-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan asoslarga muvofiq amalga oshiriladi. Davlat boji qonunda talab qilinganidan ortiqcha miqdorda toʻlangan boʻlsa, shu ortiqcha toʻlangan qismi qaytariladi. Qonunning ushbu moddasida qayd etilgan boshqa hollarda boj toʻliq miqdorda qaytarilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305452" id="-7305452">Sudlarning eʼtibori davlat boji summalarining qaytarilishi “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun 18-moddasining ikkinchi qismida belgilangan tartibda sud hujjatiga asosan amalga oshirilishiga qaratilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305453" id="-7305453">Agar daʼvogar davlat bojini toʻlab, sudga ariza bilan murojaat qilmagan boʻlsa, sudning ushbu holatni tasdiqlovchi maʼlumotnomasi uni qaytarish uchun asos boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305455" id="-7305455">Bunda sudlar pochta xarajatlarini qaytarish qonunda nazarda tutilmaganligini inobatga olishlari lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305458" id="-7305458">14. Sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, FPK 123-moddasining ikkinchi qismi talablariga muvofiq, sud FPK 122-moddasining 1, 3, 4 va 10<sup>3</sup>-bandlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha arizani koʻrmasdan qoldirganda, davlat bojini qaytarish masalasini hal qilishi va bu haqda ajrimda koʻrsatishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305460" id="-7305460">Bundan tashqari, “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun 18-moddasi birinchi qismining 5, 10, 11, 13 va 14-bandlari talablariga muvofiq, quyidagi hollarda ham davlat boji toʻliq yoki qisman qaytariladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305462" id="-7305462">agar ish sudga taalluqli boʻlmasa, ishni yuritish tugatilganda, bundan ish taalluqliligiga koʻra boshqa sudga koʻrib chiqish uchun oʻtkazilgan hollar mustasno;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305464" id="-7305464">ishda ishtirok etgan shaxs vafot etganida, agar nizoli huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yoʻl qoʻymasa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305465" id="-7305465">agar ishda ishtirok etayotgan yuridik shaxs tugatilgan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305466" id="-7305466">daʼvogar nizoni sudga qadar hal etish (eʼtiroz bildirish) tartibiga rioya etmaganda, agar bu hol qonunda ushbu toifadagi nizolar uchun yoki taraflarning shartnomasida nazarda tutilgan hamda bunday hal etish imkoniyati boy berilgan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305467" id="-7305467">sud buyrugʻini chiqarish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilish rad etilganda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305468" id="-7305468">Sud, FPKning tegishli moddalarida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha arizani koʻrmasdan qoldirganda yoki ish yuritishni tugatganda, davlat bojini qaytarish haqida ham oʻz ajrimida koʻrsatishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305469" id="-7305469">Shu bilan birga, ariza FPK 122-moddasi birinchi qismining 5, 6, 9 va 9<sup>1</sup>-bandlariga asosan koʻrmasdan qoldirilganda, daʼvo ariza berilganda kechiktirilgan yoki boʻlib-boʻlib toʻlash belgilangan davlat boji taraflardan undirilmasligi inobatga olinishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305470" id="-7305470">15. Sud tomonidan ilgari koʻrmasdan qoldirilgan takroran berilgan ariza boʻyicha davlat boji qaytadan umumiy asoslarda toʻlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305471" id="-7305471">Shu bilan birga, agar ariza koʻrmasdan qoldirilganligi munosabati bilan toʻlangan davlat boji qaytarilishi belgilangan boʻlib, amalda qaytarilmagan boʻlsa, u budjetga oʻtkazilgan kundan eʼtiboran Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining (bundan buyon matnda FK deb yuritiladi) 150-moddasida belgilangan umumiy daʼvo muddati davrida, davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisidagi dastlabki hujjat takroran berilgan arizaga ilova qilinishi mumkin (“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun 19-moddasining toʻrtinchi qismi).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305472" id="-7305472">Ushbu qoida ariza, apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyati qaytarilgan va takroran berilgan hollarga ham tatbiq etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305473" id="-7305473">16. Sud buyrugʻi bekor qilingan taqdirda undiruvchi tomonidan toʻlangan davlat boji qaytarilmaydi, biroq, u budjetga oʻtkazilgan kundan eʼtiboran FKning 150-moddasida belgilangan umumiy daʼvo muddati davrida, undiruvchi tomonidan qarzdorga nisbatan daʼvo ishi yuritish tartibida daʼvo qoʻzgʻatilgan taqdirda, toʻlangan davlat boji toʻlanishi lozim boʻlgan bojga qoʻshib hisoblanadi (“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun 19-moddasining toʻrtinchi va yigirma beshinchi qismi).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305475" id="-7305475">Sudlar inobatga olishlari kerakki, sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizani FPK 175-moddasida koʻrsatilgan asoslar bilan qabul qilish rad etilganda toʻlangan davlat boji qaytarilishi belgilangan boʻlib, amalda qaytarilmagan boʻlsa ham, davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisidagi dastlabki hujjat davlat boji budjetga oʻtkazilgan kundan eʼtiboran umumiy daʼvo muddati doirasida berilgan daʼvo arizaga ilova qilinishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305476" id="-7305476">17. Sudlarning eʼtibori qaratilsinki, fuqarolik ishlarini koʻrish bilan bogʻliq chiqimlarga:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305477" id="-7305477">guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar va tarjimonlarga toʻlanishi lozim boʻlgan summalar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305478" id="-7305478">joyga borib koʻzdan kechirish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305481" id="-7305481">FPK 165-moddasida nazarda tutilgan hollarda javobgarni qidirish uchun qilingan xarajatlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305482" id="-7305482">sud xabarnomalarini va sud hujjatlarini yuborish bilan bogʻliq pochta xarajatlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305483" id="-7305483">sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305484" id="-7305484">sud tomonidan tan olingan boshqa zarur xarajatlar kiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305485" id="-7305485">Boshqa sud xarajatlariga (FPK 132-moddasi birinchi qismining 5-bandi) sud tomonidan oqilona miqdorlarda belgilanadigan, amalda yoʻqotilgan vaqt uchun undiriladigan kompensatsiya, vakilning yordami uchun toʻlanadigan xarajatlar va hokazolar kiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305488" id="-7305488">18. FPK 135-moddasida ishni koʻrish bilan bogʻliq chiqimlarni toʻlash taraflar zimmasiga yuklatilganligi sababli, ishni sud muhokamasiga tayyorlashda yoki sud muhokamasi davomida taraflar tomonidan ushbu mablagʻlarni sudning depozit hisobvaragʻiga oldindan kiritish choralarini koʻrish lozimligiga sudlarning eʼtibori qaratilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305489" id="-7305489">Sud chiqimlarining taraflar tomonidan oldindan kiritilmaganligi guvohni, ekspertni, mutaxassisni chaqirish, joyiga borib koʻzdan kechirish haqidagi iltimosnomani, agar bu tomonlarning huquq va majburiyatlarini, ishning haqiqiy holatlarini har tomonlama, toʻla va xolisona aniqlash uchun zarur boʻlsa, qanoatlantirishni rad etish uchun asos boʻlmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305490" id="-7305490">Bunday holda ishni koʻrish bilan bogʻliq sarf qilingan chiqimlar, FPK 141-moddasida belgilangan qoidalar boʻyicha sud hujjati qabul qilinayotganda undiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7305491" id="-7305491">Shu bilan birga, FPK 132-moddasining uchinchi qismiga muvofiq, sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar summasi sud tomonidan belgilanishi va ishda ishtirok etuvchi shaxslardan ishni koʻrish natijalariga koʻra undirilishi lozimligi inobatga olinsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7306092" id="-7306092">19. Tushuntirilsinki, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlarga toʻlanishi lozim boʻlgan summalar va ularni toʻlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-oktabrdagi 570-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlarni hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom bilan belgilangan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7306093" id="-7306093">20. Nazarda tutish lozimki, sud qarorini ijro qilish bilan bogʻliq xarajatlar deganda, Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 75-moddasida nazarda tutilgan xarajatlar tushuniladi. Ularni qoplash mazkur Qonunning 77-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7306095" id="-7306095">21. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, FPK 137-moddasida nazarda tutilgan amalda yoʻqotilgan vaqt uchun haq sud tomonidan ishda mavjud hujjatlar asosida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7306096" id="-7306096">daʼvogardan — insofsizlik bilan asossiz daʼvo taqdim etilganda yoxud ishning toʻgʻri va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishiga muntazam qarshilik qilganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7306097" id="-7306097">javobgardan — insofsizlik bilan daʼvoga qarshi nizolashganda yoxud ishning toʻgʻri va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishiga muntazam qarshilik qilganda undirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7306099" id="-7306099">22. Umumiy qoidaga koʻra, ish boʻyicha sud xarajatlari nizoda nohaq boʻlib chiqqan tarafdan undiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7306100" id="-7306100">Sud xarajatlarini taraflar oʻrtasida taqsimlash va ularni davlat foydasiga undirish FPK 136 — 141-moddalari bilan tartibga solinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7306101" id="-7306101">Shu sababli, sud (sudya) sud xarajatlarini undirish masalasini muhokama qilib, sud hujjatining asoslantiruvchi qismida tegishli xulosalar qilishi va nafaqat undiruvga boʻlgan huquqni, balki ish boʻyicha taraflardan undirilishi kerak boʻlgan aniq summani belgilab, uni sud hujjatining xulosa qismida koʻrsatishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7306102" id="-7306102">23. Davlat bojini toʻlashdan ozod qilingan daʼvogar tomonidan taqdim etilgan daʼvo toʻliq yoki qisman qanoatlantirilganda, davlat boji javobgardan, agar u qonunga muvofiq davlat boji toʻlashdan ozod qilinmagan boʻlsa, arz qilingan talablarning qanoatlantirilgan qismiga mutanosib ravishda davlat daromadiga undiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7306103" id="-7306103">Davlat bojini toʻlashdan ozod qilingan bir nechta daʼvogarlar tomonidan bir nechta javobgarlarga nisbatan taqdim etilgan daʼvo toʻliq yoki qisman qanoatlantirilganda, qanoatlantirilgan qismiga mutanosib ravishda davlat boji har bir javobgardan alohida, undan undirilgan summadan kelib chiqqan holda davlat foydasiga undiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7306104" id="-7306104">Tushuntirilsinki, daʼvogar arz qilgan talablaridan voz kechsa yoki daʼvo arizani koʻrmasdan qoldirish haqida ariza bersa, u tomonidan qilingan xarajatlar javobgar tomonidan qoplanmaydi, javobgar daʼvogarning talablarini ixtiyoriy qanoatlantirganligi holatlari bundan mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7306105" id="-7306105">Davlat bojini toʻlashdan ozod qilingan daʼvogar oʻz daʼvo talablaridan ular javobgar tomonidan ixtiyoriy ravishda toʻliq yoki qisman qanoatlantirilganligi oqibatida voz kechganligi sababli ish yuritish tugatilgan yoxud shu asos bilan daʼvogarning arizasiga binoan daʼvo ariza koʻrmasdan qoldirilgan hollarda, davlat boji javobgardan davlat budjetiga undirilishi lozim (“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun 19-moddasining oʻn toʻrtinchi qismi).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7306106" id="-7306106">Sudlarning eʼtibori, “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun 19-moddasining oltinchi qismiga muvofiq ishni sud muhokamasiga tayyorlash muddati tugagunga qadar daʼvogar daʼvodan voz kechganligi, taraflar oʻrtasida kelishuv bitimi tuzilganligi munosabati bilan alimentlarni undirish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha ish yuritish tugatilgan holda, javobgardan davlat boji undirilmasligiga qaratilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7306107" id="-7306107">24. Daʼvo qanoatlantirilib, javobgarlar zimmasiga solidar javobgarlik yuklatilganda, sud javobgarlardan davlat bojini ham solidar tartibda undiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7306109" id="-7306109">Bu qoida fuqarolik ishini koʻrish bilan bogʻliq chiqimlarni undirishga ham tatbiq etiladi, bundan protsessual sherik ishtirokchining talabi bilan va faqat uning manfaatida amalga oshirilgan protsessual harakatlar uchun qilingan va boshqa protsessual sherik ishtirokchilar tomonidan qoplanmaydigan xarajatlar mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7306110" id="-7306110">25. Sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, fuqarolik ishlarining alohida toifalari boʻyicha daʼvo bahosini belgilashning xususiyatlari FPKning 129-moddasida nazarda tutilgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7306111" id="-7306111">Jumladan:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7306112" id="-7306112">aliment undirish haqidagi barcha daʼvolardan (bola, ota-ona, er-xotin va boshqalar taʼminoti uchun) davlat boji bir yil uchun aliment toʻlovlarining jami summasidan, agar aliment undirilgan muddat bir yildan oshmasa, shu davr uchun aliment toʻlovlari jami summasidan hisoblab chiqiladi. Toʻlovlar summasi javobgarning oxirgi ish joyidagi oʻrtacha oylik ish haqi (daromadi)dan kelib chiqib aniqlanadi. Javobgar ishlamagan taqdirda, davlat bojini hisoblash uchun toʻlovlar summasi Oʻzbekiston Respublikasida amalda boʻlgan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7306113" id="-7306113">aliment qarzini toʻlashdan ozod qilish, aliment miqdorini oʻzgartirish (kamaytirish yoki koʻpaytirish) haqidagi daʼvolar boʻyicha davlat boji toʻlovlar kamaygan, koʻpaygan yoki bekor qilingan, ammo bir yildan ortiq boʻlmagan davr uchun belgilangan summadan kelib chiqqan holda belgilanadi va daʼvogardan undiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7306217" id="-7306217">26. “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun 19-moddasi birinchi qismining ikkinchi xatboshiga muvofiq, shartnomalarni haqiqiy emas deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi, shartnomalarni bekor qilish toʻgʻrisidagi yoki ularning shartlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi daʼvo arizalariga shartnoma toʻlaligicha yoki uning biron-bir qismi nizolashilayotganligidan qatʼi  nazar, shartnoma oldi nizolari boʻyicha arizalar uchun belgilangan stavkalar boʻyicha davlat boji toʻlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7306219" id="-7306219">Sudlarning eʼtibori, “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun bilan belgilangan davlat boji stavkalarining fuqarolik ishlari boʻyicha sudlariga oid qismida shartnoma oldi nizolari boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan davlat boji stavkalari belgilanmaganligi hamda FPK 129-moddasining 2-bandida mol-mulkni talab qilib olish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha daʼvoning bahosi talab qilinayotgan mol-mulkning qiymatiga qarab belgilanishi nazarda tutilganligi sababli, shartnomani haqiqiy emas deb topish yoki bekor qilish haqidagi talablar yuzasidan nizolashilayotgan shartnomada koʻrsatilgan pul qiymati (shartnoma bahosi) daʼvo bahosi hisoblanishi va davlat boji mulkiy xususiyatga ega daʼvo arizalar uchun qonunda belgilangan stavka boʻyicha toʻlanishi lozimligiga qaratilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7306221" id="-7306221">Shu bilan birga, shartnoma shartlarini oʻzgartirish yoki unga qoʻshimcha kiritish haqidagi talablar boʻyicha soʻralayotgan qoʻshimcha yoxud oʻzgartirish shartnoma qiymatiga taʼsir qiladigan miqdoridan, qiymat jihatidan baholanmaydigan talablar arz qilingan holda esa nomulkiy xususiyatga ega talab uchun belgilangan stavkalardan kelib chiqib davlat boji belgilanishi lozimligi tushuntirilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7306223" id="-7306223">Shuningdek, sudlarning eʼtibori bitta nizo predmeti boʻyicha bir nechta bitimlar nizolashilganda, daʼvoning bahosi nizo predmetining qiymatidan kelib chiqib belgilanishiga qaratilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7306295" id="-7306295">27. Mol-mulkka nisbatan meros qilib olish huquqi toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qilinganda, davlat boji sud tomonidan mol-mulkning umumiy qiymatidan kelib chiqqan holda hisoblanadi va vorislarning har biridan uning ulushiga mutanosib ravishda undiriladi (“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun 19-moddasining oʻn oltinchi qismi).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7306296" id="-7306296">Bunda davlat bojini hisoblash uchun mol-mulkning umumiy qiymatiga quyidagilar kirmaydi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7306297" id="-7306297">shaxsiy va mulkiy sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurta summasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7306298" id="-7306298">banklarda saqlanayotgan omonat summalari va obligatsiyalar qiymati;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7306299" id="-7306299">daromad summalari (mehnat haqlari), shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻidagi pul mablagʻlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7306300" id="-7306300">asar muallifining mulkiy huquqlari, asarni yaratish hamda undan foydalanish mualliflik haqi summalari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7306301" id="-7306301">vasiyatnoma va hadya shartnomalari boʻyicha davlat va yuridik shaxslarga oʻtayotgan mol-mulk qiymati;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7306303" id="-7306303">Vatanni himoya qilish, davlat yoki jamiyat oldidagi boshqa majburiyatlarni bajarish munosabati bilan yoki inson hayotini qutqarish, davlat mulkini va huquq tartibotni muhofaza qilish boʻyicha fuqarolik burchini bajarish paytida vafot etgan shaxslarning mol-mulki;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7306306" id="-7306306">uy-joy (kvartira) yoki uy-joy qurilish shirkatidagi pay, basharti vorislar shu uy-joy (kvartira)da meros qoldiruvchi bilan birga yashab kelishgan, u vafot etgan kunga qadar roʻyxatdan (propiskadan) oʻtishgan va meros qoldiruvchi vafotidan soʻng ham yashashni davom ettirishayotgan boʻlsalar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7306310" id="-7306310">28. FPK 262-moddasi birinchi qismining 3-bandi talablariga koʻra, sud xarajatlarini undirish masalasiga doir qoʻshimcha hal qiluv qarori faqat hal qiluv qarorining xulosa qismida sud xarajatlarini taqsimlash nazarda tutilmagan holda chiqarilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7306311" id="-7306311">29. Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun 8-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar sud hujjatlari ustidan apellyatsiya, kassatsiya, taftish shikoyati bilan murojaat qilganda davlat bojini toʻlashdan ozod etilgan.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7533201" id="edi-7533201"><a href="/en/acts/-7305182?ONDATE=16.12.2024 00#-7533200">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7533201" id="-7533201"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7533202" id="-7533202">Apellyatsiya, kassatsiya shikoyati, taftish tartibidagi shikoyatni qanoatlantirish rad etilgan taqdirda, sud “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun 8-moddasining <a href="/en/acts/-4680944#-7401546">ikkinchi qismi </a>talablaridan kelib chiqib, davlat boji masalasini hal qilishi lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7533203" id="-7533203">(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli <a href="/en/acts/-7521398?ONDATE=29.04.2025 00#-7521836">qaroriga </a>asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7306312" id="-7306312">Apellyatsiya, kassatsiya, taftish shikoyatidan voz kechilganligi sababli shikoyat boʻyicha ish yuritish tugatilganda, toʻlangan davlat boji qaytarilmaydi, agar shikoyat berishda davlat boji toʻlanmagan boʻlsa, davlat boji shikoyat bergan shaxsdan undiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7306313" id="-7306313">30. Apellyatsiya, kassatsiya va taftish sud instansiyalari fuqarolik ishlarini koʻrishda quyi sudlar tomonidan sud xarajatlarini undirishda yoʻl qoʻyilgan xatolarni tuzatish choralarini koʻrishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7306314" id="-7306314">31. Yuqori instansiya sudi tomonidan sud hujjati bekor qilinib, ish yangidan koʻrish uchun yuborilganda, sud xarajatlarini taqsimlash masalasi ishni yangidan koʻrayotgan sud tomonidan, dastlab toʻlangan (undirilgan) davlat boji va daʼvo talablarining qanoatlantirilgan miqdori hisobga olingan holda, hal etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7306315" id="-7306315">32. Sud xarajatlari notoʻgʻri undirilgan holatlar aniqlanganda, apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyalari sudlari protsessual qonunda koʻrsatilgan hollarda va tartibda sud xarajatlarini undirishga, undirilgan summa miqdorini kamaytirishga yoki ularni qayta taqsimlashga, shuningdek, “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunda va boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ularni toʻlashdan ozod qilishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7306318" id="-7306318">33. FPK 419<sup>15</sup>-moddasida Oliy sudning sudyasi taftish tartibidagi shikoyatni oʻrganish davomida yuridik ahamiyatga molik boʻlgan bir qator harakatlarni amalga oshirishi, shu jumladan, taftish tartibidagi shikoyatni zarur boʻlgan hollarda ishni talab qilib olgan holda oʻrganishi, oʻrganish natijalari boʻyicha sud hujjatlarini taftish tartibida tekshirish uchun asoslar mavjud boʻlmasa, shikoyatni sudlov hayʼatiga koʻrib chiqish uchun oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida ustidan shikoyat qilinishi mumkin boʻlgan protsessual hujjat (ajrim) chiqarishi nazarda tutilgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7306320" id="-7306320">Shunga koʻra, “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun 3-moddasining birinchi qismi va 5-moddasining 1-bandiga asosan, davlat boji oldindan toʻlanmagan yoki kam miqdorda (toʻlovni kechiktirish, kamaytirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash belgilangan boʻlsa) toʻlangan holda topshirilgan taftish tartibidagi shikoyat sudlov hayʼatiga koʻrib chiqish uchun oʻtkazish rad etilganda ham davlat bojini undirish masalasi sudya tomonidan umumiy asoslarda hal qilinishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7306321" id="-7306321">34. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari davlat soliq xizmati organlari bilan birgalikda davlat boji tushumlari hisobga olinishi yuzasidan muntazam ravishda taqqoslash oʻtkazishlari, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻrishlari lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7306322" id="-7306322">35. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2009-yil 24-noyabrdagi “Fuqarolik ishlari boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti toʻgʻrisida”gi 14-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-7306324" id="-7306324">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi B. ISLAMOV</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-7306326" id="-7306326"><strong>Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi N. XAKIMOVA</strong></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-7306328" id="-7306328">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-7306331" id="-7306331">2024-yil 16-dekabr,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-7306333" id="-7306333">37-son</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
