|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 27.06.2016
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 1994 YIL 26 FEVRALDAGI 98-SON VA 1991-YIL 6 MARTDAGI 59-SON QARORLARIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-iyundagi 210-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 15-maydagi PF-4725-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Iqtisodiy islohotlarning sifat jihatidan yangi bosqichga o‘tishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 26-fevraldagi 98-son qarorining 7-bandidan “go‘sht, choy” so‘zlari chiqarib tashlansin;
Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 6-martdagi 59-son qarori 3-bandining uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin;
“normalashtirilgan tovarlar ro‘yxatiga kiritilmagan oziq-ovqat tovarlari bilan ta’minlash mahalliy sharoitlarni, tovar resurslari mavjudligini, iste’mol bozoridagi talab va taklifni hisobga olgan holda amalga oshirilsin”.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.MUTALOV
Toshkent sh.,
1994-yil 15-sentabr,
467-son