

<!DOCTYPE html>

<html lang="en-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/en/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-6877317" id="onLBC-6877317">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7601"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.06.00 Maʼmuriy sudlar]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-6877317" id="onLS-6877317">[<b>TSZ:</b><div id="LS3800"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Sud tuzilishi]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-6877345" id="-6877345">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-6877346" id="-6877346">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-6877347" id="-6877347">Sudlar tomonidan maʼmuriy ishlarni apellyatsiya, kassatsiya tartibida koʻrishning ayrim masalalari toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6877348" id="-6877348"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877349" id="-6877349">Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligi munosabati bilan, shuningdek, qonun normalarini bir xilda va toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning <a href="/en/acts/-5534923#-5536944">22-moddasiga</a> asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877350" id="-6877350">1. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, maʼmuriy ishni apellyatsiya, kassatsiya tartibida qayta koʻrib chiqish sud hujjatining qonuniyligi va asosliligini tekshirishni taʼminlovchi muhim huquqiy institut hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877351" id="-6877351">2. Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi (bundan buyon matnda MSIYUtK deb yuritiladi) <a href="/en/acts/-3527353#-3531300">200</a>, <a href="/en/acts/-3527353#-6720736">224-moddalariga</a> muvofiq apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudida ish:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877352" id="-6877352">arizachi, javobgar, uchinchi shaxslarning shikoyati;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877353" id="-6877353">ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslarning shikoyati;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877354" id="-6877354">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilning shikoyati, bundan tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan nizolar mustasno;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877355" id="-6877355">Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi palata aʼzolarining manfaatlarini koʻzlab bergan shikoyati;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877356" id="-6877356">fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida ariza bergan davlat organlari va boshqa shaxslarning shikoyati (MSIYUtK 47-moddasining <a href="/en/acts/-3527353#-5489155">birinchi qismi</a>);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877357" id="-6877357">prokurorning protesti boʻyicha yuritiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877358" id="-6877358">Sud hujjati ustidan apellyatsiya, kassatsiya tartibida shikoyat qilish huquqiga, shuningdek, taraflar, uchinchi shaxslar hamda ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxsning huquqiy vorislari ham ega.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877359" id="-6877359">Ishda ishtirok etuvchi shaxsning vakili, shu jumladan, advokat, agar bunday huquq vakolat beruvchi tomonidan berilgan ishonchnomada maxsus koʻrsatilgan boʻlsagina, sud hujjati ustidan apellyatsiya, kassatsiya tartibida shikoyatni imzolashga haqli (MSIYUtK 62-moddasining <a href="/en/acts/-3527353?ONDATE=01.04.2018 00#-3529272">ikkinchi qismi</a>).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877360" id="-6877360">3. Sudlarga tushuntirilsinki, sudning ajrimi ustidan MSIYUtKda nazarda tutilgan hollarda, shuningdek, ajrim ishning kelgusidagi harakatiga toʻsqinlik qilgan taqdirda, sudning hal qiluv qaroridan alohida tarzda shikoyat (protest) qilinishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877361" id="-6877361">Boshqa ajrimlar ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) berilmaydi, lekin bu ajrimlarga qarshi eʼtirozlar sudning hal qiluv qarori ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatiga (protestiga) kiritilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877362" id="-6877362">Agarda ustidan shikoyat berish nazarda tutilmagan ajrimda MSIYUtKda shikoyat qilish nazarda tutilgan protsessual masalalar hal etilgan boʻlsa, ajrimning shu qismi boʻyicha shikoyat (protest) qilinishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877363" id="-6877363">4. Apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining nomiga yoʻllanadi, lekin sud hujjatini qabul qilgan sudga beriladi (MSIYUtK 202-moddasining <a href="/en/acts/-3527353#-3531331">birinchi qismi</a>, 226-moddasining <a href="/en/acts/-3527353#-6720757">birinchi qismi</a>).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877364" id="-6877364">Sud hujjatini qabul qilgan sud apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini (protestini) u kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudiga ish bilan birga yuborishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877365" id="-6877365">Shuni eʼtiborga olish kerakki, sud hujjatini qabul qilgan sudga apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti)ga aloqador qoʻshimcha hujjatlar yoki boshqa shaxslardan apellyatsiya, kassatsiya shikoyati kelib tushgan taqdirda, ular kelib tushgan kunning ertasidan kechiktirmay shikoyat (protest) koʻrib chiqilayotgan tegishli sud instansiyasiga yuborilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877366" id="-6877366">Agar apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) sud hujjatini qabul qilgan sudni chetlab oʻtgan holda yuborilgan boʻlsa, u sudya tomonidan qaytariladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877367" id="-6877367">Sud ajrimida shikoyat (protest) sud hujjatini qabul qilgan sud orqali berilishi lozimligi haqida koʻrsatilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877368" id="-6877368">5. Agar shikoyatni qabul qilishda sudyada shikoyatni imzolagan shaxsda taʼsis hujjatlariga muvofiq, uni imzolash huquqi mavjudligi borasida shubha tugʻilsa, sudya apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini ish yuritishga qabul qiladi va ajrimda shikoyatni imzolash vakolatini tasdiqlovchi dalillarni taqdim etishni taklif qiladi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7531535" id="edi-7531535"><a href="/en/acts/-6877317?ONDATE=25.03.2024 00#-6877370">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7531535" id="-7531535"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7531543" id="-7531543">Bunday dalil taqdim etilmaganda, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi shikoyatni MSIYUtK 213-moddasining <a href="/en/acts/-3527353#-3531503">birinchi qismi</a>, 237-moddasining <a href="/en/acts/-3527353#-6720951">birinchi qismiga</a> asosan, koʻrmasdan qoldiradi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7531544" id="-7531544">(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli <a href="/en/acts/-7521398?ONDATE=29.04.2025 00#-7521949">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877371" id="-6877371">Shikoyatni imzolashda faksimiledan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi, qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877372" id="-6877372">6. Apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati oʻtishining boshlanishi, tegishlicha, sud hujjati qabul qilingan yoki qonuniy kuchga kirgan kundan hisoblanadi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7531545" id="edi-7531545"><a href="/en/acts/-6877317?ONDATE=25.03.2024 00#-6877373">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7531545" id="-7531545"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7531546" id="-7531546">MSIYUtK 162-moddasining <a href="/en/acts/-3527353#-3530818">beshinchi</a> va <a href="/en/acts/-3527353#-3530819">oltinchi qismlari </a>mazmuniga koʻra, qoʻshimcha hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati ham asosiy hal qiluv qarori qabul qilingan yoki qonuniy kuchga kirgan kundan hisoblanadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7531547" id="-7531547">(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli <a href="/en/acts/-7521398?ONDATE=29.04.2025 00#-7521950">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877374" id="-6877374">7. Agar apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) pochta yoki Oliy sud axborot tizimlari orqali protsessual muddatning oxirgi kuni soat yigirma toʻrtga qadar joʻnatilgan boʻlsa, muddat oʻtmagan hisoblanadi. Bunday holda apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) berish sanasi aloqa xati qabul qilinganligini tasdiqlovchi konvertdagi shtamp, buyurtma xat qabul qilinganligi haqidagi kvitansiya yoxud boshqa belgi boʻyicha aniqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877377" id="-6877377">8. Apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) berishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklash haqidagi iltimosnoma apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) bilan birga beriladi. Qayd etilgan protsessual muddatni tiklash haqidagi iltimosnoma bevosita apellyatsiya, kassatsiya shikoyatida (protestida) ham koʻrsatilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877378" id="-6877378">Agar apellyatsiya, kassatsiya shikoyati berish muddatini tiklash haqidagi iltimosnoma bilan bir vaqtda boshqa iltimosnomalar (misol uchun sud xarajatlarini toʻlashni kechiktirish, sud hujjatlarining ijrosini toʻxtatib turish, dastlabki himoya choralarini koʻrish haqida) kelib tushgan hollarda dastlab shikoyat berish muddatini tiklash masalasi hal etilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877380" id="-6877380">9. Tushuntirilsinki, protsessual harakatlarni amalga oshirishga toʻsqinlik qiluvchi obyektiv holatlar muddat oʻtkazilishini uzrli deb topishga asos boʻlishi mumkin (masalan, favqulodda holatlar, cheklovchi tadbirlar (karantin), suv toshqinlari, epidemiyalar, pandemiya, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqida sud qaror qabul qilgan shaxsning sud hujjatidan bexabarligi va boshqalar).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877381" id="-6877381">10. Sudlarga tushuntirilsinki, oʻtkazib yuborilgan apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati shikoyat (protest) berayotgan shaxsning iltimosnomasiga koʻra apellyatsiya, kassatsiya instansiya sudining sudyasi tomonidan, basharti iltimosnoma apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati oʻtgan kundan eʼtiboran uch oydan kechiktirmay berilgan boʻlsa va oʻtkazib yuborilgan muddat sud tomonidan uzrli deb topilsa, tiklanishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877384" id="-6877384">11. Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati uzrli deb topilgan sabablarga asosan tiklanganda, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar tomonidan oʻtkazib yuborilgan muddatni, oʻtkazib yuborilishi sabablaridan qatʼiy nazar, tiklash toʻgʻrisidagi masalani qoʻshimcha ravishda koʻrib chiqish talab etilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877385" id="-6877385">Bu shaxslarning apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) tegishincha MSIYUtK <a href="/en/acts/-3527353#-3531360">204</a>, <a href="/en/acts/-3527353#-3531387">206</a>, <a href="/en/acts/-3527353#-3531892">228</a>, <a href="/en/acts/-3527353#-3531907">230-moddalarining</a> talablariga rioya etgan holda apellyatsiya, kassatsiya muhokamasi tugaguniga qadar apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudiga berilishi va umumiy asoslarda koʻrib chiqilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877386" id="-6877386">12. Sudlar shuni eʼtiborga olishi kerakki, MSIYUtK 210-moddasining <a href="/en/acts/-3527353#-3531448">birinchi qismi</a>, 234-moddasining <a href="/en/acts/-3527353#-6720920">birinchi qismida</a> nazarda tutilgan apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish asoslarining roʻyxati tugal hisoblanadi va kengaytirilgan tarzda talqin qilinmaydi. Agar shikoyatni (protestni) qaytarish uchun bir nechta asoslar mavjud boʻlsa, ajrimda ushbu asoslarning har biri koʻrsatilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877387" id="-6877387">Ajrim bilan, shuningdek, shikoyatni (protestni) bergan shaxsga koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilgach, apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) bilan sudga umumiy tartibda yangidan murojaat qilish huquqi tushuntirilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877388" id="-6877388">13. Ish apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudida koʻrilayotganda sud hujjatiga nisbatan ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslardan shikoyat (protest) kelib tushganda, u dastlab qabul qilingan shikoyat (protest) bilan birga koʻrib chiqiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877389" id="-6877389">14. Sudlarga tushuntirilsinki, sud qarorining ijrosi apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi sudyasi tomonidan MSIYUtK 212-moddasining <a href="/en/acts/-3527353#-3531497">uchinchi qismi</a>, MSIYUtK 236-moddasining <a href="/en/acts/-3527353#-6720951">birinchi qismida</a> belgilangan muddatga va faqat ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomalariga asosan toʻxtatilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877391" id="-6877391">Sud hujjati ijrosini toʻxtatib turish yoki uning ijrosini toʻxtatib turishni rad etish haqida sudya apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda yoxud alohida ajrimda koʻrsatishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877392" id="-6877392">Shikoyat (protest) ish yuritishga qabul qilinganidan soʻng, hal qiluv qarorining ijrosini toʻxtatib turish haqida iltimosnoma kelib tushganda, ushbu masala sudlov hayʼati tomonidan hal etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877393" id="-6877393">Sud hujjati ijrosini toʻxtatib turishni bekor qilish toʻgʻrisida ishni mazmunan koʻrish natijalari boʻyicha apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi qarorining xulosa qismida yoxud alohida ajrimda koʻrsatilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877394" id="-6877394">15. Shuni nazarda tutish lozimki, qonunga koʻra, apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish, apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish asoslari va huquqiy oqibatlari bir-biridan farq qiladi. Xususan, apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) MSIYUtK <a href="/en/acts/-3527353#-3531500">213</a>, <a href="/en/acts/-3527353#-3531987">237-moddalarida</a> nazarda tutilgan asoslar boʻyicha koʻrmasdan qoldirilganda, apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish uchun asos boʻlgan holatlar bartaraf qilingandan soʻng shikoyat (protest) yangidan berilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877395" id="-6877395">MSIYUtK 214-moddasining <a href="/en/acts/-3527353#-3531517">birinchi qismi</a>, 238-moddasining <a href="/en/acts/-3527353#-3532002">birinchi qismida</a> nazarda tutilgan asoslarga koʻra, apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritish tugatilganda, ayni bir shaxsning ayni shu asoslar boʻyicha apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) bilan sudga takroran murojaat qilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877396" id="-6877396">16. Birinchi instansiya sudi tomonidan talablarning bir qismi koʻrmasdan qoldirilgan yoki ish yuritish tugatilgan hollarda, sud ish hal qiluv qaroriga nisbatan apellyatsiya, kassatsiya shikoyatiga (protestiga) asosan koʻrish tamomlanguniga qadar ishda ishtirok etuvchi shaxslarga bunday ajrimlar ustidan shikoyat keltirish huquqini tushuntirishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877397" id="-6877397">17. MSIYUtK <a href="/en/acts/-3527353#-3531557">216</a>, <a href="/en/acts/-3527353#-3532051">240-moddalariga</a> muvofiq, apellyatsiya, kassatsiya shikoyati bergan shaxs sud hujjati chiqarilguniga qadar shikoyatdan voz kechishga, protest keltirgan prokuror yoki yuqori turuvchi prokuror protestni chaqirib olishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877398" id="-6877398">Shikoyatdan voz kechish (protestni chaqirib olish) munosabati bilan apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish masalasi apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan sud majlisida hal qilinadi. Bunday holatda sud shikoyatdan voz kechgan (protestni chaqirib olgan) shaxsning vakolatini tekshirishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877400" id="-6877400">Apellyatsiya, kassatsiya shikoyatidan voz kechish qonunchilik hujjatlariga zid boʻlgan yoki boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzadigan hollarda, sud uni qabul qilmaydi va ishni mazmunan koʻradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877401" id="-6877401">Shikoyatdan voz kechish qabul qilingan, protest qaytarib olingan hollarda, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya, kassatsiya tartibida ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi, ish boʻyicha boshqa shikoyat (protest) mavjud boʻlgan hollar bundan mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877402" id="-6877402">Sud hujjatiga nisbatan boshqa shaxslar tomonidan shikoyat (protest) berilganligi bu shaxslarning shikoyatdan voz kechishini (protestni qaytarib olishini) qabul qilmaslikka asos boʻlmaydi. Bunday holda voz kechilgan shikoyat (qaytarib olingan protest) qismi boʻyicha ish yuritish tugatilib, boshqa shaxsning shikoyati (prokurorning protesti) umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877403" id="-6877403">18. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi MSIYUtK <a href="/en/acts/-3527353#-3531566">217</a>, <a href="/en/acts/-3527353#-3532060">241-moddalarig</a>a muvofiq birinchi instansiya sudi sud hujjatining qonuniyligi va asosliligini toʻliq hajmda tekshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877404" id="-6877404">Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi yangi dalillarni oʻrganib chiqishi va yangi faktlarni aniqlashi mumkin.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7531548" id="edi-7531548"><a href="/en/acts/-6877317?ONDATE=25.03.2024 00#-6877405">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7531548" id="-7531548"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7531549" id="-7531549">Sud hujjatini toʻliq hajmda tekshirish deganda, shikoyat (protest) vajlaridan qatʼiy nazar, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida, birinchi instansiya sudi tomonidan ishning haqiqiy holatlari aniqlaganligini, moddiy va protsessual huquq normalari toʻgʻri qoʻllanilganligini tekshirish tushuniladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7531550" id="-7531550">(18-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli <a href="/en/acts/-7521398?ONDATE=29.04.2025 00#-7521953">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6877406" id="-6877406"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7531552" id="edi-7531552"><a href="/en/acts/-6877317?ONDATE=25.03.2024 00#-7531551">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7531552" id="-7531552"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7531553" id="-7531553">19. MSIYUtK <a href="/en/acts/-3527353#-3531616">220</a>, <a href="/en/acts/-3527353#-6721431">244-moddalariga</a> muvofiq, ishni apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudida koʻrishda quyidagilar aniqlanishi lozim:</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7531554" id="-7531554">(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli <a href="/en/acts/-7521398?ONDATE=29.04.2025 00#-7521954">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877407" id="-6877407">birinchi instansiya sudi ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarni toʻliq tekshirgan-tekshirmaganligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877408" id="-6877408">sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlar isbotlangan-isbotlanmaganligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877409" id="-6877409">sudning hal qiluv qarorida, ajrimida, qarorida bayon etilgan xulosalar ish holatlariga muvofiqligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877410" id="-6877410">barcha bildirilgan talablar boʻyicha sud hujjati qabul qilingan-qilinmaganligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877411" id="-6877411">moddiy va (yoki) protsessual huquq normalari buzilgan-buzilmaganligi, ular toʻgʻri qoʻllanilgan-qoʻllanilmaganligi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877412" id="-6877412">20. MSIYUtK 220-moddasi beshinchi qismining <a href="/en/acts/-3527353#-6725582">2</a>, <a href="/en/acts/-3527353#-6725583">3 </a>va <a href="/en/acts/-3527353#-6725591">6-bandlari</a>, 244-moddasi beshinchi qismining <a href="/en/acts/-3527353#-6721468">2</a>, <a href="/en/acts/-3527353#-6721470">3 </a>va <a href="/en/acts/-3527353#-6721484">6-bandlarida</a> nazarda tutilgan asoslar aniqlanganda, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha koʻrishga oʻtadi va bu haqda asoslantirilgan ajrim chiqaradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877413" id="-6877413">Ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha koʻrishga oʻtish haqidagi ajrim bilan shikoyat (protest) berilgan sud hujjati bekor qilinmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877414" id="-6877414">Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi xolislik va begʻarazlikni saqlagan holda taraflarga oʻz protsessual huquq va majburiyatlarini amalga oshirishlari uchun zarur sharoit yaratib berishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877415" id="-6877415">Shikoyat (protest) vajlaridan qatʼiy nazar, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha koʻrishga oʻtish, ish boʻyicha ish yuritishni tugatish yoki arizani koʻrmasdan qoldirishga asoslar bor yoki yoʻqligini ham aniqlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877416" id="-6877416">21. Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi har qanday dalillarni, ular birinchi instansiya sudi muhokamasida boʻlganligidan yoki yangidan taqdim etilgan yoxud talab qilib olinganidan qatʼiy nazar, tekshirishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877417" id="-6877417">Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ekspertiza oʻtkazish, dalillarni taʼminlash va talab qilib olish, guvohlarni soʻroq qilish haqidagi va boshqa iltimosnomalarini ular birinchi instansiya sudi tomonidan rad etilganligi sababligina, rad etishga haqli emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877418" id="-6877418">Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ishni toʻgʻri hal qilish maqsadida oʻz tashabbusi bilan dalillarni talab qilib olishi yoki tegishli sud ekspertizasini tayinlashi mumkin (MSIYUtK 68, 79-moddalari).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877419" id="-6877419">22. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining eʼtibori ishni koʻrish muddatlariga qatʼiy amal qilish lozimligiga qaratilsin (MSIYUtK <a href="/en/acts/-3527353#-3531580">218</a> va <a href="/en/acts/-3527353#-6721342">242-moddalari</a>).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877420" id="-6877420">Apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ishni koʻrish muddati alohida hollarda (masalan, sud protsessi ishtirokchilarining koʻpligi, qoʻshimcha dalillarni talab qilib olish va ularni tekshirish, ishga mutaxassislarni chaqirishi, sud topshiriqlarini yuborish zarurligi va hokazo) ishni koʻrayotgan sudlov hayʼati tomonidan ajrim chiqarilgan holda koʻpi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877421" id="-6877421">23. Apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) berilganidan keyin arizachi talablaridan voz kechsa yoki taraflar oʻzaro kelishuvga erishsa, arizachining arz qilingan talablaridan voz kechishi, taraflarning kelishuv bitimi yozma shaklda taqdim etilishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877422" id="-6877422">Shu bilan birgalikda, ariza (shikoyat)dan toʻliq yoki qisman voz kechish haqidagi ariza, tasdiqlash uchun taqdim etilayotgan kelishuv bitimi MSIYUtK <a href="/en/acts/-3527353#-3530298">136</a>, <a href="/en/acts/-3527353#-6452278">126<sup>1</sup></a>, <a href="/en/acts/-3527353#-6452289">126<sup>2</sup>-moddalarining</a> talablariga muvofiq boʻlishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877423" id="-6877423">Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi arizachining ariza (shikoyat)dan voz kechishini qabul qilishdan yoki kelishuv bitimini tasdiqlashdan oldin arizachiga (taraflarga) ish yuritishni tugatishning MSIYUtK <a href="/en/acts/-3527353#-3530094">109-moddasida</a> nazarda tutilgan huquqiy oqibatlarini tushuntirishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877425" id="-6877425">Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi arizachining talabdan voz kechishini qabul qilsa, kelishuv bitimini tasdiqlasa, hal qiluv qarorining qonuniyligi va asosliligi masalasini muhokama qilishga kirishmasdan, uni bekor qiladi va ish boʻyicha ish yuritishni tugatadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877426" id="-6877426">24. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi, agar birinchi instansiya sudi ish holatlarini har tomonlama va toʻliq aniqlab, qonuniy va asosli sud hujjati chiqargan degan xulosaga kelsa, hal qiluv qarori, ajrim, qarorni oʻzgarishsiz, shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmasdan qoldiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877427" id="-6877427">Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining qarorida shikoyatni (protestni) qanoatlantirmasdan qoldirish asoslari koʻrsatib oʻtilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877428" id="-6877428">Shuni nazarda tutish lozimki, protsessual huquq normalarini buzilishi yoki notoʻgʻri qoʻllanilishi faqat ishni notoʻgʻri hal etilishiga olib kelgan boʻlsagina, hal qiluv qarori, ajrim, qarorni bekor qilishga asos boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877429" id="-6877429">Birinchi instansiya sudi tomonidan ishning toʻgʻri hal qilinishiga taʼsir qilmagan huquq normalari buzilishiga yoʻl qoʻyilganligi aniqlanganda apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi bu haqida oʻz qarorida koʻrsatib oʻtishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877430" id="-6877430">25. Shuni nazarda tutish lozimki, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan hal qiluv qarori bekor qilinganda, ishni yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, bunday holda apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi MSIYUtK <a href="/en/acts/-3527353#-6720625">219</a>, <a href="/en/acts/-3527353#-6721401">243-moddalarida</a> nazarda tutilgan vakolat doirasida qaror qabul qilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877432" id="-6877432">26. Tushuntirilsinki, sudning hal qiluv qarorini oʻzgartirish deganda, hal qiluv qarorining xulosa qismiga oʻzgartirishlar kiritish tushuniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877433" id="-6877433">Yangi qaror deganda, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan taraflarning huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida sudning asosiy xulosasini jiddiy oʻzgartiradigan qaror qabul qilinishi tushuniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877434" id="-6877434">27. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi, agar ish sudga taalluqlilik toʻgʻrisidagi qoidalar buzilgan holda koʻrib chiqilganligini aniqlasa, hal qiluv qarorini bekor qilib, MSIYUtK <a href="/en/acts/-3527353#-6451679">27<sup>3</sup>-moddasida</a> koʻrsatilgan tartib boʻyicha ish materiallarini taalluqliligiga koʻra boshqa sudga yuboradi. Bunday holda ish yuritish tugatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877438" id="-6877438">28. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish asoslari MSIYUtK <a href="/en/acts/-3527353#-3531616">220</a> va <a href="/en/acts/-3527353#-6721431">244-moddalarida</a>  belgilanganligiga eʼtibor qaratishlari lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877439" id="-6877439">Bunda shuni inobatga olish lozimki, birinchi instansiya sudi tomonidan oʻz kuchini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarining qoʻllanilganligi ham moddiy huquq normalarining notoʻgʻri qoʻllanilishi deb baholanadi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7531556" id="edi-7531556"><a href="/en/acts/-6877317?ONDATE=25.03.2024 00#-7531555">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7531556" id="-7531556"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7531558" id="-7531558">Bunday holatda sud hujjatining qonuniyligiga ishni mazmunan koʻrish natijalari boʻyicha baho beriladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7531562" id="-7531562">(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli <a href="/en/acts/-7521398?ONDATE=29.04.2025 00#-7521958">qaroriga </a>asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877440" id="-6877440">29. Shuni nazarda tutish lozimki, sud xarajatlarini taqsimlash masalasining hal etilmasligi yoki notoʻgʻri hal etilishi, oʻz-oʻzidan sud hujjatlarini bekor qilishga yoxud oʻzgartirishga asos boʻlmaydi. Bunday holda apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi qarorining xulosa qismida sud xarajatlarini MSIYUtK <a href="/en/acts/-3527353#-3530117">115-moddasida</a> nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha taqsimlash haqida koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877441" id="-6877441">30. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining eʼtibori, shikoyat (protest)da keltirilgan har bir vajni, uning asosli yoki asossiz ekanligi haqidagi xulosani qarorda koʻrsatgan holda muhokama qilish zarurligiga qaratilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877442" id="-6877442">Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining qarori ishni koʻrish natijalari boʻyicha qabul qilinadi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7531563" id="edi-7531563"><a href="/en/acts/-6877317?ONDATE=25.03.2024 00#-6877444">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7531563" id="-7531563"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7531564" id="-7531564">Alohida hollarda asoslantirilgan qarorni tayyorlash besh kungacha boʻlgan muddatga kechiktirilishi mumkin, biroq sud, uning xulosa qismini sud muhokamasi tamomlangan majlisning oʻzidayoq eʼlon qilishi kerak.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7531565" id="-7531565">(30-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli <a href="/en/acts/-7521398?ONDATE=29.04.2025 00#-7521960">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877445" id="-6877445">Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining qarorida MSIYUtK 221-moddasining <a href="/en/acts/-3527353#-3531690">ikkinchi qismi</a>, 245-moddasining <a href="/en/acts/-3527353#-3532188">ikkinchi qismida</a> nazarda tutilgan maʼlumotlar koʻrsatilgan boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877452" id="-6877452">Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi qarorining xulosa qismida ishni shikoyat (protest) boʻyicha koʻrish natijalari toʻgʻrisidagi xulosalar boʻlishi va sud xarajatlarining taqsimlanishi koʻrsatilishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877453" id="-6877453">31. Ariza birinchi instansiya sudi tomonidan ish yuritishga qabul qilinganidan soʻng chiqarilgan ajrim bekor qilinganda (masalan, arizani koʻrmasdan qoldirish, ish yuritishni tugatish va hokazo), apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ishni mazmunan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuboradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877454" id="-6877454">Birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan berilgan shikoyatni (protestni) koʻrish natijalari boʻyicha apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi qaror qabul qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877455" id="-6877455">32. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ishni koʻrishda davlat organi yoki boshqa organ, tashkilot, mansabdor shaxs yoki fuqaroning faoliyatida aniqlangan qonunchilik hujjatlari buzilishi holatlari boʻyicha, ularning sud protsessida ishtirokidan qatʼiy nazar, xususiy ajrim chiqarishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877456" id="-6877456">Agar sud ushbu shaxslarning harakatlarida jinoyat alomatlarini aniqlasa, u bu haqda jinoyat ishini qoʻzgʻatish masalasini hal etish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda prokurorga xabar qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877457" id="-6877457">Xususiy ajrim sud majlisida eʼlon qilinadi va bu haqda bayonnomada koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877458" id="-6877458">33. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudi tomonidan ish boʻyicha chiqarilgan xususiy ajrimning qonuniyligi va asosliligini tekshirishga hamda ushbu ajrimning chiqarilishida xatolik boʻlganligini aniqlagan taqdirda, uni bekor qilishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877459" id="-6877459">34. Sudlarga tushuntirilsinki, shikoyat (protest) apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudiga ish boshqa shikoyat (protest) boʻyicha koʻrilgandan soʻng kelib tushgan holda mazkur apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti)ni ish yuritishga qabul qilish rad etilib, sud hujjatlari ustidan taftish tartibida shikoyat (protest) berish huquqi tushuntiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877460" id="-6877460">35. Qonun normalarini bir xilda va toʻgʻri qoʻllanilishi holatini tahlil qilib borish maqsadida viloyat va ularga tenglashtirilgan maʼmuriy sudlarga maʼmuriy ishlarni apellyatsiya va kassatsiya tartibida koʻrish boʻyicha sud amaliyotini har yarim yilda umumlashtirish tavsiya etilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6877461" id="-6877461">36. Ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “<a href="/en/acts/-5407668">Sudlar tomonidan maʼmuriy ishlarni apellyatsiya tartibida koʻrish amaliyoti toʻgʻrisida</a>” 2021-yil 20-apreldagi 15-sonli va “<a href="/en/acts/-5772206">Maʼmuriy ishlarni kassatsiya tartibida koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida</a>” 2021-yil 27-noyabrdagi 34-sonli qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-6877462" id="-6877462">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi B. ISLAMOV</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-6877468" id="-6877468">Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi N. XAKIMOVA</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-6877463" id="-6877463">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-6877464" id="-6877464">2024-yil 25-mart,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-6877465" id="-6877465">11-son</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
