Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 02.10.2008
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
RESPUBLIKADA QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORINING FAOLIYAT KOʻRSATIShINI TARTIBGA SOLISh VA UNI YaNADA RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida” 2008-yil 22-iyuldagi OʻRQ-163-son Qonuni)”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonini bajarish yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlar majmuini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1 — 3-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
4. Qimmatli qogʻozlar va fond birjalari boʻyicha davlat komissiyasi:
emitentlar va qimmatli qogʻozlar bozori professional qatnashchilarining masʼuliyatini tartibga soluvi standartlar hamda qoidalarni;
zarurat boʻlganda mustaqil auditor tashkilotlarning ekspert xulosalaridan foydalangan holda qimmatli qogʻozlarning boshlangʻich narxlarini, ularning likvidlilik darajasini aniqlash uchun qimmatli qogʻozlar emitentlarining moliyaviy ahvolini baholash mexanizmini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
5.Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:
davlat korxonalarini qayta tashkil qilish yoʻli bilan barpo etilgan aksionerlik jamiyatlarining roʻyxatlarini respublika matbuotida yilning har choragida albatta eʼlon qilinishini taʼminlasin;
aksiyalarini birja savdolari orqali va birjadan tashqari bozorda sotish yuzasidan shartnoma-topshiriqnomalar tuziщda investitsiya muassasalari bilan ishlash tartibini belgilasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonidan kelib chiqadigan soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibini Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda manfaatdor vazirliklar va idoralarga yetkazsin;
Davlat komissiyasini taʼminlashga, shuningdek uning moddiy-texnika bazasini yaratishga belgilangan tartibda zarur mablagʻlar ajratsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi Davlat komissiyasini va uning hududiy boʻlinmalarini, shuningdek “Toshkent” Respublika fond birjasini hamda “Vaqt” milliy depozitariysini birja savdolarining elektron tizimini tashkil etish, hududiy boʻlinmalar va viloyatlar depozitar tuzilmalari bilan axborotlar almashish uchun aloqaning umumdavlat vositalari bilan, shuningdek investorlarning qimmatli qogʻozlar va fond birjalari boʻyicha davlat komissiyasining emitentlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlari bankidan foydalanishi tizimini taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi 1996-1997 oʻquv yilidan boshlab oliy oʻquv yurtlarida qimmatli qogʻozlar bozori sohasi mutaxassislarini tayyorlashni nazarda tutsin.
9. “Oʻzdavteleradio” kompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi hamda qimmatli qogʻozlar va fond birjalari boʻyicha davlat komissiyasi bilan birgalikda aksionerlashtirish, qimmatli qogʻozlarning har xil turlarini chiqarish xususiyatlari, Davlat komissiyasi, fond birjasi Milliy depozitariy va qimmatli qogʻozlar bozorining boshqa muassasalari faoliyati bilan bogʻliq masalalarni aholiga muntazam tushuntirib borishni taʼminlasinlar.
10. Toshkent shahar hokimligi Qimmatli qogʻozlar va fond birjalari boʻyicha davlat komissiyasining ishchi apparatini Mustaqillik maydoni, 5-uydagi 20 qavatli maʼmuriy binoga joylashtirsin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari Davlat komissiyasining hududiy boʻlinmalarini joylashtirish uchun zarur joylar ajratilishini taʼminlasinlar.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari B. S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 7-sentabr,
351-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)