Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.02.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI FAOLIYATINI TAKOMILLAShTIRISh MASALALARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
 LexUZ sharhi
Mazkur qarorga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 10-iyuldagi 345-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimida Fuqarolarning qonunchilik buzilishi yuzasidan shikoyat va arizalarini koʻrib chiqish boshqarmasini tuzish toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻzgartirishlar kiritilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1992-yil 8-yanvardagi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda)
2. Adliya vazirligi huzurida qonunchilik muammolarini tadqiq qilish instituti va “Adolat” yuridik adabiyotlar nashriyoti tashkil etilsin.
Adliya vazirligi institut va nashriyotning faoliyatini tartibga soluvchi tegishli meʼyoriy aktlarni ishlab chiqsin va qabul qilsin.
 LexUZ sharhi
2-bandning Institutga tegishli qismi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 19-yanvardagi 18-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-martdagi 93-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 14-son, 134-modda)
5. Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari:
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 27-avgustdagi 370-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 15-16-son, 138-modda)
davlat va xoʻjalik idoralarining yuridik xizmatlari xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish uchun Adliya vazirligi bilan har yili bitim tuzishni taʼminlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 27-avgustdagi 370-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 15-16-son, 138-modda)
7. Adliya vazirligi bir oy muddat ichida:
Vazirlar Mahkamasiga: vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning meʼyoriy aktlarini huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida; tegishli yuridik xizmatlar xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida; huquqiy yordam koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibi toʻgʻrisida takliflar kiritsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki bilan birgalikda adliya muassasalari va sudlarni rivojlantirish Respublika jamgʻarmasini tashkil etish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi Nizomni tayyorlasin va tasdiqlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Oʻzshartnomasavdo”, Moliya vazirligi, Davlat matbuot qoʻmitasi va “Sharq” nashriyot-matbaa konserni bilan birgalikda qonunchilik muammolarini tadqiq qilish instituti, “Adolat” nashriyoti tashkil etilishi va “Hayot va qonun” jurnali chiqarilishi bilan bogʻliq barcha masalalarni hal etsin.
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari Adliya vazirligi ishtirokida ikki oy muddat ichida sudlar, adliya idoralari, notariat muassasalari va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish boʻlimlari muassasalarini binolar, transport vositalari va zamonaviy tashkiliy texnika bilan taʼminlashning aniq dasturini amalga oshirsinlar.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jamoat birlashmalari ustavlarini roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqish Qoidalarini tasdiqlash, ularning roʻyxatga olinganlik uchun toʻlovlarini yigʻish tartibi va miqdorlari toʻgʻrisida” 1991-yil 2-apreldagi 83-son qarorining 5-bandiga oʻzgarish kiritilib quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Mazkur qarorga muvofiq jamoat birlashmalari ustavlarini roʻyxatga olganlik va ularga keyinchalik oʻzgarishlar va qoʻshimchalar kiritilganligi uchun olinadigan toʻlovlar summasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ixtiyorida qoladi va belgilangan tartibda foydalaniladi”.
10. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston SSR Yustitsiya ministrligi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqidagi 1972-yil 27-sentabrdagi 427-son qarori (OʻzSSR QT, 1972-y., № , 57-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi Raisining birinchi oʻrinbosari oʻrtoq I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Qarorning qanday amalga oshirilayoganligi 1993-yilning aprel oyida koʻrib chiqilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 12-noyabr,
523-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 27-avgustdagi 370-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 15-16-son, 138-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 27-avgustdagi 370-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 15-16-son, 138-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 18-martdagi 147-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan —Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 5-6-son, 54-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-martdagi 93-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 14-son, 134-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 9-iyuldagi 343-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-apreldagi 197-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 7-8-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1992-y., 11-son, 32-modda; 1994-yil., 1-son, 3-modda; 1995-y.,3-son, 8-modda; 4-son, 16-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 4-son, 44-modda; 5-6-son, 54-modda; 7-8-son, 66-modda; 15-16-son, 138-modda; 2011-y., 14-son, 134-modda; 2012-y., 37-son, 429-modda)