Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 29.05.2008
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
XOʻJALIK YuRITUVChI SUBYEKTLARDA QOʻShILGAN QIYMAT SOLIGʻI BOʻYIChA NOL STAVKASINI QOʻLLASh NATIJASIDA YuZAGA KELGAN SALBIY FARQNI QOPLASh TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 22-martda 1460-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2008-yil 30-apreldagi 43, 51 va 2008-22-sonli “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarda qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha nol stavkasini qoʻllash natijasida yuzaga kelgan salbiy farqni qoplash toʻgʻrisida Nizomni tasdiqlash hakida” qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1460-1, 19.05.2008-y.) bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yilgi Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi 610-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil., 52-son, 523-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan 1998-yil 20-fevralda 5 va 98-15-son bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjalik korxonalariga qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishi ehtiyojlari uchun yetkazib beriladigan yonilgʻi-moylash materiallari va mineral oʻgʻitlar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha nol stavkasini qoʻllash tartibiga (1998-yil 1-iyun, roʻyxat raqami 441) muvofiq, qaror qilamiz:
1. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarda qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha nol stavkasini qoʻllash natijasida yuzaga kelgan salbiy farqni qoplash toʻgʻrisidagi nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri S. RAHIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 15-fevral,
27-son
Iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2005-yil 15-fevral,
50-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 15-fevral,
2005-24-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 12-13-son, 94-modda)