|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 21.01.2021
|
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
YaNGI TAHRIRDAGI “AHOLINI ISh BILAN TAʼMINLASh TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 20-oktabrdagi OʻRQ-642-sonli “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2021-yil 21-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. Yangi tahrirdagi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran amalga kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonuni “Xalq soʻzi” gazetasining 1998-yil 22-maydagi 102 (1883)-sonida eʼlon qilingan.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini yangi tahrirdagi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar va idoralar oʻzlarining mazkur Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlarini va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1998-yil 1-may,
617-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 98-modda)