|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 12.05.2014
|
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining
Qarori
OIV/OITS (VICh/SPID) virusi bilan kasallangan shaxslar ishlashi man etilgan ishlar roʻyxati va kasb turlari toʻgʻrisidagi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 25-yanvarda 881-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining 2014-yil 23-apreldagi 6, 8-q/q, 17-2“o”-sonli “OIV/OITS (VICh/SPID) virusi bilan kasallangan shaxslar ishlashi man etilgan ishlar roʻyxati va kasb turlari toʻgʻrisida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 881-1, 07.05.2014-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“OIV/OITS (VICh/SPID) virusi bilan kasallangan shaxslar ishlashi man etilgan ishlar roʻyxati va kasb turlari.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Kasaba uyushma Federatsiyasi Kengashi qaror qiladilar:
1. OIV/OITS (VICh/SPID) virusi bilan kasallangan shaxslar ishlashi man etilgan ishlar roʻyxati va kasb turlari tasdiqlansin:
TAShHIS VA DAVOLASh/PROFILAKTIK MUOLAJALAR BILAN BOGʻLIQ BOʻLGAN IShLAR:
Azigografiya,
Abssessografiya,
Intubatsiya,
Endoskopiya,
Bronxoskopiya,
Ezofagoskopiya,
Rektoromanoskopiya,
Kolonoskopiya,
Inyeksiyalar,
Dializ,
Gemotransfuziya,
Oshqozon va oʻn ikki barmoqli ichakni zond bilan tekshirish va ichaklarni yuvish,
Janne shpritsi bilan yuvish,
Allergik tekshirish,
Punksiyalar,
Veneseksiya,
Kateterizatsiya,
Vaksinatsiya,
Igna sanchish,
Qon olish,
Qon va biologik suyuqliklarni tekshirish boʻyicha xizmat koʻrsatish muassasalari,
Tirik shaxslarni sud-tibbiyot ekspertizasidan oʻtkazish,
Tibbiyot va kosmetik asboblarni yuvish.
TIBBIY YORDAM KOʻRSATISh BOʻYIChA IShLAR
Jarohat, yaralarni bogʻlash va yuvish,
Kuygan bemorlarga yordam koʻrsatish.
TRANSPLANTATSIYA VA XIRURGIK OPERATSIYALAR
Toʻqima va aʼzolar,
Kosmetik va plastik operatsiyalar.
AKUShER-GINEKOLOGIK MUOLAJALAR
Tugʻish,
Abort,
Operatsiya,
Muolajalar.
XALQQA XIZMAT KOʻRSATISh IShLARI MUASSASALARI
Yangi tugʻilgan chaqaloqlar va muddati yetmay tugʻilgan hamda ogʻir bemorlarni parvarish qilish,
Maktabgacha boʻlgan bolalar bilan ishlash va tarbiyalash.
STOMATOLOGIK IShLAR
Xirurgik,
Terapevtik,
Ortopedik.
DONORLIK, QON VA QON MAHSULOTLARINI TAYYORLASh
Qon, uning mahsulotlari va boshqa biologik suyuqliklar,
Koʻkrak suti,
Aʼzolar,
Toʻqima,
Sperma.
VAKSINA VA FARMATSEVTIK MAHSULOTLAR IShLAB ChIQARISh
Dori mahsulotlari,
Vaksinalar,
Biomahsulotlar va kosmetik vositalar.
MUOLAJALAR
Qoʻl bilan uqalash.
AHOLIGA KOMMUNAL-MAIShIY XIZMAT KOʻRSATISh KORXONALARI
Kosmetik muolajalar,
Soch va soqol olishlar,
Manikyur,
Pedikyur.
KONTAKT SPORT TURLARI
Boks,
Kurash,
Sharqona yakka kurash,
Qoʻl jangi.
2. OIV/OITS VICh/SPID bilan zararlangan ishchilar va bemorlar ishlab turgan tashkilotida ish faoliyatini davom ettirish mumkin, lekin yuqorida qayd etilgan kasb hunarlarda ishlashlari taqiqlanadi.
3. OIV/OITS VICh/SPID bilan zararlangan va bemorlar ishlashlariga yoʻl qoʻygan tashkilotlarda javobgarlik shu tashkilot rahbarlari zimmasiga yuklatiladi. Oʻzbekiston Respublikasining “Odamni immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishning oldini olish toʻgʻrisida”gi 1999-yil 19-avgustdagi Qonunni buzganligi uchun tashkilot rahbarlari shaxsan javobgarlikka tortiladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi shu qarorni, barcha sogʻliqni saqlash muassasalariga, maktabgacha tarbiya muassasalariga, kommunal-maishiy xizmat koʻrsatish muassasalariga va sport qoʻmitalariga yetkazishi yuklantiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri F. Gʻ. NAZIROV
Oʻzbekiston Respublikasi Kasaba uyushma Federatsiyasi Kengashi Raisi D.N. JOXONGIROVA
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vaziri Sh.G. IBRAGIMOV