Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 13.08.2021
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING
QARORI
“PSIXIATRIYA YORDAMI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-maydagi OʻRQ-690-sonli “Psixiatriya yordami toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2021-yil 13-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Psixiatriya yordami toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 2001-yilning 1-yanvaridan amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini “Psixiatriya yordami toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar hamda idoralar mazkur Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2000-yil 31-avgust,
124-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 7-8-son, 216-modda)