Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.07.2022
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 1994 YIL 23 IYuNDAGI 316-SON QARORI BILAN TASDIQLANGAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN QARORLARI RO‘YXATIGA QO‘ShIMChA KIRITISh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 1994-yil 23-iyundagi 316-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan qarorlari ro‘yxati quyidagi mazmundagi bandlar bilan to‘ldirilsin:
“39. SSSR Ministrlar Sovetining “Shaxsiy pensiyalar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1977-yil 19-dekabrdagi 1128-son qarori yuzasidan O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1978-yil 14-yanvardagi 11-son qaroriga ilova qilingan Shaxsiy pensiyalar to‘g‘risidagi nizomning I, II va III bo‘limlari.
40. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi shaxsiy pensiyalar tayinlash bo‘yicha komissiya tarkibi to‘g‘risida” 1993-yil 7-fevraldagi 108-son qarori”.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1995-yil 29-avgust,
346-son
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1995-y., 8-son, 31-modda)