|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.05.2001
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
ALKOGOL MAHSULOTLARI, GILAM VA GILAM BUYuMLARIGA AKSIZ SOLIG‘I STAVKALARINI O‘ZGARTiRISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 16-maydagi 217-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar, qo‘shimchalar kiritish va ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1995-yil 1-iyundan boshlab respublikada ishlab chiqariladigan alkogol mahsulotlari va gilamlarga solinadigan aksiz solig‘ining quyidagi miqdorlari (sotish narxlari qiymatiga nisbatan foiz hisobida) joriy qilinsin:
Aroq va likyor-aroq mahsulotlari 65 foiz
Shampan vinosi 25 foiz
Uzum vinosi 30 foiz
Vino xom ashyosi 20 foiz
Gilam va gilam buyumlari 15 foiz (o‘rtacha)
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi aksiz solig‘ining belgilangan tartibda to‘g‘ri hisoblanishi va to‘liq to‘lanishi ustidan nazoratni kuchaytirsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 25-martdagi 97-son qarorining 1-bandi va Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 13-dekabrdagi 600-son qaroriga 9-ilovaning uzum vinosi, vino xomashyosi, gilam va gilam buyumlariga aksiz solig‘i stavkalariga oid qismi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1995-yil 26-may,
186-son