Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 21.07.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
“YOʻL HARAKATI XAVFSIZLIGI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-yanvardagi OʻRQ-900-sonli “Yoʻl harakati toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2024-yil 21-iyuldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran amalga kiritilsin.
 LexUZ sharhi
“Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni “Xalq soʻzi” gazetasining 1999-yil 8 centyabrdagi 178 (2216)-sonida eʼlon qilingan.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq holga keltirsin, vazirliklar va idoralar oʻzlarining ushbu Qonunga zid normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1999-yil 19-avgust,
819-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 216-modda)