|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 10.06.2022
|
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING
QARORI
“POChTA ALOQASI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 9-iyundagi OʻRQ-777-sonli “Pochta aloqasi toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Pochta aloqasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni matbuotda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran amalga kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining “Pochta aloqasi toʻgʻrisida”gi Qonuni “Xalq soʻzi” gazetasining 2000-yil 14-sentabrdagi 179-180 (2476-2477)-sonida eʼlon qilingan.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini “Pochta aloqasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar hamda idoralar mazkur Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2000-yil 31-avgust,
119–II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 7–8-son, 211-modda)