|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 05.11.2022
|
O‘zbekiston RespUblikasi OLIY KengashiNING
Qarori
“GUVOHLAR, JABRLANUVChILAR, EKSPERTLAR, MUTAXASSISLAR, TARJIMONLAR VA XOLISLARNING QILGAN XARAJATLARINI TO‘LASh TARTIBI VA MIQDORLARI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi 2022-yil 3-avgustdagi O‘RQ-786-sonli “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan 2022-yil 5-noyabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Guvohlar, jabrlanuvchilar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarning qilgan xarajatlarini to‘lash tartibi va miqdorlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni 1992-yil 1-avgustdan kuchga kiritilsin.
2. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining “Guvohlar, jabrlanuvchilar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarning qilgan xarajatlarini to‘lash tartibi va miqdorlari to‘g‘risida”gi 1963-yil 4-fevraldagi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1963-yil, № 4, 9-modda);
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati 1967-yil 25-yanvarda qabul qilgan “Guvohlar, jabrlanuvchilar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarning qilgan xarajatlarini to‘lash tartibi va miqdorlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosati Farmoniga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Farmon (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1967, № 1,9-modda).
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YO‘LDOShEV
Toshkent sh.,
1992-yil 3-iyul,
661a-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y.,9-son, 360-modda)