Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.07.2022
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi faoliyatidagi jiddiy kamchiliklar to‘g‘risida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, Ijtimoiy ta’minot vazirligi uning joylardagi bo‘linmalari faoliyatidagi jiddiy kamchiliklar nuqsonlar hamon saqlanib qolmoqda. Hay’at va shaxsan Vazir B. Umurzoqov islohotlarni chuqur tahlil qilmasdan eskirgan cxema bo‘yicha rahbarlik qilishni davom ettirmoqdalar, sustkashlik xotirjamlik hamda manmanlikka yo‘l qo‘ymoqdalar, ishlashning yangi ilg‘or shakllarini joriy etishga yuzaki yondashmoqdalar.
Vazir va vazirlik apparati tomonidan ko‘pgina viloyat, shaharlar, tumanlar ijtimoiy ta’minot bo‘limlari ishidagi boqimakdalik kayfiyatlari, rasmiyatchilik faktlari qat’iy prinsipni baholanmayapti. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi tomonidan yo‘l qo‘yilgan nazoratsizlik, beparvolik tufali Taxiatosh shahrida belgilangan normalar va qoidalarning qo‘pol ravishda buzilishiga va pensionerlarning qonuniy huquqlarini kamsitilishiga yo‘l qo‘yilgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Rahbarlik va talabchanlikni bo‘shashtirib yuborganligi, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur choralar ko‘rmagan. uchun Ijtimoiy ta’minot vaziri B. Umurzoqovga qattiq xayfsan e’lon qilinsin. Unga vazirlik va joylardagi ijtimoiy ta’minot organ, ishini tubdan qayta qurish, topshirilgan ish uchun rahbar kadrlarga nisbatan talabchanlikni kuchaytirish topshirilsin.
2. Ijtimoiy ta’minot vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 1995-yilning 1-oktabrigacha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, aholini ijtimoiy ta’minot darajasini hozirgi zamon talablariga muvofiqlashtirish yuzasidan ko‘rilgan choralar to‘g‘risida xabar bersinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari S. Saidqosimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 4-iyul,
252-son