

<!DOCTYPE html>

<html lang="en-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/en/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-4902524" id="onLBC-4902524">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6025"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.07.00 Fuqarolarning sud, boshqa davlat organlari va oʻzga tashkilotlarga murojaat qilishi]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-4902524" id="onLS-4902524">[<b>TSZ:</b><div id="LS3682"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Davlat va jamiyat qurilishi / Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va majburiyatlari . Ombudsman. Fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqish tartibi]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-4902832" id="-4902832">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-4902833" id="-4902833">Qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-4902834" id="-4902834">Jismoniy va yuridik shaxslar huquqlari va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilish toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4902835" id="-4902835"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4902837" id="-4902837">Fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/en/acts/-20596">Konstitutsiyasi</a> va qonunlarida mustahkamlab qoʻyilgan huquq va erkinliklari daxlsiz boʻlib, hech kim ulardan sudsiz mahrum etishga yoki ularni cheklashga haqli emas. Jismoniy va yuridik shaxslar huquq, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilish muhim davlat himoyasi instituti boʻlib, u mustaqil sud hokimiyati tomonidan odil sudlovni amalga oshirish orqali taʼminlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4902838" id="-4902838">Jismoniy va yuridik shaxslar huquq, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilish samaradorligini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining <a href="/en/acts/-68532#-70640">17-moddasiga</a> asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4902839" id="-4902839">1. Tushuntirilsinki, sud orqali himoya qilish deganda, sudlarning jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini tiklashga qaratilgan, protsessual qonunlarda belgilangan tartibda amalga oshiriladigan faoliyati tushuniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4902840" id="-4902840">Sud orqali himoya qilish huquqini birinchi instansiya sudida ish qoʻzgʻatish uchun qonunda nazarda tutilgan shartlarga rioya etgan holda amalga oshirish mumkin. Ushbu shartlarga rioya etmaslik sud tomonidan murojaatlarni qabul qilish va koʻrishni rad etish uchun asos boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4902841" id="-4902841">2. Oʻzbekiston Respublikasining <a href="/en/acts/-3517337">Fuqarolik protsessual</a>, <a href="/en/acts/-3523891">Iqtisodiy protsessual</a>, <a href="/en/acts/-111460">Jinoyat-protsessual</a>  kodekslari, <a href="/en/acts/-3527353">Maʼmuriy sud ishlarini yuritish</a> va <a href="/en/acts/-97664">Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi</a> kodekslariga (bundan buyon matnda protsessual qonunlar deb yuritiladi) muvofiq, sudga murojaat qilish:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4902842" id="-4902842">fuqarolik, maʼmuriy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar boʻyicha — daʼvo arizasi, ariza (shikoyat) shaklida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4902843" id="-4902843">buyruq tartibida ish yuritish boʻyicha, alohida tartibda yuritiladigan ishlar, alohida toifadagi ishlar va protsessual qonunlarda nazarda tutilgan boshqa hollarda — ariza shaklida;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7335942" id="edi-7335942"><a href="/en/acts/-4902524?ONDATE=20.04.2021 00#-5576500">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7335942" id="-7335942"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7335943" id="-7335943">apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudlariga murojaat etilganda — shikoyat shaklida amalga oshiriladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7335944" id="-7335944">(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli <a href="/en/acts/-7307435?ONDATE=16.12.2024 00#-7307509">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4902845" id="-4902845">3. Jismoniy va yuridik shaxslarning protsessual qonunlarga koʻra, sudlar vakolatiga kirmaydigan masalalar boʻyicha sudga murojaatlari “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/en/acts/-3336169">Qonunida</a> belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi. Mazkur Qonun 25-moddasining <a href="/en/acts/-3336169?ONDATE=12.09.2017 00#-3336519">ikkinchi qismiga</a> muvofiq, boshqa davlat organlari, tashkilotlar yoki ularning mansabdor shaxslariga taalluqli murojaatlar sudga kelib tushganda, ular besh kunlik muddatdan kechiktirmay tegishli organlarga yuboriladi va bu haqda murojaat etuvchiga yozma yoki elektron shaklda xabar beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4902846" id="-4902846">Shu bilan birga sudlarning eʼtibori murojaatlar asossiz ravishda boshqa davlat organlariga koʻrib chiqish uchun yuborishga yoʻl qoʻyilmasligiga qaratilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4902847" id="-4902847">4. Sudga murojaatlar shakl va mazmun jihatdan protsessual qonunlar bilan ularga qoʻyilgan talablarga mos boʻlishi kerak. Murojaatlar sudga elektron hujjat shaklida ham yuborilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4902848" id="-4902848">Murojaatda, jumladan, jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi haqidagi maʼlumotlar yoki yuridik shaxsning nomi va joylashgan joyi haqidagi maʼlumotlar, berilgan murojaat boʻyicha huquqiy munosabatning mohiyati, murojaat va qoʻyilayotgan talab yoki iltimosnomaning mohiyati, murojaat sanasi koʻrsatilishi lozim. Murojaatda murojaat etuvchining imzosi (raqamli imzosi) boʻlishi ham majburiy talab hisoblanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4902849" id="-4902849">5. Shuni nazarda tutish lozimki, protsess ishtirokchilari huquqlarini sud orqali himoya qilish ularga qonunda berilgan sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish huquqi bilan ham taʼminlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4902850" id="-4902850"><a href="/en/acts/-3517337">Fuqarolik protsessual</a>, <a href="/en/acts/-3523891">iqtisodiy protsessual</a> qonunlari va maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi <a href="/en/acts/-3527353">qonunga</a> muvofiq, sud hujjatining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish haqida ishda ishtirok etuvchi shaxslar — taraflar, uchinchi shaxslar, ularning vakillari, shuningdek, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan boshqa shaxslar murojaat qilishga haqli.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7531301" id="edi-7531301"><a href="/en/acts/-4902524?ONDATE=20.04.2021 00#-5576526">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7531301" id="-7531301"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7531302" id="-7531302">Iqtisodiy protsessual qonuni va maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi qonunga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilga apellyatsiya, kassatsiya shikoyati va taftish tartibidagi shikoyat bilan murojaat qilish huquqi berilgan (tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida yuzaga keladigan iqtisodiy nizolar, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan nizolar bundan mustasno).</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7531305" id="-7531305">(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli <a href="/en/acts/-7521398?ONDATE=29.04.2025 00#-7521687">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4902852" id="-4902852">Jinoyat-protsessual <a href="/en/acts/-111460">qonunida</a> sud hukmi va ajrimi ustidan shikoyat qilish huquqiga ega boʻlgan shaxslar doirasi aniq koʻrsatilgan. Jumladan, sudning hukmi, ajrimi ustidan mahkum, uning himoyachisi, qonuniy vakili, shuningdek, jabrlanuvchi, uning vakili, hukmning fuqaroviy daʼvoga oid qismi ustidan — fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari, hukmning oqlash sabablari va asoslariga doir qismi ustidan — sudda oqlangan shaxs, uning himoyachisi va qonuniy vakili shikoyat berishga haqlidir. Ishda taraf boʻlmagan shaxslar ham sud hukmining oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor qismi ustidan shikoyat berish huquqiga ega.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4902853" id="-4902853">Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi <a href="/en/acts/-97664">qonunga</a> asosan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha sud qarori ustidan, oʻziga nisbatan sud qarori chiqarilgan shaxs, jabrlanuvchi, ularning qonuniy vakillari, advokat, shuningdek, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzgan organ shikoyat berish huquqiga ega.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4902854" id="-4902854">6. Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, fuqarolik, iqtisodiy va maʼmuriy sud ishlarini yuritishda ishtirok etuvchi taraflar vakillari va advokatlari sud qarori ustidan shikoyat qilish huquqiga, faqat bunday vakolatlar vakolat beruvchi tomonidan belgilangan tartibda berilgan ishonchnomada maxsus koʻrsatilgan hollardagina egadirlar.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7335946" id="edi-7335946"><a href="/en/acts/-4902524?ONDATE=14.05.2022 00#-6080663">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7335946" id="-7335946"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7335947" id="-7335947">7. Apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudiga qonunda nazarda tutilgan hollarda murojaat qilinganda, shikoyatga davlat boji va pochta xarajatlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinishi lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7335949" id="-7335949">(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli <a href="/en/acts/-7307435?ONDATE=16.12.2024 00#-7307511">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4902856" id="-4902856">8. Sudlarning eʼtibori murojaatlarni koʻrib chiqish muddatlariga va murojaat boʻyicha qabul qilinadigan qarorlar murojaat matni bayon etilgan tilda bayon etilishi shartligi haqidagi qonun talablariga soʻzsiz rioya etilishi kerakligiga qaratilsin.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7335950" id="edi-7335950"><a href="/en/acts/-4902524?ONDATE=14.05.2022 00#-6080667">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7335950" id="-7335950"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7335952" id="-7335952">9. Tushuntirilsinki, ishni birinchi instansiya sudida koʻrishda raislik qilgan sudya murojaatlarni oʻz vaqtida roʻyxatga olish, ishlarni rasmiylashtirish va apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudiga yuborish muddatlariga rioya etishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7335953" id="-7335953">Apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudida protsess ishtirokchilarini ishni koʻrish vaqti va joyi haqida xabardor qilish masʼuliyati ish boʻyicha maʼruzachi boʻlgan sudyaga yuklanadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7335956" id="-7335956">(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli <a href="/en/acts/-7307435?ONDATE=16.12.2024 00#-7307514">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7335958" id="edi-7335958"><a href="/en/acts/-4902524?ONDATE=20.04.2021 00#-5576591">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7335958" id="-7335958"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7335959" id="-7335959">10. Agar murojaatda muayyan ishni koʻrishda sud (sudya) tomonidan protsessual qonun normalari buzilganligi haqida vajlar keltirilgan boʻlsa va shikoyatni koʻrish jarayonida ushbu vajlar oʻz tasdigʻini topsa, apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudlari ishni koʻrish natijasi boʻyicha xususiy ajrim chiqarishi va uning nusxasi tegishli sudyalar malaka hayʼatiga yuborilishi lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7335960" id="-7335960">(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli <a href="/en/acts/-7307435?ONDATE=16.12.2024 00#-7307517">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4902859" id="-4902859">11. Sud hujjatlari ijrosi lozim darajada ijro etilmayotganligi masalalari boʻyicha yuqori turuvchi sudlarga kelib tushgan murojaatlar “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/en/acts/-3336169">Qonuni</a> talablariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining tegishli hududiy boshqarmasiga yuboriladi, bu haqda nazoratni amalga oshirish uchun qaror qabul qilgan yoki qaror ijro etilayotgan joydagi sudga xabar beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4902860" id="-4902860">12. Sudlarning eʼtibori jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarini qabul qilish jadvaliga muvofiq belgilangan kun va soatlarda qabul qilishni toʻgʻri tashkil etish, sayyor qabullar oʻtkazish vaqti va joyi toʻgʻrisida aholini oʻz vaqtida xabardor qilish zarurligiga, shuningdek, qabul qilish kunining asossiz ravishda koʻchirilishiga yoʻl qoʻyilmasligiga qaratilsin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4902861" id="-4902861">13. Sud orqali himoya qilish jismoniy va yuridik shaxslarning nafaqat buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari yoxud qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini tiklash vositasi, balki sudlar faoliyatidagi kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etish vositasi ham ekanligi sababli, sudlarga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini muntazam ravishda tahlil qilib borish tavsiya etilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4902862" id="-4902862">14. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Fuqarolarning sud ishlariga doir murojaatlarini koʻrib chiqish amaliyoti haqida” 1998-yil 28-dekabrdagi 31-sonli <a href="/en/acts/-1448376">qarori</a> oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-4902914" id="-4902914">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K. KAMILOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-4902915" id="-4902915">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-4902916" id="-4902916">2020-yil 3-iyul,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-4902917" id="-4902917">11-son</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-4902918" id="-4902918">Plenum kotibi v.b., Oliy sud sudyasi R. Ismaylov </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-4902919" id="-4902919">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-4902921" id="-4902921">2020-yil 3-iyul,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-4902922" id="-4902922">11-son</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
