Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 27.02.2005
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA DEPUTATNI ChAQIRIB OLISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2004-yil 2-dekabrdagi 709-II-sonli “Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatini, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini va Senati aʼzosini chaqirib olish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi qaroriga muvofiq oʻz koʻchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasida deputatni chaqirib olish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda eʼlon qilingan kundan boshlab amalga kiritilsin.
 LexUZ sharhi
“Oʻzbekiston Respublikasida deputatni chaqirib olish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni “Xalq soʻzi” gazetasining 1996-yil 5-iyundagi 111 (1364)-sonida eʼlon qilingan.
2. Qayd etilsinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasida deputatni chaqirib olish tartibi Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
3. 1992-yil 14-yanvarda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasida deputatni chaqirib olish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 4, 179-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1996-yil 26-aprel,
230-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 68-modda)