Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 25.08.2025
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING
QARORI
“EKOLOGIK EKSPERTIZA TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISH HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 24-fevraldagi OʻRQ-1036-sonli “Ekologik ekspertiza, atrof-muhitga taʼsirni baholash va strategik ekologik baholash toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2025-yil 25-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Ekologik ekspertiza toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 2000-yilning 1-iyulidan eʼtiboran amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini “Ekologik ekspertiza toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiqlashtirish haqidagi takliflarni Oliy Majlisga taqdim etsin;
hukumat qarorlarini “Ekologik ekspertiza toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar va idoralar ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2000-yil 25-may,
74-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 145-modda)