Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 12.10.2025
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
“Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish haqida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 1-mayda qabul qilingan
Senat tomonidan 2020-yil 11-mayda ma’qullangan
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 10-iyuldagi O‘RQ-1074-sonli “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan 2025-yil 12-oktabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 14-sentabrda qabul qilingan “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi O‘RQ-296-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 9, 249-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin:
1) nomidagi va 1-moddadagi “doimiy propiska qilinishi” degan so‘zlar “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
belgilanishidagi va nomidagi “doimiy propiska qilinishi” degan so‘zlar “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2 va 3-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Qarindoshlar — o‘zlarining to‘g‘ri shajara bo‘yicha birinchi va ikkinchi darajadagi qarindoshlarining doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan uy-joy maydoniga yoki xususiy mulki bo‘lgan boshqa uy-joy maydoniga.
3. Vasiylik va homiylikdagi shaxslar hamda oilaga tarbiyaga olingan (patronat) bolalar — vasiy (homiy), tutingan ota-ona doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan uy-joy maydoniga”;
4-bandidagi “doimiy propiska qilingan” degan so‘zlar “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Er (xotin) — xotini (eri) doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan uy-joy maydoniga”;
6-bandidagi “doimiy propiskaga ega bo‘lgan” va “boshqa manzil bo‘yicha doimiy propiska qilinish” degan so‘zlar tegishincha “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan” va “boshqa manzilga doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
7-bandidagi “doimiy propiskaga ega bo‘lgan” va “boshqa manzil bo‘yicha doimiy propiska qilinish” degan so‘zlar tegishincha “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan” va “boshqa manzilga doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Ilgari Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan fuqarolar — doimiy yashash uchun tegishincha Toshkent shahriga va Toshkent viloyatiga qaytib kelganida”;
9, 10 va 11-bandlaridagi “mazkur fuqarolar lavozimda turadigan davrga” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi 111-band bilan to‘ldirilsin:
“111. Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida joylashgan davlat hokimiyati organlarida, davlat boshqaruvi organlarida, xo‘jalik birlashmalarida va boshqa davlat tashkilotlarida besh yil mobaynida uzluksiz mehnat faoliyatini olib borayotgan mutaxassislar (texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va ishlab chiqarish xodimlaridan tashqari), shuningdek ularning oila a’zolari (eri, xotini, shuningdek ularning o‘z oilasi bo‘lmagan bolalari)”;
izohi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Izoh:
1. Mazkur Ro‘yxatning 2 (bundan xotini yoki eri, o‘z oilasiga ega bo‘lmagan voyaga yetgan farzandlari hamda er-xotinning birgalikdagi va (yoki) ilgarigi nikohidan tug‘ilgan yoxud nikohsiz tug‘ilgan voyaga yetmagan bolalari, shuningdek farzandlikka olingan bolalar mustasno), 3, 5, 9 — 12-bandlariga muvofiq Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan fuqarolarning qarindoshlari Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinmaydi.
2. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish, basharti O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining bir kishi uchun uy-joy maydonining ijtimoiy normasi to‘g‘risidagi talablariga rioya etilsa, amalga oshiriladi, bundan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan hollar mustasno”.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 13-may,
O‘RQ-616-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2020-y., 03/20/616/0580-son)