Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.05.2001
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“RESPUBLIKA QIShLOQ XO‘JALIGI KORXONALARINI QO‘ShIMChA QIYMATDAN BUDJETGA SOLIQ TO‘LAShDAN OZOD QILISh TO‘G‘RISIDA”GI FARMONNI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar, qo‘shimchalar kiritish va ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi 2001-yil 16-may 217-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan
“Respublika qishloq xo‘jaligi korxonalarini qo‘shimcha qiymatdan budjetga soliq to‘lashdan ozod qilish to‘g‘risida” 1992-yil 28-maydagi Farmonga muvofiq hamda qishloq xo‘jaligi xodimlari mehnatini rag‘batlantirish, ularning qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirishdan manfaatdorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, dehqonchilik sanoati kompleksi vazirliklari va idoralari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlarning hokimliklari jamoa, davlat xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalarini 1992-yilning 1-iyunidan boshlab qo‘shimcha qiymatdan budjetga soliq to‘lashdan ozod qilish to‘g‘risidagi Farmonni og‘ishmay amal qilish va bajarish uchun qabul qilsinlar.
2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Davlat o‘rmon qo‘mitasi, Davlat suv xo‘jaligi qurilishi qo‘mitasi, “O‘zmevasabzavotuzumsanoati”, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi, “O‘zbaliq” konserni, “O‘zkooptayyorlovsavdo”, O‘zbekbirlashuv va ularning joylardagi organlari qo‘shimcha qiymatdan soliq to‘lashdan ozod qilish hisobiga olingan qo‘shimcha mablag‘larni asosan ish haqini oshirishga ajratsinlar, bunda mehnatga haq to‘lash fondini mahsulot yetishtirish xarajatlarining yetmish foiziga qadar yetkazishni ta’minlasinlar.
Qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan ana shu soliq qiymati qo‘shilgan xomashyo, materiallarning sotib olinishi, xizmatlar va ishlardan foydalanilishi munosabati bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining tannarxi mazkur xarajatlarni hisobga olgan holda belgilansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi respublikaning 1992-yil budjetiga tegishli o‘zgartishlar kiritsin.
4. Jamoa, davlat xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 11-apreldagi 186-son qarori 5-bandining amal qilishi bekor qilinsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 15-iyun,
284-son