|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 28.06.2002
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“KORXONALAR (TAShKILOTLAR)GA FAOLIYATNING AYRIM TURLARI BILAN ShUG‘ULLANISh HUQUQINI BERADIGAN MAXSUS RUXSATNOMALAR (LITSENZIYALAR) BERISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA nIZOM”GA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-iyundagi 236-sonli “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 19-apreldagi 215-son qarori bilan tasdiqlangan Korxonalar (tashkilotlar)ga faoliyatning ayrim turlari bilan shug‘ullanish huquqini beradigan maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 4-son, 23-modda) quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
| Gramplastinkalar, audiokassetalar va lazer disklar ishlab chiqish, ishlab chiqarish, yozish, ko‘paytirish va sotish | | Vazirlar Mahkamasi |
(1-bandning ikkinchi-uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 26-iyundagi 272-son qaroriga muvofiq chiqarilgan — O‘R QHT, 2001-y., 12-son, 81-modda)
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Azizxo‘jayev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 21-fevral,
99-son
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1997-y., 2-son, 7-modda; O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2001-y., 12-son, 81-modda)