Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 10.03.2020
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
O‘zbekiston Respublikasi hududida banklarda elektron axborotlarni muhofazalashni tashkil etish to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning 6-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 26-avgustda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1047-4]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-yanvardagi 2/4-sonli “O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari avtomatlashtirilgan bank tizimlarida axborotni muhofaza qilish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3224, 10.03.2020-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyuldagi 555-son “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘riqlash xizmatining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2001-yil 23-iyundagi 14/13-son (ro‘yxat raqami 1047, 2001-yil 9-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-y., 13-son) qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududida banklarda elektron axborotlarni muhofazalashni tashkil etish to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning 6-bandi “v” kichik bandidagi “Ichki ishlar organlari qo‘riqlash bo‘linmalari” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘riqlash xizmati” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 10-avgust,
18/18-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2019-y., 10/19/1047-4/3638-son)