|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.09.2024
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2019-yil hosili uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarga urugʻlik kartoshka yetkazib berish va ichki isteʼmol bozorini ijtimoiy muhim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli toʻldirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 6-iyundagi 462-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Respublikada gʻalladan boʻshaydigan maydonlarga urugʻlik va isteʼmol kartoshkasini ekishga jalb etilgan qishloq xoʻjaligi korxonalari, dehqon va fermer xoʻjaliklarini sifatli urugʻlik kartoshka bilan taʼminlash va ichki bozorga ijtimoiy muhim turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini kafolatli yetkazib berish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “2019-yil hosili uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarga urugʻlik kartoshka yetkazib berish va ichki isteʼmol bozorini ijtimoiy muhim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli toʻldirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 6-iyundagi 462-son qarori 4-bandidagi “Agrobank ATBga” soʻzlari “tijorat banklariga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi A.J. Vaxabov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 16-iyul,
594-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2019-y., 09/19/594/3441-son)