1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.02.00 Oʻrmonlarni muhofaza qilish va foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi / 11.06.02.06 Oʻrmon xoʻjaligi]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Oʻrmonlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish]
Oʻzbekiston Respublikasi oʻrmon davlat qoʻmitasining
qarori
Oʻrmon xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining genetik (nav) va urugʻ nazoratini, laboratoriya sinovlarini, sifati ekspertiza qilinishini amalga oshirishga doir qoidalarni tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 7-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3165]
Oʻzbekiston Respublikasi “Urugʻchilik toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-maydagi PQ-2966-son “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-son “Oʻrmon xoʻjaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.10.00 Naslchilik. Seleksiya. Ilgʻor xoʻjaliklar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.02.00 Oʻrmonlarni muhofaza qilish va foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi / 11.06.02.06 Oʻrmon xoʻjaligi]
1. Oʻrmon xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining genetik (nav) va urugʻ nazoratini, laboratoriya sinovlarini, sifati ekspertiza qilinishini amalga oshirishga doir qoidalar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisi N. BAKIROV
Toshkent sh.,
2019-yil 29-aprel,
6-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining 2019-yil 29-apreldagi 6-son qaroriga ILOVA
Oʻrmon xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining genetik (nav) va urugʻ nazoratini, laboratoriya sinovlarini, sifati ekspertiza qilinishini amalga oshirishga doir
QOIDALAR
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.10.00 Naslchilik. Seleksiya. Ilgʻor xoʻjaliklar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.02.00 Oʻrmonlarni muhofaza qilish va foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi / 11.06.02.06 Oʻrmon xoʻjaligi]
Mazkur urugʻ va nav nazoratini oʻtkazish qoidalari (bundan buyon matnda Qoidalar deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi “Urugʻchilik haqida”gi Qonunining 12-moddasiga asosan ishlab chiqilib, oʻrmon xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining genetik (nav) va urugʻ nazoratini, laboratoriya sinovlarini, sifati ekspertiza qilinishini tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
oʻrmon xoʻjaligi ekinlari urugʻliklari — oʻrmon va manzarali daraxtlar hamda dorivor oʻsimliklarning ekish uchun foydalaniladigan urugʻlari, mevalari, koʻchatlari, qalamchalari, oʻsimlikning vegetativ yoʻl bilan koʻpaytiriladigan qismlari;
urugʻchilik— urugʻliklarni yetishtirish, saqlash, realizatsiya qilish hamda ulardan foydalanish, shuningdek urugʻliklarning genetik (nav) va ekinboplik sifatlarini aniqlash boʻyicha oʻtkaziladigan tadbirlar bilan bogʻliq boʻlgan faoliyat;
vegetatsiya davri — oʻsimliklarning rivojlanish davri;
elita urugʻliklar — original urugʻliklarni izchil koʻpaytirish yoʻli bilan olingan urugʻliklar;
laboratoriya sharoitida nav sinash — urugʻliklarni nav va nav tozaligiga mansubligini laboratoriya sharoitida sinab aniqlash;
dala sharoitida urugʻliklarni baholash — urugʻliklarni maxsus uchastkalarda ekib, urugʻliklarni qaysi tur va navga mansubligi hamda nav tozaligini aniqlash;
nav nazorati — oʻrmon xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining nav va nav tozaligini, ekish va oʻstirish jarayonlarini nazorat qilish;
duragay urugʻliklar — irsiyati har xil navlar, turlar va turkumdoshlarni chatishtirishdan olingan urugʻliklar;
original urugʻliklar — nav muallifi yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan yetishtirilgan va keyinchalik koʻpaytirish uchun moʻljallangan urugʻliklar;
urugʻ nazorati — Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari talablari asosida urugʻliklar ekish sifatini aniqlash jarayonlarini nazorat qilish.
(1-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.05.00 Oʻsimliklarning yangi navlari va hayvonlarning yangi zotlariga boʻlgan huquq;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.10.00 Naslchilik. Seleksiya. Ilgʻor xoʻjaliklar;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.02.00 Oʻrmonlarni muhofaza qilish va foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi / 11.06.02.06 Oʻrmon xoʻjaligi]
2. Oʻrmon xoʻjaliklari ekinlari urugʻliklarining nav nazorati qonunchilik hujjatlariga muvofiq urugʻchilik boʻyicha masʼul shaxslar tomonidan olib boriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
3. Urugʻliklarning genetik (nav) sifati — dala va laboratoriya sharoitlarida oʻtkaziladigan nav sinovlari natijalari boʻyicha aniqlanadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.05.00 Oʻsimliklarning yangi navlari va hayvonlarning yangi zotlariga boʻlgan huquq;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.10.00 Naslchilik. Seleksiya. Ilgʻor xoʻjaliklar]
Urugʻliklarning laboratoriyada oʻtkaziladigan nav sinovi laboratoriya tahlili oʻtkazish orqali ularning muayyan nav (tur)ga mansubligini belgilaydi va genetik (nav) sifatini aniqlaydi.
2-bob. Genetik (nav) va urugʻ nazoratini oʻtkazish tartibi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.10.00 Naslchilik. Seleksiya. Ilgʻor xoʻjaliklar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.02.00 Oʻrmonlarni muhofaza qilish va foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi / 11.06.02.06 Oʻrmon xoʻjaligi]
4. Nav nazoratini oʻtkazish tartibi quyidagi jarayonlarni oʻz ichiga oladi:
ekish uchun moʻljallangan urugʻliklarni yigʻish yoki chet eldan olib kelish;
laboratoriya tahlillarini oʻtkazish;
ekishgacha saqlash;
ekish;
oʻrmon xoʻjaligi ekinlari vegetatsiyasi davrida parvarishlash.
5. Oʻrmon xoʻjaligi oʻsimliklari urugʻliklarining navdorlik darajasi aprobatsiya va laboratoriya nav sinovlari usullari orqali tekshiriladi.
6. Urugʻliklarni jamgʻarish jarayonini nazorat qilish umumiy agrotexnik usullarda olib boriladi, navlarning aralashib ketishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
7. Urugʻliklar tozaligini nazorat qilish texnologik jarayonlarni sifatli tashkil etish orqali amalga oshiriladi. Texnik jihozlarda ularning ekspluatatsiya qilish yoʻriqnomasi boʻlishi zarur.
8. Urugʻliklarni saqlash, ularni qadoqlash va markirovka qilish nazoratga olinadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar]
9. Elita va asosiy urugʻliklar, birinchi avlod gibrid urugʻliklari 1,0 foizdan yuqori boʻlmagan oʻzgarishgacha qadoqlanadi.
Qadoqlash — urugʻliklar zararlanishining oldini oladigan darajada boʻlishi kerak. Qadoqlarda etiketka va markirovka qilingan holda quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak:
laboratoriyada nav sinovlarini oʻtkazish uchun urugʻlik ishlab chiqaruvchi subyektning nomi (bundan buyon matnda Subyektlar deb yuritiladi);
turi;
shakli;
navi;
reproduksiyasi;
nav tozaligi toifasi;
ekish tartibi;
hosil yili;
partiyasi raqami;
nav tozaligi;
nav hujjati va hujjatning raqami, berilgan vaqti.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.10.00 Naslchilik. Seleksiya. Ilgʻor xoʻjaliklar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.14.00 Oʻsimliklar karantini]
10. Urugʻlik saqlanadigan binolarning talabga javob berishi — ekologik, qurilishi, yongʻin xavfsizligi, sanitar holati, fitosanitar talablarining bajarilishi urugʻ saqlanayotgan bino egasi tomonidan nazorat qilinadi.
11. Urugʻliklardan namunalar olib, amaldagi qonunchilik hujjatlariga binoan akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriyalarda ekspertiza oʻtkazilib, urugʻlik nazorati amalga oshiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
12. Tekshirish uchun urugʻliklardan namunalar olish urugʻlik yetkazib beruvchi ishtirokida Oʻrmon va dorivor oʻsimliklar urugʻchiligi tahlil markazi (bundan buyon matnda Markaz deb yuritiladi) xodimi (bundan buyon matnda Masʼul shaxs deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
13. Akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriyada ekspertizadan oʻtgan urugʻliklarning ekish va navdorlik sifatlari natijalari boʻyicha eʼtiroz boʻlsa, laboratoriyaning yuqori turuvchi masʼul shaxs tomonidan qaytadan oʻrganib chiqiladi.
Tekshirish natijalarida urugʻ tahlilida farq kuzatilsa, ushbu laboratoriya urugʻliklar sifati haqida oldingi berilgan hujjatning oʻrniga yangi hujjat beradi.
14. Subyektlar urugʻchilik sohasidagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat talablari toʻgʻri boʻlishini taʼminlaydi.
15. Dala sharoitida urugʻliklarni baholash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
baholash urugʻliklarni maxsus maydonlarda ekish va keyinchalik ularning oʻsimliklar boʻyicha nav sifatlarini oʻrganish orqali oʻtkaziladi;
baholash vegetatsiya davrida oʻtkaziladi;
baholash tartibi oʻrmon xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining qaysi tur, nav, shaklga mansubligini hamda nav tozaligini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
3-bob. Laboratoriya nav sinovlarini oʻtkazish tartibi
16. Laboratoriya nav sinovlari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi meʼyoriy hujjatlarga muvofiq Markaz tomonidan amalga oshiriladi.
17. Subyektlar tomonidan beriladigan Qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq arizaga quyidagi hujjatlar va materiallarni Markaz laboratoriyalariga taqdim etadi:
a) Oʻzbekiston Respublikasi hududida tayyorlangan urugʻliklarni tahlildan oʻtkazish haqidagi arizaga:
urugʻlikning yorligʻidan namuna yoki urugʻlik toʻgʻrisida maʼlumot;
aprobatsiya dalolatnomasi;
urugʻlikning tayyorlanganligi toʻgʻrisida dalolatnoma;
b) chet eldan keltiriladigan urugʻliklarni tahlildan oʻtkazish haqidagi arizaga:
urugʻlikka oid normativ hujjat nusxasi;
urugʻlikning yorligʻidan namuna yoki urugʻlik toʻgʻrisida maʼlumot;
urugʻlikning Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga kelganligi toʻgʻrisidagi belgi qoʻyilgan tovarga qoʻshib joʻnatiladigan hujjat nusxasi (tovar-transport yuk xati, invoys yoki hisob-faktura, fitosanitariya sertifikati);
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasining karantin ruxsatnomasi.
18. Markaz tomonidan subyektlardan kelib tushgan arizalar 10 kalendar kuni ichida tekshirib chiqiladi va laboratoriya nav sinovlari natijalari taqdim etiladi.
Mazkur hujjatning 17-bandida koʻrsatilgan barcha hujjat va materiallarni qabul qilgan Markaz tegishli tartibda laboratoriya nav sinovlarini oʻtkazadi yoki taqdim etilgan hujjatlar va materiallar toʻliq boʻlmagan taqdirda 2 ish kuni ichida arizachiga rad etish xatini joʻnatadi.
maʼlumotlar bankidan foydalangan holda boshqa navlardan farqlanadigan xususiyatlar mavjudligi aniqlanadi;
vizual tahlillar asosida berilgan materiallarning bir xilligi baholanadi;
biokimyoviy tadqiqotlar elektroforez uslubida olib boriladi.
20. Laboratoriya nav sinovlarini oʻtkazish asosida Markaz tomonidan subyektlarga Qoidalarning 2-ilovasiga muvofiq laboratoriya nav sinovlari natijalarini taqdim etiladi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.10.00 Naslchilik. Seleksiya. Ilgʻor xoʻjaliklar]
22. Oʻrmon xoʻjaligi urugʻliklari sifatini ekspertizadan oʻtkazishda barcha koʻrsatkichlar boʻyicha amalda boʻlgan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat talablari boʻyicha toʻliq yoki qisman tahlil qilish orqali amalga oshiriladi.
23. Urugʻliklarni ekish sifatini aniqlash akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriyada urugʻliklar partiyasidan oʻrtacha namunalar olish orqali tegishli texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat talablariga muvofiq oʻtkaziladi. Navdor urugʻliklar sifati aprobatsiya dalolatnomasi bilan tasdiqlanadi.
Ekish yoki sotish uchun moʻljallangan urugʻliklardan oʻrtacha namunalar tanlash subyekt yoki sotuvchining vakili ishtirokida Markaz xodimi tomonidan amalga oshiriladi.
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
Urugʻliklardan oʻrtacha namunalarni tanlash hamda guvohnomalar yozish Qoidalarning 3 va 4-ilovalariga muvofiq rasmiylashtiriladi hamda Qoidalarning 5-ilovasiga binoan esa jurnallarda qayd etiladi.
Oʻrtacha namunalar olish dalolatnomasi 2 nusxada tuziladi. Bir nusxasi subyektga beriladi, ikkinchi nusxasi laboratoriyada qoladi.
24. Urugʻliklar sifati haqidagi hujjatlar 6 va 7-ilovalarga binoan qayd etiladi.
25. Urugʻliklar yaroqli deb topilganida Konditsiyali urugʻliklar toʻgʻrisidagi guvohnoma Qoidalarning 8-ilovasiga muvofiq beriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.10.00 Naslchilik. Seleksiya. Ilgʻor xoʻjaliklar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.13.00 Kimyolashtirish. Oʻsimliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish]
Urugʻliklar partiyasida belgilangan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat talablariga nisbatan koʻp kasallik va zararkunandalar aniqlansa urugʻliklar konditsiyaligi haqidagi guvohnoma berilmaydi.
26. Urugʻliklar yaroqsiz deb topilganida yoki urugʻliklarning meʼyorlangan koʻrsatkichlari toʻliq tahlil qilinmagan holatlarda Qoidalarning 9-ilovasiga muvofiq urugʻliklar tahlili natijasi quyidagi holatda rasmiylashtiriladi hamda taqdim etiladi:
qisman tahlil uchun olingan urugʻliklar naʼmunalarida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat talablari meʼyorlariga mos kelmaganda;
barcha tahlillarda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat talablariga javob bermasa;
namunalar tahlili natijalarida oʻrtacha arifmetik koʻrsatkichlar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat talablariga javob bermasa.
27. Urugʻliklar konditsiyaligi guvohnomasining amal qilish muddati:
1-sinfdagi urugʻliklar uchun — 8 oy;
2-sinfdagi urugʻliklar uchun — 6 oy.
Urugʻliklar konditsionligi guvohnomasining amal qilish muddati urugʻliklar unuvchanligi tahlili tugagan kundan boshlangan deb hisoblanadi.
Urugʻliklar konditsionligi guvohnomasining amal qilish muddati tugagandan soʻng urugʻliklar faqatgina unuvchanligi boʻyicha sinovdan oʻtkaziladi.
Takroriy tahlil oʻtkazish Konditsiyali urugʻliklar toʻgʻrisidagi guvohnoma amal qilish muddati tugagunga qadar oʻtkazilishi kerak.
Agar Konditsiyali urugʻliklar toʻgʻrisidagi guvohnoma urugʻliklar yashovchanligi boʻyicha berilgan va jamgʻarilgan yili ekilmasdan boshqa fondga oʻtkazilgan boʻlsa, bu koʻrsatkichlar bekor qilinadi hamda qayta toʻliq unuvchanligi bilan birga tahlil qilinadi.
Agar urugʻliklar qayta tahlil qilinganda unuvchanlik oldingi koʻrsatkichlarini takrorlasa, u holda Konditsiyali urugʻliklar toʻgʻrisidagi guvohnomasining amal qilish muddati uzaytiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.10.00 Naslchilik. Seleksiya. Ilgʻor xoʻjaliklar]
28. Tahlildan ortib qolgan urugʻliklar ekish ishlari tugagandan soʻng (ekish ishlari olib borilayotgan hudud hisoboti boʻyicha) 1 oy davomida saqlanadi.
29. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar Akademiyasi, “Oʻzstandart” agentligi va Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan.
Innovatsion rivojlanish vaziri I. ABDURAXMONOV
2019-yil 29-aprel
Fanlar akademiyasi Prezidenti B. YULDASHEV
2019-yil 29-aprel
“Oʻzstandart” agentligi Bosh direktori D. SATTAROV
2019-yil 29-aprel
“Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi boshligʻi I. ERGASHEV
2019-yil 29-aprel
Oʻrmon xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining genetik (nav) va urugʻ nazoratini, laboratoriya sinovlarini, urugʻliklarning sifati ekspertiza qilinishini amalga oshirishga doir qoidalariga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi huzuridagi Oʻrmon va dorivor oʻsimliklari tahlil Markaziga _______________________________________________________dan
(yuridik shaxsning toʻliq nomi, jismoniy shaxsning F.I.O.)
Ariza
Sizdan, laboratoriya nav sinovlarini oʻtkazishingizni va urugʻliklarning _________________________________________________________________________________
(oʻrmon oʻsimligi, nav, xilma-xilligi va reproduksiya)
koʻrsatilgan turga tegishliligi va tozaligini aniqlashingizni soʻraymiz.
Yuridik shaxs yoki jismoniy shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumot:
1. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan oʻtkazish) oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma yoki guvohnoma, jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati_______________
roʻyxatdan oʻtkazilgan raqam, qachon, kim tomonidan berilgan)
2. Yuridik manzil:__________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________
(indeks, viloyat, tuman, shahar, koʻcha, uy raqami, telefon, faks)
Oʻrmon xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining genetik (nav) va urugʻ nazoratini, laboratoriya sinovlarini, urugʻliklarning sifati ekspertiza qilinishini amalga oshirishga doir qoidalariga 2-ILOVA
yuridik shaxsning toʻliq nomi yoki jismoniy shaxsning F.I.O)
partiya raqami № _______, urugʻlik ____________________________________________________ _________________________________________________________________________________
(daraxt-buta nomi, navi, xilma-xilligi)
___________________________________________________ dan olingan
Reproduksiya _______________________, hosil yili ______________,
______ 20___ yildagi laboratoriya sinovini oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizaga muvofiq.
Oʻrmon xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining genetik (nav) va urugʻ nazoratini, laboratoriya sinovlarini, urugʻliklarning sifati ekspertiza qilinishini amalga oshirishga doir qoidalariga 3-ILOVA
Oʻrtacha namunalar olish dalolatnomasi № _____
Urugʻliklarning ekish sifatini aniqlash, tegishli ____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
(yuridik shaxsning toʻliq nomi, jismoniy shaxsning F.I.O, tuman, viloyat)
Vakillar — realizatsiya uchun olingan urugʻliklar partiyasi namunalari, shuningdek, bahsli vaziyatlarda toʻldiriladi______________________________________________________________ _________________________________________________________________________________
Urugʻ koʻzdan kechirildi va namuna olindi __________________________ oʻrtacha
(standart raqam)
Partiya namunasi saqlanayotgan __________________________________________________
(boʻlim (brigada))
Oʻrmon xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining genetik (nav) va urugʻ nazoratini, laboratoriya sinovlarini, urugʻliklarning sifati ekspertiza qilinishini amalga oshirishga doir qoidalariga 4-ILOVA
Urugʻliklar haqida guvohnoma
T/r
Nomlanishi
Nomlanishi
1
2
3
4
5
1) Oʻrmon xoʻjaligi oʻsimligi turi 2) Navi 3) Nomi, navdorlik hujjati sanasi № 4) Nav tozaligi yoki tipi, % 5) Reproduksiya 6) Hosil yili 7) Partiya raqami 8) Partiya massasi, sentner 9) Nazorat birligi raqami 10) Joy soni 11) Urugʻlik saqlash joyi, ombor raqami, toʻlaligi 12) Urugʻliklar qachon va qayerdan olingan 13) Urugʻliklar qanday qayta ishlangan 14) Urugʻliklar necha marotaba tahlildan oʻtkazilgan va oxirgi tahlil sanasi va raqami 15) Qandaydir modda bilan ishlov berilganmi va qanday preparat 16) Qanday tahlil oʻtkazish uchun namuna olingan 17) Urugʻliklarni belgilash 18) Taqdim etilgan urugʻliklar soni Qoplarda Shisha idishlarda Xaltachalarda Qadoqlangan holda
1. Urugʻliklar urugʻ sifatini ekspertiza qilish boʻyicha _______________________________________________________ laboratoriyasiga yoʻnaltirilgan.
Namuna olgan shaxs ________________________________________________
Kafolat: urugʻliklarni aralashib ketishidan, ifloslanishidan, unuvchanligi va boshqa ekish sifatlari, shuningdek, tanlangan namunalar dublikatidan saqlash______________________ _________________________________________________kafolatlanadi.
(yuridik shaxsning nomi, jismoniy shaxsning F.I.O)
Saqlash uchun masʼul shaxs ___________________________________________________________________________
(F.I.O, imzo)
Nazorat birliklarining joylashuv sxemasi
(namuna olgan shaxs tomonidan toʻldiriladi)
Oʻrmon xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining genetik (nav) va urugʻ nazoratini, laboratoriya sinovlarini, urugʻliklarning sifati ekspertiza qilinishini amalga oshirishga doir qoidalariga 5-ILOVA
Yuridik shaxs nomi, namuna olingan jismoniy shaxsning F.I.Sh
Ekin
Nav
Urugʻliklar olingan joy
Hosil yili
1
2
3
4
5
6
7
8
Jadvalning davomi
Partiya raqami
Partiya miqdori
Reproduksiya
Namuna olish dalolatnomasi sanasi va raqami
Saqlash joyi
Urugʻliklarni belgilash
9
10
11
12
13
14
Jadvalning davomi
Partiyadagi urugʻliklarning nechanchi marotaba tahlil qilinishi
Namuna miqdori
Tahlil turi
Urugʻliklarni qabul qilgan mutaxassisning F.I.Sh va imzosi
Qoplarda
Boshqa turda qadoqlangan
15
16
17
18
19
Oʻrmon xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining genetik (nav) va urugʻ nazoratini, laboratoriya sinovlarini, urugʻliklarning sifati ekspertiza qilinishini amalga oshirishga doir qoidalariga 6-ILOVA
Boshqa oʻsimlik urugʻliklari, 1 kg dagi soni, dona
Shuningdek
Boshqa madaniy oʻsimliklar urugʻlari, 1 kg dagi soni, dona
Begona oʻtlar urugʻlari, 1 kg dagi soni, dona
Karantin roʻyxatida turgan oʻsimlik urugʻlari, 1 kg dagi soni, dona
Boshqa turdagi ozuqa-bop oʻsimliklar urugʻlari, 1 kg dagi soni, dona
Oʻta zararli urugʻlar, 1 kg dagi soni dona
Zaharli oʻsimliklar urugʻlari, 1 kg dagi soni, dona
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
Jadvalning davomi
Shikastlangan (qopda, toʻplamda) %
Oʻsish quvvati %
Unuvchanligi %
Yashovchanligi %
Namligi %
1000 gr urugʻ ogʻirligi
Zararkunandalar bilan zararlanishi, 1kg dagi soni, dona
Kasalliklar bilan zararlanganligi %
Urugʻ sinfi (konditsionligi boʻlmagan )
Eslatma: jurnal tikiladi, raqamlanadi, usti qogʻozga yelimlanadi, masʼul xodim imzosi qoʻyiladi va laboratoriya muhri bosiladi.
1 ― 3 k ilovasi Urugʻliklar sifatini ekspertiza qilish qoidalar asosida oʻtkaziladi.
Oʻrmon xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining genetik (nav) va urugʻ nazoratini, laboratoriya sinovlarini, urugʻliklarning sifati ekspertiza qilinishini amalga oshirishga doir qoidalariga 7-ILOVA
Urugʻ sifati haqida berilgan hujjatlarni qayd etish
jurnali
T/r
Yuridik shaxsning nomi, jismoniy shaxsning F.I.O
Ekish
Soni, tonna
Hujjat nomi
Hujjat berilgan sana va raqami
Imzo
1
2
3
4
5
6
7
Eslatma: jurnal tikiladi, raqamlanadi,usti qogʻozga yelimlanadi, masʼul xodim imzosi qoʻyiladi va laboratoriya muhri bosiladi.
Oʻrmon xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining genetik (nav) va urugʻ nazoratini, laboratoriya sinovlarini, urugʻliklarning sifati ekspertiza qilinishini amalga oshirishga doir qoidalariga 8-ILOVA
Urugʻlikni qayta ishlash muddati va usuli__________________ yoki joʻnatuvchidan olingan oʻrtacha urugʻlik namunasi____________________
(koʻrsatilsin)
____________________ kun ______________oy _______________ 20 ____ yilda
(kimdan)
va hozirgi vaqtda saqlanishi________________________________________________________ _______________________________________________________________________________
(xoʻjalik, tashkilot nomi ombor, tara turi, joy soni)
Oʻrmon xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining genetik (nav) va urugʻ nazoratini, laboratoriya sinovlarini, urugʻliklarning sifati ekspertiza qilinishini amalga oshirishga doir qoidalariga 9-ILOVA
14. 1000 dona urugʻ ogʻirligi ____________________________________________________%
15. Kasallik bilan zararlanishi (tahlil vaqtida urugʻliklar uslubi toʻldiriladi: sentrifugalanishi ____________________ dona yoki biologik _______________________%)
16. Zararkunandalar bilan zararlanishi _________________________________________ %
17. Urugʻliklar namunasining tashqi koʻrinishi koʻzdan kechirilganda: rangi meʼyorida, hidi meʼyorida, qoraygan, eskirgan.
18. Dominant turlarning botanik tarkibi: Boshqa madaniy oʻsimliklarning urugʻliklari ________________________________________